Kreativ fikrlash

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va “Umumiy pedagogika” fanining o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan “Kreativ fikrlash” fanidan o‘quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Kitobda kreativ fikrlashning nazariy asoslari, tamoyillari, talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metodlar, vositalar va texnologiyalar bilan tanishish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish kabi masalalar qamrab olingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogika va jahon ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar, innovatsion metodlar va texnologiyalar keltirilgan. Kitobda o‘quv topshiriqlarini shakllantirish, baholash mezonlari va kreativlikni rivojlantirishga oid tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, kitobda o‘zbek va jahonning buyuk mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya va kreativlikka oid qarashlari hamda ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari, shaxsning kreativlik imkoniyatini aniqlash mezonlari va darajalari atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kreativ fikrlash fanining nazariy asoslari: Kreativlik va "Kreativ fikrlash" tushunchalarining mohiyati. Kreativlik – yaratish, ijod qilish ekanligi. Kreativ fikrlashning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining kreativ qarashlari. Kreativ fikrlashning muhim kategoriyalari. Kreativ fikrlashning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
  • Kreativ fikrlash fanining metodologiyasi: Sharq va G‘arb mutafakkirlarining kreativ qarashlari. Kreativ fikrlashning muhim kategoriyalari. Kreativ fikrlashning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
  • Kreativlik va uning o‘ziga xos jihatlari: Talabaning kreativlik potensiali. Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari. Talabaning kreativlik potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
  • Kreativ qobiliyatlarni shakllantirishda jahon tajribalari: Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari. AQSH, Janubiy Koreya, YAponiya, Finlyandiya, Germaniya va boshqa davlatlar ta’lim tizimi.
  • OTM talabalarida ijodiy yondoshish orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish: Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo‘llari va shartlari. Talabalarda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar. Talabalarda kreativligini ifodalovchi belgilar.
  • OTM talabalarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metod va vositalar: Talabalarning kreativlik imkoniyatlari. Talabalar kreativ imkoniyatining tarkibiy asoslari. Talabalarning kreativlik imkoniyatlari.Talabalarda kreativ imkoniyatini ifodalovchi tamoyillar. Kreativlik imkoniyatiga ega talabalarda namoyon bo‘ladigan malakalar. Talabalarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash yo‘l va shakllari. Talabalarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash metod va vositalari. Talabalarning kreativlik sifatlarini aniqlovchi psixologik testlar.
  • OTM talabalarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiyalar: Talabalar kreativ imkoniyatining muhim darajalari. Talabalarning kreativlik imkoniyati darajasini aniqlovchi mezonlar.Kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash.
  • Boshqaruv faoliyatini tashkil etishga kreativ yondoshish: Boshqaruv faoliyatini kreativ yondashuv asosida tashkil etish. Talabalar tomonidan boshqaruv faoliyatini kreativ yondashuv asosida tashkil etilishini ta’minlovchi innovatsion xarakterdagi omillar.
  • Ijodkorlikda qiziquvchanlikni rivojlantirish masalalari: Ijodkorlik, ijodkorlikni o‘z o‘rnida ishlatish,amaliy tafakkur, qiziquvchanlikni rivojlantirish masalalar
  • Talabalarni kasbiy kompetentligini shakllantirish: Talabalarni kasbiy kompetentligini shakllantirish
  • Mustaqil fikrlash madaniyati haqida qarashlar: Mustaqil fikrlash madaniyati haqida falsafiy, psixologik va pedagogik qarashlar. Mustaqil fikrlashning turlari va vazifalari.Talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini tarbiyalash shartlari va vositalari.
  • Talabalarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishning modeli: Talabalarda mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishning modeli. Talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirishning mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari. Talabalarning mustaqil fikrlash madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
  • Kreativ fikrlashdan talabalar bilimini baholash mezoni: Kreativ fikrlash fani bo‘yicha baholar, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal baho, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash baholari quyidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
  • Kreativ fikrlashdan talabalar bilimini baholash oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.: Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
  • Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining mohiyati: “Kreativlik” va “Kreativ fikrlash” tushunchalarining mohiyati. Kreativlik – yaratish, ijod qilish ekanligi. Kreativ fikrlashning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti. Sharq mutafakkirlarining kreativ qarashlari. G‘arb mutafakkirlarining kreativ qarashlari. Kreativ fikrlashning muhim kategoriyalari. Kreativ fikrlashning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
  • Talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish: Talabaning kreativlik potensiali. Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari. Talabaning kreativlik potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar.
  • Kreativ qobiliyatlarni shakllantirishda jahon tajribalari: Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi taraqqiyotining ayrim masalalari. AQSH, Janubiy Koreya, YAponiya, Finlyandiya, Germaniya va boshqa davlatlar ta’lim tizimi.
  • Kreativlik va o‘ziga xoslik: Kreativlik noodatiy g‘oyalar o‘ylab topish ko‘nikmasidir. O‘quvchilar o‘zlarida avval moslashuvchanlik va ravonlik ko‘nikmalarini shakllantirib, so‘ng noodatiy, original g‘oyalarni kashf etish ko‘nikmasini hosil qilishlari lozim. Ravon fikrlash ko‘nikmasi o‘quvchilarda originallikni rivojlantirishda boshlang‘ich va asos soluvchi qadam bo‘lib xizmat qiladi.
  • Kreativlik va erkin fikrlash ko‘nikmasiga egalikni baholash varaqasi: Kreativ ravonlikni ko‘nikmasini baholash formasi. Asarning asosiy mazmunini saqlab qolgan holda, uning yakunini o‘zgartirib, bir necha variantlar keltiring.
  • Talabalarda original fikrlash ko‘nikmasining sifat darajasini aniqlash varaqasi: Mohiyati: axborot beruvchi suhbat. Mazmunga ega. Axborotning mohiyatini yoritadi. Mavzuning bo‘limlari haqida aniq ma’lumot beradi.
  • Kreativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini bajarishda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar: Og‘zaki, Yozma, Virtual, Kinestik, Asosiy texnologiyalar.
  • Talabaning o‘z-o‘zini baholash varaqasi: Vazifa: Vinn-Diksi (Winn-Dixie) tasvirini yoritishga yordam beruvchi fikrlar tizimini shakllantiring. Jamoa yordamida Vinn-Diksini tasvirlash uchun boshqalar qo‘llagan fikrlar tizimini muhokama qiling.