Qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari

Ushbu avtoreferat

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH tomonidan Kadirova Barno Turanboy qizining "QIYNOQQA QARSHI KURASHISHGA OID QONUNCHILIK IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasining avtoreferati. Mavzu 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura ixtisosligi boʻyicha himoyaga tayyorlangan. Toshkent shahri – 2023.
  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyoda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va qiynoqqa solishning oldini olish dolzarb boʻlib hisoblanadi. Jahonda qiynoqqa solishning oldini olish samaradorligini oshirish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning mexanizmini takomillashtirish; qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Dissertatsiyada sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi bilan bir qatorda, tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi ham ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi haqidagi taklif jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kuchaytirishga, tergovga qadar tekshiruv organlarining bu boradagi majburiyatlarini prinsip darajasiga koʻtarish asoslantirilgan; tergovga qadar tekshiruv organlari tomonidan jinoyat sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarni koʻrib chiqish hamda hal qilishning tartibi, prokuror nazorati asosida tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borishning qonunchilikda belgilangan tartibini prokuror nazoratning predmeti sifatida qonunchilikda mustahkamlanishi asoslantirilgan; qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash tartibini qonunchilikda mustahkamlanishi zarurati asoslangan; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida, shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquq va majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qilish prokuror nazoratining predmeti sifatida belgilanishi asoslab berilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqot natijalari, prokuratura organlari faoliyati hamda prokuror nazorati boʻyicha olimlarning fikr-mulohazalari tahlil qilinib, prokuror nazorati tushunchasiga mualliflik ta'rifi ishlab chiqilgan; tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalarining videokuzatuv moslamalari viloyat va ularga tenglashtirishgan ichki ishlar organlarining boshqarmasiga ulanganidek, maxsus qabulxonalari hamda ichki ishlar binolarning kirish joylarida videokuzatuv kameralari bilan ta'minlash hamda ushbu videokuzatuv moslamalarini viloyat va ularga tenglashtirilgan ichki ishlar organlarining boshqarmalariga integratsiya qilish maqsadga muvofiqligi hamda videokuzatuv xotirasini kamida 6 oy muddat saqlanishi lozimligi asoslantirilgan; gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan shaxslarni videoyozuv moslamalarisiz xonalarga olib kirib so'roq qilishni qat'iyan man etilishi taklifi bildirilgan; qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash jinoyatlari haqidagi ariza va xabarlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarining tergov tarmoqlari tomonidan amalga oshirish taklifi ilgari surilgan; qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash jinoyati alomatlari yaqqol koʻrinib turganda zudlik bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalaring tergov tarmoqlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilishi taklifi asoslantirilgan.
  • XULOSA: Tadqiqot "Qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari" nomli dissertatsiya tadqiqoti boʻyicha nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan quyidagi xulosalarga kelindi: "Prokuror nazorati” hamda qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati tushunchasiga hamda predmetiga yangicha mualliflik ta'riflari ishlab chiqildi. Prokuror nazorati bu – qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning buzilgan huquqlarini o'z vaqtida aniqlash, buzilgan huquqlarini tiklash, aybdor shaxslarni qonunga asoson javobgarlikka tortish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqbuzarliklarni oldini olish va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati predmeti - tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan organ, shuningdek, davlat organlari xodimlarining qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilikka rioya etishlariga oid faoliyati. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy, qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish yuzasidan xalqaro va milliy huquq normalarni oʻrganish boʻyicha tegishli oʻquv materiallari va axborotlar bilan huquqni muhofaza qiluvchi hamda davlat organlari xodimlarini ta'minlash va ularni malakasini oshirish kerakligi asoslantirildi. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash jinoyatlarining oldini olishda prokuror nazoratining maxsus vazifalarida aks etishi asoslab berildi. Qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon boʻlishi asoslantirildi: birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunchilikka rioya etishlarini nazorat qilish va ularning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish; ikkinchidan, mazkur nazorat turi maxsus subyektlarning ya'ni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastabli tergov hamda tezkor qidiruv organlari xodimlarining shaxsning huquq va erkinliklariga rioya etishlari hamda jazoni ijro etish muassasalarida, tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalarida, maxsus qabulxonalarda qiynoqqa qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishda namoyon boʻladi.
  • Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar: O'zbekiston Respublikasi "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonunining 4-bobini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan: ma'muriy qamoqni, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining "Prokuror nazorati” deb nomlangan 17-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va uni quyidagi tahrirda bayon etish taklifi ilgari suriladi: "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish chogʻida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar”. Oʻzbekiston Respublikasi “Ma'muriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida