“Asosiy stomatologik kasalliklar” nomli o‘quv qo‘llanma

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o'quv yurtlari uchun tavsiya etilgan

Asosiy mavzular

  • So‘z boshi: Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda ildamlik va jadallik bilan o‘zgarishlar sari odimlamoqda, shu jumladan sog’liqni saqlash sohasida ham yangi zamonaviy tartibdagi islohatlar o‘z aksini topmoqda. Yangi O‘zbekistonning ta’lim tizimida ham kompleks rivojlantirish, tibbiyot sohasida ham zamonaviy bilimli malakali kadrlar tayyorlash uchun davlat tomonidan maqsadli sarmoyalar sog’liqni saqlashga yo‘naltirilmoqda. Ayni vaqtda bolalar stomatologiyasi xizmati kundan kunga yangidan shakllanib bormoqda. Respublikada miqiyosidagi o‘tkazilayotgan tibbiy sayyor qabullar bunga misoldir. Shu maqsadda tibbiyot sohasida talabalarni yangi o‘quv darsliklari bilan taʼminlash ham bugungi kunning asosiy vazifasidir. Ushbu o‘quv qo‘llanmada pediatriya tibbiyot institutlari va pediatriya fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun «Umumiy pediatriya» mutaxassisligi bo‘yicha amaliy ish yuritayotgan pediatrlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning bolalar stomatologiyasi fani bo‘yicha bilim darajasini oshirishda yordam beradi, degan umiddamiz. Ushbu o‘quv qo‘llanma shaklidagi kitobimizda kamchiliklar bo‘lishi tabiiydir, shuning uchun bizga bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalar, maslahatlarni samimiyat bilan qabul qilamiz va buni kitobni kayta nashr qilishda inobatga olamiz.
  • I bob. Tishlarning rivojlanishi: Stomatologiya klinik fanlar tizimida «stoma, yaʼni bo‘shliq, og‘iz, “logos” -o‘rganish demakdir. Bugungi stomatologiya fani og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, yuz – jag‘ suyaklari va sistemasi va unga yaqin turgan barcha organlarni o‘rganadi.» ularda yuz beruvchi kasalliklarni oldini oladi va davolaydi, hamda reabilitatsiya qiladi. Insonning sog‘lomligiga uygunligida ovqat tanavvulining chaynalishi jag‘-yuz sohasining barcha struktur komponentlari jumladan, jag‘ suyaklari, chaynov va nutq apparati, uning atrofidagi yumshoq to‘qimalar, va jag‘larni harakatga keltiruvchi mushaklar,bo‘g‘im muhim ahamiyat kasb etadi. Bu organlar majmuasi inson tanasining kichik bir qismi bo‘lib, organizm hayotida bir qancha muhim vazifalarni bajaradi: ovqatni tishlab uzish va uni maydalab chaynash, mazkur funksiyalar so‘lak va maʼda shirasi ajralishini faollashtiradi. Ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, stamatologik organlar nafas olishda, suyuqliklarni simirib yoki ho‘plab ichish va yutishda, so‘zlarni (nutqni) to‘g‘ri talaffuz qilishda faol qatnashadi. Tahsil olayotgan talabalarga chaynov apparati, tishlarning tuzilishi, rivojlanishi, bolaning salomat o‘sishidagi ahamiyati haqida, shuningdek tish-jag‘ sistemasida va og‘iz bo‘shligida keng tarqalgan kasalliklar hamda organizmdagi simptomatik belgilari haqida, ularni shifokorlar tomonidan profilaktika chora – tadbirlari to‘g‘risida tushuncha berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Oxirgi yillarga kelib tibbiyotdagi mutaxassislar bosh suyagi yuz-jag‘ qismidagi o‘sib rivojlanish qonuniyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yildan yilga qiziqish ortib bormoqda. Buning natijasida orttirilgan bilim esa mazkur soha nuqsonlari va deformatsiyalarini bashoratlash, ularni barvaqt oldini olish yoki davolashda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. Olimlar kuzatishi natijalari «shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki yoshli bolaning yuz qismi 73% gacha, to‘qqiz yoshida esa 88% gacha o‘sib rivojlanishi mumkin ekan. Bunday jadal jarayon mazkur soha organlarining meʼyoriy o‘sib rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishimizni taqazo etadi. Shuning uchun ham tish va jag‘larning o‘sib rivojlanishi haqidagi birlamchi bilimga nafaqat stomatologlar, qolaversa shifokorlar, hattoki ota onalar ham ega bo‘lmoqliklari shart». Inson organizimining muhum azolaridan bir bo‘lgan tishlarning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib homiladorlik davrining 40-45 kunidan boshlanadi va inson umrining 18-20 yoshiga qadar davom etadi, hatto 25 yoshgacha davom etishi mumkin. Ushbu rivojlanish jarayonlarini besh bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Ushbu besh davr quydagicha: «I- davr - bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab 6-7 yoshlik davriga qadar. Bu davrda sut tishlar hali yorib chiqmagan bo‘lib, ular jag‘ suyaklari qarida murtak [follikula] shaklida joylashgan bo‘ladi. Mazkur murtaklar embrion shakllanishining 40-45 chi kunidayoq hosil bo‘la boshlaydi. II – davr – 6-7 oylik davridan 6-7 yoshga to‘lguniga qadar davom etadi. Bu davrda 20 ta sut tishlari maʼlum tartib bilan yorib chiqodi. Ushbu davrni shartli ravishda 3 ta pallaga bo‘lib o‘rganish mumkin: birinchi palla – sut tishlarining yorib chiqishi bilan kechadi (6-7 oylik vaqtidan 2,5-3 yosh davrigacha). Bu davrga kelib barcha 20 ta sut tishlari chiqib bo‘ladi va shunga yarasha tish yoylarining shakli ham to‘liq anatomik shaklga (yarim doira) ega bo‘ladi; ikkinchi pallasi bolaning 3-4 yosh davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda hech qanday tishlar yorib chiqmaydi; tish yoylarining shakli ham deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Uchinchi pallasida esa, yuqorigi va pastki frontal (oldingi) tishlar aro yoriqchalar hosil bo‘la boshlaydi, oxirgi jag‘ tishlarni (ikkinchi sut molyarlari) distal (orqa) tarafidagi milk maydonchasining yuzasi uzaya boradi. Bunday o‘zgarishlar doimiy frontal (oldingi – kurak) tishlarining va birinchi molyarlarning tez orada yorib chiqishining belgisi hisoblanadi. III - davr bolaning 6 yosh davridan boshlib 12-13 yoshgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrni ham shartli ravishda ikki pallaga bo‘lib o‘rganiladi: birinchi pallasida doimiy kurak (frontal) va birinchi molyarlar yorib chiqadi; ikkinchi pallasida esa, avval birinchi keyin ikkinchi premolyarlar, keyin qoziq tishlar yorib chiqadi. IV - davr bu vaqtga (12-13 yosh) kelib uchinchi molyarlardan tashqari barcha doimiy tishlar yorib chiqqan bo‘ladi va ularning soni 28 taga yetgan bo‘ladi. 17-25 yoshlik davriga kelib uchinchi doimiy molyarlar (aql tishlari) yorib chiqishi mumkin». Sut tishlarining rivojlanishi Sut tishlarining rivojlanishi (doimiy tishlardan farqli o‘laroq) to‘rt davrni o‘z ichiga oladi: 1. Tish murtaklarining hosil bo‘lishi va ularning jag‘ suyagi alveolasi ichidagi shakllanish davri. 2. Yorib chiqqan tishlar ildizining shakllanish davri. 3. Sut tishlarining to‘liq shakllangish davri. 4. Sut tishlari ildizining so‘rilish davri. Doimiy tishlar uchun to‘rtinchi davr xos emas. Sut tishlari homila hayotining 5-6-haftasidan boshlab rivojlana boshlaydi. Bunda og‘iz tirqishining yuqori va pastki yuzalarida epiteliy qalinlashib, mezenxima qavatga botib kiradi. Hosil bo‘lgan epitelial tasmachalar (yukori va pastki) yoy shaklida bo‘lib, bo‘lajak alveolyar o‘siq, sohasida joylashadi va tishlarning dastlabki ko‘rtaklarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sut tishlarining umumiy tuzilishi doimiy tishlar tuzilishiga o‘xshasada, baʼzi bir xususiy belgilari bilan ulardan farq qiladi. Sut tishlari doimiy tishlarda tojk, bo‘yin va ildiz qismlaridan iborat. Sut tishlari o‘lchamlari bilan doimiy tishlardan bir qadar kichikdir. Ayniqsa, ularning toj qismida bu farq yaqqol namoyon bo‘ladi. Sut tishlarining ildizlari nisbatan uzunroq bo‘ladi. Doimiy tishlarga nisbatan sut tishlarining toj qismi pastroq va eniga kengrok bo‘ladi. Maʼlumotlarga qaraganda, “doimiy tishlarda toj qismi o‘lchamining umumiy tish o‘lchamiga nisbati 1:1,33 ni hosil qilsa, sut tishlarida bu ko‘rsatkich 1:1,66 ga tengdir. Doimiy tishlarda toj qismiiing kengligi, tish umumiy o‘lchamining 1:3,2 qismini, sut tishlarida bu nisbat 1:2 ni tashkil qiladi. Sut tishlari doimiy tishlardan o‘ziga xos oqish-ko‘kimtir rangi bilan farq qiladi. Sut tishlarining o‘ziga xos belgilaridan biri-toj qisminnng ildizga o‘tish sohasidagi emaliing qalinlashib, bolishsimon shaklni olishidir». Bu ayniqsa chaynov tishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Sut tishlarining bo‘shlig‘i doimiy tishlarnikidan kengroq bo‘ladi. Tish pulpasining shoxlari o‘tkirlashib, tishning kesuvchi yoki chaynov yuzasiga keskin yaqinlashadi. “Shunday qilib, 2,5-3 yashar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida sut tishlar qatori to‘liq shakllanadi va ular quyidagi klinik tish formulasi yordamida ifodalanadi: V IV III II I I II III IV V V IV III II I I II III IV V Bundan ko‘rinib turibdiki, sut tishlari klinik formulada doimiy tishlardan farqli o‘laroq, arab raqamlari bilan emas, balki rim raqamlarida o‘z ifodasini topgan”. Sut tishlarining ildizlari ancha ayrilgan bo‘lib, bu ko‘p ildizli tishlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Sababi, ular o‘zlarining orasida doimiy tish kurtaklarini saqlaydi. “Tish ildizi cho‘qqisiga yaqin joyda hosil bo‘lgan qo‘shimcha ildiz kanalchalari doimiy tishnikidan son jihatidan ozroq bo‘ladi. 2,5-3 yoshda shakllanib chiqqan sut tishlari bir-biriga zich yopishib turadi. 4 yoshdan boshlab tishlar orasida tirqish hosil bo‘la boshlaydi. Bunday holat fiziologik diastema deb ataladi. 6 yoshdan boshlab tishlar orasidagi masofa sezilarli darajada kengaya boshlaydi. Fiziologik diastema-tirqishnint hosil bo‘lishi jag‘ suyaklarining o‘sishi va doimiy tish ko‘rtaklarining kattalashuvi bilan bog‘liqdir. Sababi, keyinchalik sut tishlarining o‘rnini doimiy tishlar egallashidir. Fiziologik diastema-tishlar orasidagi masofaning kengayishi ko‘p hollarda yuqori jag‘da yaqqol ko‘rinadi». Agar 6 yoshlik bolada fiziologik diastema kuzatilmasa, bu hol jag‘-suyaklarining meʼyordagi o‘sishi buzilganligidan darak beradi va o‘sib chiqishi zarur bo‘lgan doimiy tishlar uchun joy tanqisligini bildiradi. Buni nazarda tutgan holda ortodontik tadbirlar qo‘llab, diastema hosil qilinadi. Jag‘ suyaklari o‘sishida faol chaynov jarayoni yaxshi yordam berishini shifokorlar bilishlari zaril. Yuqorida zikr etilgan o‘zgarishlardan tashqari sut tishlarida doimiy tishlardagidek yemirilish jarayoni qayd etiladi. Bu hol fiziologik jarayon bo‘lib, 3 yoshdan boshlab kuzatiladi. Sut tishlarining chaynov faoliyati davomida yemirilishi bolalarda chaynov aʼzolarining to‘g‘ri shakllanib rivojlanishini taʼminlaydi. To‘liq chiqib shokllangan tishlar ovqat mahsulotlarini kesish, uzib olish, chaynab maydalash, aralashtirish kabi jarayonlardan tashqari, so‘zlashish, yutinish, tovush o‘zgartirish kabi vazifalarni bajaradi. Tishlar anatomiyasi va gistologiyasi. Tishlar inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ular ovqatni mexanik maydalab berish bilan birgalikda(chaynash) tishlab, uzib olish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishda ham ishtirok etadi. Shu bilan birga tishlar og‘iz bo‘shlig‘i daxlizi bilan xususiy og‘iz bo‘shlig‘ini bir-biridan ajratib turadi. Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi. Ular yuqori jag‘ va pastki jag‘ tishlaridan o‘sib chiqadi. Suyaklardan farqli o‘laroq, tishlar o‘z ildizlari bilan milkka kirib turadi. Inson hayoti davomida tishlar ikki marotaba almashinadi. Bolalarda 6-7 yoshgacha saqlangan sut tishlari 14 yoshga yetgunga qadar doimiy tishlar bilan almashinadi. Sut tishlari normal o‘sayotgan bola hayotining birinchi yilida yaʼni 6-7 oyligidan boshlab birin ketin chiqa boshlaydi va bola 2-2,5 yoshga to‘lganda butunlay chiqib bo‘ladi va 20 donaga yetadi hamda 6-7 yoshga qadar turadi. Har bir tish 3 qismdan iborat. Uning og‘iz bo‘shlig‘iga chiqib turgan qismi tish toji, jag‘ suyagidan katakka kirib turgan qismi tish ildizi va bu ikki qism o‘rtasidagi biroz toraygan joyi tish bo‘yni deb ataladi.Tish ildizlari tish katakchalariga predentin deb nomlanadigan yupqa parda vositasida maxkam yopishib turadi.Tish ildizi uchida oddiy ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan teshik mavjud bo‘lib ushbu teshikdan tish bo‘shlig‘iga qon tomir va nerv tolalari kiradi. Ushbu qon tomir va nervlari tishning yumshoq qismi, yaʼni pulpasini hosil qiladi. 3-rasm. Tish anatomiyasi. Tishlar kimyoviy tarkibi jihatdan suyakka yaqin bo‘lib juda zich tuzilgan. Tishni hosil qiluvchi to‘qima dentin deb nomlanadi. Dentin mezenximadan hosil bo‘ladi. Dentinning tuzilishidagi xususiyat shundaki, uni hosil qilishda qatnashgan maxsus hujayralar tish pulpasidan o‘siqchalar shaklida dentin ichiga turtib kiradi. Dentinda oqsil bilan birga mineral tuzlar ham uchraydi. Tishning toj qismini o‘rab turgan emal moddasi odam organizmidagi eng mustahkam modda bo‘lib, qattiqligi jixatdan kavrsga yaqin turadi. Emal moddasi o‘z rivojlanishiga ko‘ra epiteliydan hosil bo‘lgan bo‘lsada mezenximadan hosil bo‘lgan sement yoki suyakka nisbatan mustahkamdir. Emal to‘qimasini mikroskop ostida ko‘rsak S shaklidagi prizmalardan iborat bo‘lib, ular dentin moddasiga perpendikulyar holatda kirib boradi. Emal moddasini asosiy qismini anorganik tuzlar hosil qiladi, organik qismi faqat 3-4% ni hosil qiladi. Tishning bo‘yni va ildiz qismlarini o‘rab turuvchi to‘qima sement deb nomlanadi. Uning tarkibi dentindan ham, suyakdan ham farq qiladi. Tish bo‘yni va ildizining yuqorigi qismini o‘rab turgan sement hujayrasiz bo‘lib birlamchi sement, ildizining pastki qismini o‘rab turgan qalinlashgan hujayrali qismi esa ikkilamchi sement deb nomlanadi. Tishning ildiz qismini biriktiruvchi to‘qima o‘rab turadi. U suyak usti pardasi bilan mustahkam bog‘langan. Tish yashash sharoitimiz, ovqatlanish va chaynash holatlariga ko‘ra quyidagi shakllarda bo‘ladi: 1.Oldingi va yon kesuvchi tishlar (kurak) ovqatni tishlab kesib olish uchun xizmat qiladi. 2. Qoziq tishlar ovqatni uzib olish uchun xizmat qiladi. Bu tish yirtqich xayvonlarda yaxshi taraqqiy etgan. 3.Kichik oziq tishlar chaynash, ovqatni mexanik maydalash uchun xizmat qiladi. 4. Katta oziq tishlar bular ham chaynash, ovqatni mexanik maydalash uchun xizmat qiladi. Tishning toj qismida 4 ta yuza farqlanadi. 1)Og‘iz daxliziga qaragan yuza- vestibulyar yuza 2)tilga qaragan yuza- lingval yuza 3)tishlarning o‘zaro bir biriga yondashib joylashgan yuzasi- kontakt yuza 4)Chaynov yuzasi- okklyuzion yuza Og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan hamma tishlarning toj va ildiz qismlari bir biridan tubdan farq qiladi. Kurak tishlar yuqorigi va pastki jag‘larning old qismida joylashgan bo‘lib, har bir jag‘da 4 tadan. Bu tishlar bir ildiz va birkanalli bo‘lib, toj qismi kurak shaklini eslatadi. Kurak tishlarning ildizlari oddiy tuzilgan bo‘lib, konusga o‘xshaydi.Yuqorigi jag‘dagi kurak tishlarning ildizi pastki jag‘dagiga nisbatan ancha keng. Tishning toj qismida kesuv yuzasi tomon yupqalasha boradi va o‘tkir qirra bilan tugaydi. Qoziq tishlar yuqorigi va pastki jag‘larda ikkitadan joylashgan bo‘lib, toj qismi shakliga ko‘ra bigiz yoki konusga o‘xshaydi. Pastki jag‘dagi qoziq tishlar kurak tishlarga o‘xshab ketadi. Ularning tilga qaragan yuzalari yassiroq, bo‘yin qismida bilinar bilinmas do‘mboqchasi bor. Bu ham bir ildiz va bir kanalga ega. Kichik oziq tishlar umuman 8 ta bo‘lib, yuqorigi va pastki jag‘dagi qoziq tishlarning orqasida ikkitadan joylashadi. Ularning chaynov yuzasida ikkitadan do‘mboqchalari bo‘ladi. Lunj va til tomonda joylashgan bu do‘mboqchalar chaynov jarayonini osonlashtiradi. Bu do‘mboqchalar sagittal egat orqali bir biridan ajralib turadi. Pastki jag‘dagi oziq tishlar odatda uchi o‘tkirlashgan bir ildizli va bir kanalli bo‘lsa, yuqori jag‘dagilarning ildizlari yassilashib kengaygan va birinchi oziq tishda ikki ildiz ikki kanalga ajralgan bo‘ladi. Katta oziq tishlar jag‘ tishlari bo‘lib, kichik oziq tishlaridan keyin joylashgan. Ularining soni jami 12 ta bo‘lib, har bir jag‘da 6 tadan joylashgan. Bu tishlar ko‘p ildizli va chaynov yuzasida do‘mboqlarining ko‘pligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi hamda chaynash jarayonida asosiy rolni o‘ynaydi. Katta jag‘ tishlarning eng oxirgisi ( jami4ta) kechikib chiqadi va aql tishi deb nom olgan. Aql tishlari odatda odam 18-25 yoshlarga yetganda milkni yorib chiqadi. Baʼzan bu tishlar butunlay chiqmay qolishi ham mumkin. Katta oziq tishlarning chaynov yuzalarida ikkitadan ( til va lunj tomonlarida aloxida) do‘mboqlar bo‘ladi. Bu do‘mboqlarni egatlar ajratib turadi. Katta oziq tishlar katta va baquvvat bo‘lganligi sababli ularning ildizlari ham ko‘p va biroz egilgan bo‘ladi. Pastki jag‘dagi katta oziq tishlarining ildizlari ikkita kanallari 3tadan bo‘lsa, yuqori jag‘dagi tishlarda 3ta ildiz va 3ta kanallardan iborat. Aql tishlarning ham ildizlari xuddi shunday bo‘lib, ko‘pincha bir bir birga qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Sut tishlar doimiy tishlardan farq qiladi. Ularda kichik oziq tishlari bo‘lmaydi. Qolaversa ildizlari kalta va yo‘g‘on, tish bo‘shlig‘i keng, toj qismi kalta, kichik hamda tish rangining ko‘kimtir-oqish ekanligi bilan farq qiladi. Ushbu anatomik tuzilish tufayli bolalarda kechadigan yallig‘lanish jarayonlari juda tez rivojlanadi. Yuqori jag‘ tishlari yuqorigi jag‘ arteriyasidan qon oladi:old jag‘ tishlari yuqorigi old alveolyar arteriyadan, pastki ko‘z arteriyasidan, orqa tomondagi yuqori jag‘ tishlari esa yuqorigi orqa alveolyar arteriyadan qon oladi. Pastki jag‘ning hamma tishlari pastki alveolyar arteriyadan qon oladi va har qaysi alveolyar qon tomirlardan tishlarga, milklarga shoxchalar chiqadi.Xuddi shu nomdagi venalar qonni yuz venasiga quyadi. Limfa tomirlari esa pastki jag‘, engak osti, va boyinning xususiy limfa tomirlariga quyiladi. Yuqorigi jag‘ tishlari yuqorigi alveolyar nervdan, pastki jag‘ tishlari esa pastki alveolyar nervlardan innervatsiyalanadi. Tishning gistologiyasida tuzilishiga ko’ra yumshoq va qattiq qisimlardan iborat bo’ladi. Tishning yumshoq tarkibi pulp ava periodontdan iborat bo‘lib qattiq qismi esa emal dentin, sement tafovut qiladi. Emal. Emal tish toj qismini qoplab turadi. Emalning qalinligi tishning turli qismlarida turlicha bo‘ladi.tish bo‘yning chekka qismlarida yupqaroq chaynov yuzalarida esa qalinroq bo‘ladi. Emalning qattiqligini esa mineral tuzlar va kristallarning joylashishi beradi. Emalda mineral tuzlar 96% ni tashkil qiladi. Anorganik moddalarning ko‘p qismini kalsiy karbonat, kalsiy fosfat tuzlaridan iborat. Organik moddalar 3,5% tashkil etib mukoproteid va oqsillardan iborat. Emal yuzasi yupqa nasmit parda bilan qoplangan. Ushbu parda tishning bo‘yin qismida milk epiteliysi bilan tutashib ketadi. Tishning emali yo‘g‘onligi 3-5 mkm bo‘lgan emal prizmalaridan tuzilgan. Prizmalar besh olti qirralik cho‘ziq shaklli tuzilmalardir. Prizmaning ustki pardasi o‘ziga nisbatan organik moddani ko‘proq tutadi. Emal prizmalarining yo‘nalishi juda murakkab bo‘lib, ular radial spiral dentinga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo‘ladi. Emal maʼlum miqdorda o‘zidan suv, mochevina va ayrim bo‘yoqlarni o‘tkazishi mumkin. Organik qismida aminokislotalardan: gistidin, lizin, glitsin, sistin va nordon mukopolisaharidlar lipidlar va ishqoriy fosfatazalar mavjud. Dentin. Dentin tishning asosiy qismini tashkil etadi. Unda 72% anorganik va 28% organik moddalardan iborat. Asosiy modda tarkibiga kollagen, fibrillalar va yopishqoq modda kiradi. Dentinda kollagen tolalardan tashqari pulpaga yaqin qismda tangensial tolalar uchraydi. Dentin kanalchalari pulpadan boshlanib xuddi nur kabi tarqalgan bo‘ladi, Dyentinda odontoblast hujayralari mavjud bo‘lib, bu hujayraning tanasi va o‘simtalari bor, uning tanasi pulpada, o‘simtasi esa kanalchalarda joylashgan bo‘ladi. Dentin kanalchalari orqali dentinning oziqlanishi taʼminlanadi. Sement. Sement tishning tishning ildiz va bo‘yin qismlarida dentinning tashqi qismini qoplab turgan qattiq tuzilmadir. Tarkibini 30% ini organik 70% ini anorganik moddalar tashkil qiladi. Gistologik jihatdan hujayrali va hujayrasiz sementlar tashkil qiladi. Hujayrasiz sement kollagen tolalar va yopishqoq amorf moddalardan tashkil topgan. Hujayrali sement tish ildizi uchi qismida joylashadi. Sementning bu xili sementoblast hujayralaridan va asosiy moddadan iborat. Sement periodontda joylashgan tomirlardan diffuz yo‘l oqali oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan sementoblast hujayralarining o‘siqlari o‘rtasida anastomozlar bo‘lib, ular muhim ahamiyatga ega. Pulpaning qon bilan taʼminlanishi buzilganda( yallig‘langanda, pulpa olib tashlanganda, tish ildizlari plombalanganda) ushbu anastomozlar orqali dentinning oziqlanishi taʼminlanadi. Pulpa «yoki tishning yumshoq qismi tish toji bo‘shlig‘ida va ildiz kanalchalarida yotadi, u qon tomirlarga va nyerv tolalariga boy siyrak tolali,
  • II bob. Yuz–jag‘ sohasida ko’llaniluvchi og‘riqsizlantirish usullari.: Mavzu: Yuz–jag‘ sohasida ko‘llaniluvchi og‘riqsizlantirish usullari. Stomatologiyada umumiy va mahalliy og‘riqsizlantirish usullari. Mavzuning maqsadi:Yuz–jag‘ sohasida kullaniluvchi og‘riqsizlantirish usullari haqida maʼlumot berish. Ularning turlari va asoratlarining oldini olish choralari to‘g‘risida tanishtirish. Mavzuning vazifasi: Stomatologik bemorlarda og‘riqsizlantirish usullari ko‘nikmalarini o‘tkazish. Og‘riqsizlantirishni utkazish vaktida va undan keyingi asoratlarni oldini olish chora tadbirlarini tashkil etishda hamshira roli. Stomatologiyada og‘riqsizlantirish Og‘riqsizlantirish bo‘linadi: - umumiy - mahalliy - aralash umumiy o‘z navbatida: 1. narkoz 2. neyroleptoanalgeziya 3. ataralgeziya 4. markaziy analgeziya 5. audio anesteziya 6. gipnoz 7. igna sanchib og‘riqsizlantirish Mahalliy: 1. inʼeksion 2. noinʼeksion 3. infiltratsion 4. o‘tkazuvchi markaziy periferik Yuborish yo‘liga ko‘ra: 1) inʼeksion (infiltratsion) 2) noinʼeksion (fizik ximik) Aralash anesteziya - mahalliy - umumiy Umumiy og‘riqsizlantirish: Narkoz – ingolyasion va noingalyasion turlarga bo‘linadi. Inʼeksion: suyuq (parsimon) anestetiklar yoki narkotik gazlar yordamida o‘tkaziladi. Bu narkoz og‘iz burun yoki burun (maskali narkoz, nazofaringeal)orkadi erishiladi. Narkozning bu turiga turli xil narkotik moddalar (efir, ftorotan, xloretil), gazlar (azot I, oksid, siklopropan) x.k. foydalaniladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish Bemorning es-hushini saqlagan holda tananing biron-bir qismidagi og‘riq sezgisini vaqtincha yoqotishga qaratilgan davo chorasi. Mahalliy og‘riqsizlantirish: 1) inʼeksion 2) noinʼeksion Inʼeksion infiltratsion o‘tkazuvchi Noinʼeksion kimyoviy fizikaviy fizik-ximik Applikatsiyali og‘riqsizlantirish “Teriga taʼsir qilmaydigan qilib og‘iz bo‘lshig‘i shilliq pardasiga anestetik moddani surtish, sepish, marlya salfetkasiga shimdirib qo‘yishdan iborat. Og‘riqsizlantirishning bu usulidan igna kiradigan sohani og‘riqsizlantirishda foydalaniladi. Buning uchun 10% lidokain eritmasi, yoki 2% piromekain eritmasi foydalaniladi”10. Hozirda anestetiklarni aerozol shakldoshdan foydalanilmoqda. Aerozolli usuldan foydalanishning kamchiligi uning boshqa sohalarga kam sachrashi, meʼyorini aniqlashning keyinligi. Applikatsiya muddati 1 min, og‘riqsizlantirish 10 minut bo‘ladi. Inʼeksion og‘riqsizlantirish Bu turda anestetik eritma bevosita to‘qima ichiga kiritiladi. 1) o‘tkazuvchi 2) infiltratsion Infiltratsion- anestetik eritma bevosita jarrohlik harakati maydonida to‘qima ichiga kiritiladi va periferik asab retseptorlarning sezgirligini o‘chiriladi. Anestetiklarni periodont yorig‘i ichiga (intraligamentar), suyak pardasi ostiga (subperiostal), suyak ichiga (introstal) yuborish mumkin. Ko‘pincha bu usul yuqori jag‘da yaxshi samara beradi. O‘tkazuvchi- mahalliy og‘riqsizlantirishning bu turida operatsion maydonni innervatsiya qiluvchi, sezuvchi asab tanasini yoki biron-bir shoxini blokada qilish. Uning quyidagi turlari bor: • tuberal • infrorbital • palatinal • mandibuliyar • torusal • mental Neyroleptanelgeziya-Og‘riqsizlantirish vena ichiga yuborilgan kuchli analgetik fentanil va neyroleptik - droperidol taʼsirida bemor ongiga taʼsir etmagan holda atrofda bo‘layotgan hodisalarga befarqlik, harakatspzlanish hosil qilinadi. Bu holatda qo‘shimcha mahalliy og‘riqsizlantirish, jarrohlik muola jalarni bajarishga imkoniyat yaratiladi. Ataralgeziya - neyroleptanalgeziyaning bir turi, farqi kuchli analgetik va neyroleptiklar bilan bir vaqtda, maska usuli bilan azot oksidi berib boriladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish ham qo‘shimcha qilinishi mumkin. Turlari - anlgeziya - gipnoz - vegetativ blokada Audioanesteziya bosh miya po‘stlog‘i analizatorlari uyg‘anish o‘chog‘ini hosil qilish va u bilan miyaning boshqa bo‘imari tarqalgan tormozlanish asoslangan. Bunda eshituv analizatorlari maʼlum mastotali signali bilan taʼsir etadi. Markaziy analgeziya. Bu uslubda vena ichiga markaziy nerv sistemaga kuchli taʼsir etuvchi narkotik analgetiklar katta dozada yuboriladi. Ular taʼsirida narkozga kirmagan holda og‘riqni sezish va impulslarni uzatish buziladi. Ingalyasion narkozda suyuq buglanuvchi anestetyk (dietil efir, ftorotan, trixloretilen, pentran, xloroform) yoki narkotik gazlar (azot oksidi, siklopropan) nafas yo‘llari orqali orga- nizmga taʼsir qilib markaziy nerv sistema faoliyatini o‘tuvchan zaiflanishga (tormozlanishga) olib keladi. Ingalyasion narkoz niqoblar (og‘iz-burun, burun) yordamida — maskali burun halqum naychalari (nazoforental) yoki kekirdak ichi naycha yordamida (kekirdakli-endotraxeal) o‘tkaziladi. Naycha kekirdakka naycha og‘iz yoki burun yo‘li orqali laringoskop yordamida kiritiladi. Bu uslubda narkotik gazlar yuqori nafas yo‘llariga taʼsir etmagan holda kekirdak va bronxlarga yetkaziladi. Ayrim hollarda nay kekirdak operatsiya qilib ochilib (traxeostoma) kiritiladi. Ingalyasion uslubdagi narkozning asosiy afzalligi oson boshqarilishi. Noingalyasion narkoz uslublaridan stomatologiyada asosan vena ichiga yoki mushak orasiga (5% sombrovin, geksenal, tiopental-natriy, ketamin va boshqa dorilar) yuborib o‘tkaziladi. Bu uslubni o‘tkazishda bitta anestetik (mononarkoz), ikki - uch anestetik birgalikda (kombinatsiyalashgan), yoki anestetiklar va bir vaqtda boshqa xil dorilar bilan o‘tkaziladigan polinarkoz. Yuz-jag‘ sohasidagi katta hajmdagi operatsiyalar aralash (kombinatsiyalashtirilgan) endotraxeal narkozda amalga oshiriladi. Endotraxeal narkozning xususiyatlari. Endotraxeal narkoz stomatologik bemorlarda umumiy xirurgiya qanday o‘tkazilsa shunday o‘tkaziladi. Ammo og‘iz ichida bajariladigan yoki og‘iz ochilmaydigan bemorlarda intubatsiya o‘tkazilishda qiynchilik tugiladi. Yana bir xususiyat operatsiya bajarayotganda og‘iz ichidan kiritilgan nayning chiqib ketmasligini taʼminlab berish. Operatsiya davrida bemor intubatsion nay orqali yetarli darajada, havo bilan taʼminlanishi. Operatsiyadan keyin bu holat keskin o‘zgarishi mumkin. Operatsiyali jarohat natijasida til, yoki og‘iz tubi to‘qimalari tiqilib nafas olishga halaqit berishi. Suyak jarohatlaridan qon o‘tib ketishi, zardob chiqishi va ular nafas yo‘llariga o‘tib ketishi mumkin. Anesteziolog narkoz ketishini odatda ko‘z qorochig‘ini reaksiyasiga qarab baholaydi, ammo stomatologik operatsiyalar bajarilayotganda yuz-ko‘zlar bilan birga yopiladi. Shuning uchun nazorat o‘tkazish qiyinlashadi. Endotraxeal narkozga asosiy ko‘rsatmalar: operatsiya davrida yuqori nafas yo‘llarining o‘tuvchanligi buzilishi havfi bo‘lgan holatlar - qon, so‘lak va begona moddalarning, nafas yo‘liga tushishi; davomiyligi uzoq va og‘ir jarohatlar bilan kechadigan va ichki aʼzolar, faoliyati izdan chiqishi havfi bo‘lsa, maskali narkoz operatsiya bajarishga halaqit qilsa. Endotraxeal narkozga qarshi ko‘rsatmalar: yuqori nafas yo‘llari o‘tkir respirator kasalliklari, o‘tkir bronxit, faringit, pnevmoniya, yuqumli kasalliklar, jigar, buyrak o‘tkir kasalliklari, mioqard infarqti, yurak-qon tomir yetishmasligining dekompensatsiya bosqichi, ichki sekretsiya bezlarining o‘tkir kasalliklari. Yurak va o‘pka reanimatsiya asoslari Har xil stomatologik muolajalar va narkozda bajarilgan operatsiyalardan sung bemorning yurak urishi tuxtab,nafas olmay qolishi mumkin. Bu holat klinik o‘lim deb ataladi u 3-5 minut davom etadi, keyin biologik o‘lim qayd etiladi. Yurak urishi to‘xtashi bilan bosh miya (tana harorati meʼyorda bo‘lsa) 3-5 minut faol ishlab turadi. Shu vaqt ichida tezkor harakatlar bilan jonlashtirishga qaratilgan muolajalar o‘tkazilish kerak. Klinik o‘lim belgilari: 1) bexushlik 2) katta qon tomirlarda (uyqu arteriyasi) puls bo‘lmasligi 3) nafas olmasligi 4) ko‘z qorachigi kengayib yorug‘likdan o‘zgarmaydi. Reanimatsiya tadbirlari: 1. Nafas yo‘llarining o‘tuvchanligini taʼminlash. 2. Sunʼiy nafas oldirish. 3. Yopiq massaj bilan yurak urishini taʼminlash. 4. Yurak-qon tomirga taʼsir etuvchi dorilarni yuborish. 5. Yurak faoliyatini tiklash uchun defibrillyasiya o‘tkazish. 