Avtomobil boshqarishning zamonaviy va istiqbolli tizimlari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua «TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI» kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda «AVTOMOBIL BOSHQARISHNING ZAMONAVIY VA ISTIQBOLLI TIZIMLARI» fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlari mavjud. Kitobda avtomobilsozlikning tarixi, zamonaviy avtomobil dvigatellari, ularning tuzilishi, ularning ish jarayoni, boshqaruv tizimlari, transmissiya, tormoz tizimlari, xavfsizlik tizimlari, shuningdek, zamonaviy nazorat tizimlari kabi keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-Mavzu. Kirish: Fanining maqsad va vazifalari, avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi, avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati.
  • 2-Mavzu. Zamonaviy avtomobil vositasining umumiy tuzilishi.: Umumiy ma’lumotlar, transport vositasining tarifi va vazifasi, avtomobil konstruktsiyasining rivojlanish tarixi, avtomobilning umumiy tuzilishi, texnikaviy xarakteristikalari va belgilanishi.
  • 3-Mavzu. Zamonaviy avtomobil dvigatellarini nazorat qilishning boshqarush tizimi.: Dvigatelning tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari, mexanizm va tizimlarning vazifalari, sovutish, moylash, yonilg'i bilan ta'minlash, yurgizish tizimlari.
  • 4-Mavzu. Avtomobilning umumiy tuzilishi.: Avtomobil uchta asosiy qismlardan tuzilgan bo’lib, ular dvigatel, shassi va kuzov kabinalardir. Dvigatelning vazifasi, tashqi va ichki tuzilishi, hamda dvigatelning harakatlanishiga ta'sir etuvchi tizimlar.
  • 5-Mavzu: Moylash tizimi.: Moylash tizimining tarifi vazifasi va tasnifi, moylash usullari, moylash tizimini konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi.
  • 6-Mavzu. Benzinli dvigatellarning ta`minlash tizimi.: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi, yonilg’i nasosi, fil’trlar, yonuvchi aralashmsining hususiyatlari.
  • 7-Mavzu: Dizel dvigatelining ta`minlash tizimi.: Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi, yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar, yuqori bosimli nasos, forsunkalar konstruktsiyasi va ishlash jarayonlari.
  • 8-Mavzu: Gaz balonli avtomobilar dvigatelining ta’minlash tizimi.: Gaz balonli ta’minlash tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipi, gazlarning asosiy xususiyatlari, gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo’llaniladigan jixozlarning vazifalari va tuzilishi.
  • 9-Mavzu: Rul boshqarmasi.: Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul mexanizmining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul yuritmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
  • 10-Mavzu: Tormoz boshqarmasi.: Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, tormoz mexanizmining turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi, tormoz yuritmasining vazifasi, turlari, shakli, tuzilishi va ishlashi.
  • 11-Mavzu: Avtomobilning aktiv elektron tizimlar.: Datchiklar tasnifi, datchiklarga qo`yiladigan talablar, datchiklarni boshqarish tizimi, aktiv va passiv boshqaruv tizimlari.
  • 12-Mavzu: Zamonaviy avtomobil dvigatellarini nazorat qilishning boshqarush tizimi.: Zamonaviy avtomobil dvigatellarining danchiklar tasnifi, joylashuvi va nomlanishi, kirish va chiqish signallarining shakli.
  • 13-Mavzu: Zamonaviy avtomobillarning passiv xavfsizlik tizimi: Passiv xavfsizlik tizimlaridagi evolyutsiya, passiv xavfsizlik tizimlari, passiv xavfsizlik testlari.
  • 14-Mavzu: Avtomobilning avtoparking tizimi evolyutsiyasi. Avtoparking turlari va usullari.: Avtomobilning avtoparking tizimi evolyutsiyasi, avtoparking turlari va usullari, avtomatik to'xtash tizimining texnik xususiyatlari.
  • 15-Mavzu: Sirena. Immobilayzer. GPS treyker.: Sirena, immobilayzer, GPS treykerlarning vazifasi, tuzilishi va turlari.