Siddiqiy-Ajziy asarlarining qiyosiy-matniy tadqiqi
Ushbu dissertatsiya Sayidahmadxoʻja Siddiqiy-Ajziyning adabiy merosini matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nuqtayi nazaridan qiyosiy-matniy tadqiq etishga bag'ishlangan bo'lib, unda shoir ijodining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, uning adabiy aloqalari atroflicha o'rganilgan. Tadqiqotda Siddiqiy-Ajziyning hayoti, ijodi, asarlarining qo'lyozma va bosma nusxalari, ularning matniy tafovutlari, shuningdek, ilmiy-adabiy aloqalari ham tahlil etilgan. Muallif o'zbek va fors-tojik tillarida yozgan ijodini qiyosiy o'rganish asosida shoirning adabiy merosini yangicha yondashuv bilan o'rganishga harakat qilgan.
Asosiy mavzular
- Siddiqiy-Ajziy ijodining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Siddiqiy-Ajziy asarlarining qiyosiy-matniy aspektda oʻrganilganligi, olingan natijalar siddiqiyshunoslikda mavjud erishilgan ilmiy yutuqlar va nazariy ma'lumotlarni to'ldirishi, matnshunoslik va adabiy manbashunoslikka oid nazariy qarashlarni boyitishi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati Siddiqiy-Ajziy ijodining adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o'rni, shoirning matni qayta tiklangan va yangi aniqlangan she'rlaridan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun "Matnshunoslik", "Matnshunoslik nazariyasi", "Adabiy manbashunoslik tarixi", "Oʻzbek adabiyot tarixi" fanlari bo'yicha darslik va oʻquv qo'llanmalarning yangi avlodini yaratish, ilmiy ma'ruzalar, maxsus kurs, seminarlarda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
- Siddiqiy-Ajziyning hayoti va ijodi manbalari hamda ularning oʻrganilish tarixi: Dissertatsiyaninig dastlabki bobi "Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodi manbalari hamda ularning oʻrganilish tarixi" deb nomlangan. Bobning "Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodining oʻrganilishi" deb nomlangan birinchi faslida Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodiga doir mavjud ma'lumotlar shoirning oʻz asarlari hamda tazkiralardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy oʻrganilgan. Shoir adabiy merosiga oid manbalar tadqiq etilib, ijodkor biografiyasi hamda uning avlodlari qoʻlida saqlanib kelayotgan shajarasi, oilaviy muhiti kabi masalalarga oydinlik kiritilgan.
- Siddiqiy-Ajziy asarlarining qiyosiy-matniy tadqiqi: Dissertatsiyaning ikkinchi bobi "Shoir asarlarining qiyosiy-matniy tadqiqi" muammosiga bag'ishlangan. Ushbu bobning “Shoir lirik she'rlari: asliyat va tabdil qiyosi” deb nomlangan dastlabki faslida Siddiqiy-Ajziyning turk (o'zbek) tilidagi “Aynu-l-adab