6. Hayot uchun zarur aʼzo va sistemalarning faoliyatini dori vositalar bilan taʼminlash. Yuqorida keltirilgan tadbirlarning birinchi to‘rtasini har bir shifokor va hamshira bajara olishi shart, bularning qisqa muddat ichida to‘g‘ri bajarilishi inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Amalda bu tadbirlarni bajarish uchun bemor – 1) zudlik bilan belga yotqiziladi (qattiq yuzalikka) 2) boshi orqaga tashlanadi, 3) pastki jag‘ oldinga tortilib og‘iz ochiladi 4) og‘iz va yuqori nafas yo‘llari qon, so‘lak ovqat qoldiqlari, yod jismlardan tozalanadi, 5) sunʼiy nafas og‘izdan-og‘izga, yoki og‘izdan og‘iz burunga bosim bilan puflash orqali oldiriladi. Buning uchun yordam beruvchi bosh tomonda yonidan keladi. Bir qo‘lini peshonaga qo‘yib barmoqlari bilan burunni siqib, boshni pastga va orqaga itaradi, ikkinchi qo‘l bilan engakdan ushlab pasti jag‘ni oldiga tortib pastga tushiradi. Chuqur nafas olib yordam beruvchi bemorni yarim ochiq og‘ziga og‘zini zich qo‘yib keskin kuch bilan puflab havoni kiritadi va ko‘qrak nafasining ko‘tarilishini nazorat qiladi. Puflab bo‘lgach og‘zini o‘zsa, passiv holda o‘pkadan havo chiqadi. Bunday nafas oldirish 1 minutda kamida 12 marta bajarilishi shart. Klinika sharoitida sunʼiy nafas oldirishni 8 shakldagi naycha yordamida, yeki sunʼiy nafas oldirish apparatida amalga oshirsa buladi. Og‘riqsizlantirishda uchraydigan hato va asoratlar Asoratlar umumiy va mahalliy bo‘ladi. Anafilaktik shok – bu o‘ta xavfli asorat bo‘lib, ko‘pincha allergik kasallikga moyil bemorlarda uchraydi. Kasallik tipik ko‘rinishda anesteziya o‘tkazilgandan biroz keyin bemor bezovtalaniladi, quruq xissi, bosh, yuz va qo‘l terisida kichikligi, igna sanchalganga o‘xshagi sezgi paydo bo‘ladi. Bemor terlaydi, boshi qattiq oqaradi, qo‘l-oyoqlari tortishib bemor xushidan ketadi. Taxikardiya, ABJ, R.R. ko‘ngil aynishi, qusish. + 03 1) 5 ml fizrastvor + 0,5 ml 1% adrenalin = anestetik kirgan joyga 2) 2-4 ml dimedrol, 2-3 ml 2,5% suprastin yoki pipolfen 3) 3-5 ml 3% prednizalon, 0,5 ml 0,1% adrenalin 4) 2,4% 10 ml eufillin v/i, 2 ml 0,5% izadrin eritma 5) yurak glikozidlari va diuretik Anestetikdan zaharlanish – anestetik dozasini oshirib yuborish va tomirga ignaning tushib qolishi, qonda preparat konsentrat oshib ketishi. 2 davr farqlanadi. 1-davr: qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynish, bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, qusish + 03 Bemorni yotkizib 10% ammiak eritmasi, v/i 200-600 mg geksinal yoki tiopental natriy sekin yuboriladi. 2 – davr. Bemor holati sust, ABI, taxikardiya, terlash, xushdan ketish, nafas va yurak-qon tomirlarni to‘xtab qolishi. + 03 Yurak glikozidlari, yurakni bilvosita massaj qilish, profilaktik anestetik yuborishdan oldin 40-50 minut barbituratlar (fenobarbital 0,1 gr) beriladi. Xushdan ketish – bu ko‘p uchraydigan asorat bo‘lib, bosh mining o‘tkir gipoksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, teri oqarishi, namlanishi, mushak tonusi yuqoladi, AB. + 03 Bemor yotkizilib toza havo, yuviladi, spirt bo‘ladi, bo‘yin, yuz terisi sovuq suvga namlangan sochiq bilan ishqalanadi. Nafas anamptiklari, bo‘ladi. Mahalliy asoratlarga: 1) inʼeksion ignaning sinishi 2) gematoma 3) mushak kontrakturasi kiradi
  • III bob. Tish qattiq to‘qimalari kasalliklari va ularning profilaktikasi: “Bolalar kasalliklari ichida eng ko‘p tarqalgani stomatologik kasalliklardir. Statistik maʼlumotlarning ko‘rsatishicha, barcha kasalliklarni beshdan bir qismini stomatologik kasalliklar tashkil etar ekan (JSST – 2000). Asosiy stomatologik kasalliklar jumlasiga tish kariyesi va uning yallig‘li asoratlari (pulpit, periodontit, periostit, abssess, flegmona, osteomiyelit, limfadenit va h.k.), shilliq qavat kasalliklari, paradont kasalliklari, tish jag‘ anomaliyalari misol bo‘la oladi”11. Tishlar kariyesi - patologik jarayon bo‘lib, tishlar yorib chikkandan sung rivojlanadi, tish kattik tukimalarning demineralizatsiyasi hisobiga, ularning yumshab, nukson hosil bulishi bilan kechadi. Kariyes surunkali kasallik hisoblanib aholi orasida keng tarqalgandir. Kariyes tarqalishi Kichik yoshda bu kasallik tarqalishi buyicha 1-urinda turib bolalar ichida tarkalishi buyicha 2-urinni egallaydi. Bronxial astmaga nisbatan 5-6 marta ko‘p uchraydi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, yer shari ekvatorial regionlarida (Afrika,Osiyo ) kutbga yaqin xududlar (Skandinaviya, Shimoliy Amerika) ga nisbatan kariyes kasalligi kamroq uchraydi. Rivojlangan mamlakatlarda kariyes kasalligining yuqori darajada tarqalganligi aniqlangan. “Ayniqsa yosh bolalar orasida (sut tishlarida) 95% gacha uchratish mumkin. Olimlarning taʼkidlashlaricha ushbu kasallikka 90-95% holatlarda pastki sut molyarlari duchor bo‘lar ekan. Ko‘pincha, bolalarda sut tishlarining kariyes bilan zararlanishi 2-3 yoshdan boshlanadi. Kariyes kasalligi 2-6 yoshlik bolalarda va 16-25 yoshli yigit-qizlarimizda hammadan ko‘p uchraydi. Tekshirishlarga ko‘ra, o‘zbekistonda kariyes maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda 60%, maktab yoshidagi bolalarda 85%, kattalarda esa 70%ga qadar tarqalgan”12. Etiologiyasi. Inson arganizimining ovqatni chaynaydigan tayanch muskuli tishlarda kares kasalligi bugun dunyoda eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biriligi haqida turli qarashlarni olimlar tomonidan ilgari surilib kelinmoqda. “Ko‘pgina olimlar mazkur patologiya ayrim mahalliy regionlar tabiatidagi (suv, oziq – ovqat, meva va sabzavot va h.k.) ftor va boshqa mikroelementlarning yetishmovchiligidan deb bilishsa, ayrimlari isteʼmol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ratsionining keskin buzilishi (uglevodli mahsulotlarni, ayniqsa qandli mahsulotlarni (shirinliklar) ko‘p isteʼmol qilish, vitaminsiz ovqatlar bilan oziqlanish)dan deb taʼkidlamoqdalar. Hozirgi zamon ilmiy tibbiyoti og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holati kariyes kasalligini yuzaga kelishi yoki bartaraf bo‘lib ketishida eng asosiy va muhim omil ekanligini isbotladi. Ayniqsa, gigiyenik holatni bolalar orasida juda yomon ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, yuqorida aytib o‘tilgan raqamlar bunga isbot bo‘la oladi (yaʼni, kariyes maktab yoshidagi bolalar orasida eng keng tarqalgan stomatologik kasallik hisoblanadi)13. Kariyes kasalligini yuzaga kelishida og‘iz-bo‘shligidagi mahalliy sharoitning tez-tez o‘zgarib turishi ham katta o‘rin tutadi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlarning patogen holatga o‘tib qolishi. Bu holat tishlar yuzasidan mustahkam o‘rin olgan «tish karashlari”ni stromasida yashovchi mikroblarni taʼsiri ostida kislotali muhitni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bizga maʼlumki, bunday muhit tish emalini deminerallashuviga sabab bo‘ladi va mazkur