Asosli futerovkani qayta ishlash asosida pech futerovkasining hizmat muddatini oshirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda himoya qilingan Valida Baxrom qizi Bekchanova tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining mazmunini ochib beradi. Asosiy e’tibor elektr yoy pechining ichki qismi – futerovkasini qayta ishlash va uning xizmat muddatini oshirishga qaratilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonning sanoat korxonalarida, xususan, “Lida Metal Technology” MCHJ da elektr yoy pechlaridan foydalanish jarayonidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-texnik yechimlar taklif etilgan. Asosiy vazifa – elektr yoy pechlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish hamda yangi texnologiyalar ishlab chiqish orqali ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Tadqiqotda olovbardosh materiallarni qayta ishlash, shlakni normallash va boshqa shu kabi usullar yordamida futerovkaning yemirilishini kamaytirish va xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zaruriyati: Dunyoda ishlab chiqarish korxonalarida qora metall va uning qotishmalarini suyuqlantirishda foydalanilayotgan elektr pechlari futerovkasining emirilishi natijasida hosil boʻladigan elementlarning singishi natijasidagi strukturadagi salbiy oʻzgarishlarni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yo'nalishda dunyodagi sohaning yetakchi davlatlari, jumladan AQSH, Germaniya, Xitoy, Slovakiya, Janubiy Afrika, Koreya, Rossiya kabi davlarining ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqotlar futerovkaning issiqbardoshligini, pechga yuklanayotgan shixta zarbiga chidamliligi va pech haroratining oʻzgaruvchanligiga bardoshligini oshirish yo'nalishida keng miqyosida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Jahonning etakchi olimlari, jumladan Kaliforniya olimlari J.D. Steenkamp, G.M. Denton and D.A. Haymanlar tomonidan "Elektr pechlari uchun izolyatsiya qiluvchi yoki oʻtkazuvchi qoplamalarning dizaynlari" boʻyicha ilmiy ish olib borishgan va pech futerovkasini ishlash davrida izolyasiya qiluvchi oʻtga chidamli material va suyuq shlak materiallarini futerovkani qayta tiklash texnologiyasi orqali pech futerovkasini yemirilishini kamaytirgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi: Elektr yoy pechi futerovkasining xizmat muddatini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: Elektr yoy pech futerovkasining yemirilishga bardoshliligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish; Pech futerovkasining yemirilishini kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqish; Suyuqlantirib olinayotgan poʻlat qotishmasiga pech futerovkasini ta'sirini aniqlash; Suyuq qotishmaga flyus kiritish asosida shlak hosil boʻlish jarayonini tadqiq qilish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Elektr yoy pechini futerovkasining yemirilishbardoshliligini texnologiyasi futerovka tarkibiga olovbardosh elementlar issiqbardoshlik xossasi asosida ishlab chiqilgan; Pech futerovkasining yemirilishini kamaytirish texnologiyasi suyuqlantirib olinayotgan qotishma haroratiga bog'liqlik darajasining oʻzgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan; Suyuqlantirib olinayotgan poʻlat qotishmasiga pech futerovkasini ta'sirini kamaytirish texnologiyasi futerovkaning issiqlik oʻzgarishi qonuniyati asosida ishlab chiqilgan; Suyuq qotishmaga flyus kiritish orqali shlakning hosil boʻlish intensivligini ta'minlash texnologiyasi flyus nashkil etuvchilarining kimyoviy xossalsri asosida ishlab chiqilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Asosli futerovkani qayta ishlash asosida pech futerovkasini xizmat muddatini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu ishlab chiqarish sharoitida resurs tejamkorlikni ta'minlash imkonini beradi; Pech futerovkasining yemirilishini suyuqlantirib olinayotgan qotishmaga bog'liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan. Bu qotishma temperaturasini normallash uchun xizmat qiladi; Suyuqlantirib olinayotgan po'lat qotishmasiga pech futerovkasini ta'sirini oʻrganish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan. Suyuqlantirib olinayotgan po'lat qotishmasidan sifatli quyma mahsulotlar olishga xizmat qiladi; Suyuq qotishmaga flyus kiritish asosida shlakni hosil boʻlish intensivligini ta'minlash asosida ishlab chiqilgan. Bu shlak tarkibida me'yorlab, pech futerovkasini ishlash muddatini oshirishga xizmat qiladi.