nuqtalarda birlamchi kariyes yuzaga keladi. Kariyes jarayonining yuzaga kelishiga homilador onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi va har turli kasalliklarga moyil bo‘lishi sabab boladi, chunki tish ko‘rtaklari homiladorlik davrining 5-6 haftasidanoq paydo bo‘la boshlaydi, salbiy omillar esa shakllanayotgan tish emalining kariyesga bo‘lgan rezistentlik darajasini pasaytirib yuboradi. Yoshligida ko‘proq kasalliklarni boshidan kechirgan bolalarda ham kariyes ko‘proq uchrashi maʼlum. Balog‘atga yetish davrida tishlar kariyesi keskin ortadi. Ayollar ko‘pincha homiladorlik davrida birdaniga bir nechta tish kariyesi bilan shikastlanadilar, chunki bu davrda ayol organizmida homila skeletini tiklash uchun kalsiy, fosfor tuzlariga va boshqa mikroelementlarga bo‘lgan faoliyatining o‘zgarishi, modda almashinuvining buzilishi sabab bo‘ladi. Bir guruh boshqa olimlar tish kariyesini yuzaga kelishida boshqa umumiy sabablar, masalan organizmdagi modda almashinuv jarayonining buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi, ekologik tashqi muhitning izdan chiqishi, organizmning umumiy holati va uning reaktivlik darajasi omillari ham muhim o‘rin tutishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon qilmoqdalar. Yuqorida bayon etilgan maʼlumotlarning qanchalik bir-biriga zid ekanligiga qaramay xozirgi zamon «isbotlangan tibbiyot» fani kariyes jarayonini yuzaga kelishida ftor elementining tanqisligi, kalsiy va vitaminlarning yetishmovchiligi, saharozaning haddan tashqarii ko‘payib ketishi va nihoyat asosiysi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatining juda past darajada ekanligini eʼtirof etmokda. Aynan, gigiyenik holatning yomonligi yorib chiqqan tish emalining to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning minerallashuviga salbiy taʼsir etishiga oid izlanishlar boshqa «isbot talab» etmaydigan darajadagi tadqiqot pog‘onalarini o‘tab bo‘lgan. “Dunyodagi yetakchi ilmiy – tekshirish muassasalari olimlarining ko‘p yillik kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ichimlik suvidagi ftorning kam darajada (0,2-0,6 mg/l) bo‘lishi tish emalining kariyesga beriluvchanlik darajasini yanada oshirib yuborar ekan. Ftorning suvdagi miqdorini 0,8-1,2 mg/l bo‘lishi optimal holat deb aniqlangan. Biroq, ushbu holat bilan tish emalining kariyesga beriluvchanlik darajasini har doim ham pasaytirib turish mumkin emasligi ko‘pgina tadqiqotlar yordamida aniqlangan. Kariyes kasalligining tarqalishiga va uning intensivligini oshib borishida ichimlik suv tarkibidagi kalsiy, fosfor, mis, rux va boshqa bir qator makro- va mikroelementlarining miqdori muhim rol o‘ynaydi. Lekin, ushbu elementlar mavjud bo‘laturib, faqat ftorning bo‘lmasligi kariyesni oshib borishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Madomiki, shunday ekan, ftorni kariyesga qarshi asosiy omil deb bilsak, ushbu omil taʼsirini yanada chuqurlashtiruvchi qo‘shimcha omil – bu qolgan barcha mikroelementlar bo‘lishi mumkin. Biokimyo fanidan bizga maʼlumki, so‘lak bilan emal orasida beto‘xtov ravishda o‘zaro ionli almashinuv jarayoni kechadi. Ushbu muhim jarayon ayniqsa bolaning tishi yorib chiqqan vaqtda jadal tus oladi va aynan shu davrda tish emali to‘liq voyaga yetib olishi mumkin. Ushbu maʼnodan kelib chiqqan holda, biz, og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lakni emalning to‘liq minerallashib olishida qanchalik muhim rol o‘ynashini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalar og‘iz bo‘shligi gigiyensini ratsional tarzda olib borish maqsadida tish pastalari va eliksirlari tarkibida ftor, fosfor, kalsiy kabi mikroelementlarni bo‘lishi maqsadga muvofiq deb topilgan”14. Bu kasallik polietiologik hisoblanib, uning kelib chikishi xakida 100 ga yakin nazariy karashlar mavjud. 1.Umumiy: -nasliy omil. -endokrin omil. -organizmga tushuvchi ftor miqdori ( N- 0,8-1,2 mg/l ). -organizm umumiy holati. -atrof-muhit taʼsiri. -ovqatlanish harakteri. 2.Mahaliy: -og‘iz bo‘shligi gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik. -og‘iz bo‘shligi fiziologiyasi. -so‘lak fiziologiyasi. -tishlarning tish qatorida noto‘gri joylashuvi. Hozirgi davrda tish kariyesining paydo bo‘lishida tishlarning kariyesga moyilligi kariyesogen bakteriyalar va vaqt ham ahamiyat kasb etadi. Tish yuzasining kariyesga moyilligi. Tish emali – inson organizmining eng kattik tukimasi bo‘lib, uzining mustahkamligi buyicha olmosgagina joy beradi (250-800 vikkers birligida). U 96% menirallardan, 3,5% organik kism va 0,5% emal suyuqligidan tashkil topgan. Kariyesga moyillik bir necha omillarga boglik: - tish anatomik tuzilishiga; tish fissura va kantakt yuzalari ovqat qoldiqlari va tish karashi yig‘ilishi uchun qulay joy. - -og‘iz bo‘shligi gigiyenasi qoidalariga rioya qilmaslik; tish karashi tez va ko‘p hosil bo‘ladi. - -ovqatlanish omili; uglevodga boy, yumshok ovkat tish karashi hosil bo‘lishiga moyil bo‘ladi. - -so‘lak miqdori va sifati; yopishqoq so‘lak mikrob va ovqat qoldiqlarini tish yuzasiga yopishishiga yordam beradi. Kariyesogen bakteriyalar. Og‘iz bo‘shligi mikroflorasi turli xil bakteriyalarga boy, ammo tish karashi hosil bo‘lishida va keyinchalik emal demineralizatsiyasida kislota hosil qiluvchi streptakokklar (Str mutans, salivarus) katta ro‘l o‘ynaydi. Uglevodlarni qabul qilgandan keyin bir qancha daqiqadan so‘ng ph ning 6 dan 4 ga pasayishi kuzatiladi. Tish karashida uglevodlarni achishishidan sut, chumoli, yog, propion kislotalari hosil bo‘lib,emal demineralizatsiyasiga sabab buladi. Klassifikatsiyasi. Anatomo – topografik klassifikatsiya. -dog‘ bosqichi. -yuza kariyes. -o‘rta kariyes. -chuqur kariyes. Dog‘ bosqichi (macula cariose). Kariyesning boshlang‘ich davrida tish yuzasida mayda oq dog‘ (baʼzida qoramtir) paydo bo‘ladi. Katta yoshdagi odamlarda hamda kamquvvat bo’lgan bolalarda, homilador ayollarda ko‘p uchraydigan emalning yumshashi kuzatiladi. Ushbu xolatni bemorning o‘zi sezmaydi, tish emalining yumshaganligini doktor-stomatolog maxsus usullar bilan aniqlaydi va maxsus aparatlarda ko‘rishi mumkin. -zondlaganda tish butunligi buzilmagan, og‘riqsiz. - perkussiyada og‘riqsiz. Yuza kariyes. Yuqorida takidlaganimiz kam quvvat bolalarda va homilador ayollarda tish emalining yemirilishi natijasida jag’dagi katta tishlarda kavakchalar xosil bo’ladi. “Jarayon tishning emal qavatidan dentinning ustki qatlamlariga o‘tgan taqdirda o‘rta kariyes va nihoyat, tish yemirilishi pulpaga yetay deb qolganda, chuqur kariyes deb ataladi”15. Tishning ustki qismidagi email yemirilganda bemor shirinlik, sho’r narsalar tanovvul qilganda tishda og’riq hosil bo’ladi. Ushbu xolat doim ham kuzatilmaydi, shifokor stamatolg tomonidan aʼsirlovchi sabablar bartaraf etilganda bemorda og’riq to‘xtaydi. Yuz kares bilan shikastlangan tishlar bazi bemorlarni bezovta qilmasligi mumkin. - tish rangi o‘zgarmagan, tish emali destruksiyasi hisobiga tish butunligi buzilgan, tish nuksoni hosil bo‘lgan. - zondlanganda zond tutiladi, og‘riqsiz. - perkussiya og‘riqsiz. O‘rta kariyes. Kares bilan shikastlangan tish o‘z vaqtida davolatilmasa, kariyes jarayoni dentinga o‘tadi. Tish nordon va shirinliklardan tashqari, issiq va sovuq taʼsirida ham og‘riy boshlaydi. -jarayon emal va dentinni shikastlagan. -o‘rta xajmdagi nuqson. -bemor shikoyati qisqa muddatli og‘riqqa (temperatura,kimyoviy kuzgatuvchilar). -zondlash og‘riqli. - perkussiya og‘riqsiz. Rentgen tasvirida: tish toj kismida o‘rta xajmda oqarish zonasi kuzatiladi. Chuqur kariyesda tish kavagiga har qanday ovqat tushganda ham tishda og‘riq paydo bo‘laveradi. Lekin kavakdagi ovqat qoldig‘ini olib tashlanishi bilan og‘riq tezda to‘xtaydi. Shu sababli bolalar (kattalar ham) jag‘ning kariyesga chalingan tish joylashgan tarafi bilan emas, balki sog‘ tomoni bilan ovqat chaynashga harakat qila boshlaydilar. Bu holat, bora-bora jag‘ning noto‘g‘ri (qiyshiq) o‘sishiga olib keladi, natijada esa tish-jag‘-yuz anomaliya va deformatsiyalari yuzaga kela boshlaydi. -emal va dentinning ancha qismi shikastlangan, ammo pulpa zararlanmagan. -chukur nuqson ovkat qoldig‘i, yumshagan dentin bilan to‘lgan. -bemor shikoyati barcha qo‘zg‘atuvchilardan (mexanik, kimyoviy, termik). -nuqsonni zondlash og‘riqli. - perkussiya og‘riqsiz. Tashhislash. -ko‘ruv,stomatologik oyna va zond orqali. -tish kontakt yuzalarida joylashgan karioz jarayonni diagnostikasi temperatur taʼsirotlar (sovuq suv, sovuq havo) va rentgenogramma orqali olib boriladi. Davolash prinsiplari. -og‘riqsizlantirish. -nekrotik to‘qimadan tozalash. -karioz bo‘shligini antiseptiklar bilan ishlov berish. -nuqsonni plombalash. Remineralizatsiyalovchi davo. -10 kun davomida 10% kaltsiy glyukanat eritmasi,1-3% remodent eritmasi bilan tish yuzasini appliksiyasi. -15 daqiqaga elektrofarez (yuqoridagi eritmalar yordamida). Profilaktika vazifasi. -og‘iz bo‘shlig‘idagi kariyesogen muxitni yaxshilash. -tish to‘qimasi mustahkamligini oshirish. Profilaktika chora tadbirlari. -og‘iz bo‘shligi gigiyena qoidalariga rioya qilish. -tish katoridagi notugri joylashgan tishlarni tugrilash (ortodontga murojaat qilish). -uglevodli ovqatlanishni kamaytirish. -ftor tutuvchi tish pastalaridan foydalanish. -og‘iz chayuvchi eritmalardan foydalanish. -organizmni umumiy soglomlashtirish. -stomatolog kurigidan 1 yilda 2 marta utish. -ichimlik suvini ftorlash. V. K. Leontev tomonidan ovqatlanish madaniyati tavsiya qilingan: -shirinlikni uykudan oldin isteʼmol qilmaslik. -shirinlik oxirgi ovqat mahsuloti bulmasligi. -ovqatlanish orasidagi tanaffusda shirinlik yemaslik. -gazlangan, shirin ichimliklarni kam istemʼol qilish. Pulpit – bu qon tomirlarga boy bo‘lgan tolali, yumshok ko‘shuvchi to‘kimali -pulpa to‘qimasining yallig‘lanishi bo‘lib, tashqi mikroblar ta’siriga nisbatan organizmning javob reaksiyasidir. Pulpa yallig‘lanishi asosan karies asorati bo‘lib, mikroblar assotsiatsiyasi ta’sirida yuzaga keladi. Asosan, mikroblar toksini, dentin tarkibidagi organik moddalarning parchalanishidan xosil bo‘lgan zaharli moddalar pulpa to‘qimasining yallig‘lanishiga olib keladi. Tish kavagi mikroorganizmlar o‘chog‘i hisoblanadi. BOLALARDA PULPITLARNI KEChIShINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI. O‘chokli pulpit qiska muddat kechadi. Yallig‘lanish jarayoni tez tarkalib toj pulpasidan ildiz pulpasiga o‘tadi Yallig‘lanish tezda yiringliga o‘tadi. Klinik kechishining rang-barangligi. O‘tkir pulpit tezda surunkali shaklga utishi, to‘qima nekrozi. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadi. “Bolalarning sut va doimiy tishlaridagi kariyes jarayoni juda erta bo‘lgani uchun pulpaning yallig‘lanishi jadal tus oladi va tezda yiringlab ketadi. Bola tishlarining ildizi xali to‘la taraqqiy qilmaganligi yoki so‘rilish (rezorbsiya) boshlanganligi tufayli yallig‘lanish jarayoni tish atrofidagi to‘qimalarga juda tez tarqaladi. Odatda o‘lgan pulpadagi yiringli yallig‘lanish jarayoni asta sekin ildiz kanali uchidagi kavak orqali tish atrofidagi to‘qimalarni yallig‘lanishiga sababchi bo‘ladi”16. Ye.E.Platonov klassifikatsiyasi. O‘tkir - o‘choqli. - diffuz. Surunkali - fibroz. - gangrenoz. - giperttrofik. Surunkali qaytalanuvchi pulpit. Shuningdek travmadan (jaroxat) soʼng, yaʼni tish toj qismi sinib pulpaning ochilib qolishi natijasida rivojlanadi. O‘tkir pulpit – sababsiz boshlanuvchi, uʼtkir pulslovchi, sanchuvchi, uchlamchi nerv buyicha tarqaluvchi.tungi og‘riq bilan harakterlanadi. Pulpa yallig‘lanishida gistologik tekshirishlar to‘kimada shish, to‘lakonlik, ekssudatsiya, nerv oxirlarining siqilishi, qon tomirlarda qon dimlanishi, trombozlar, qon kuyulishlar, nerv tolalarining parchalanishi, to‘qimada leykotsitlarning ko‘payishi, yiring o‘choqlari mavjudligini ko‘rsatadi. Pulpa to‘qimasida bosimning oshishi, nerv oxirlarini, tolalarini siqishi natijasida og‘rik paydo buladi. Bolalarda dentin kanallari keng, qisqa, dentin kavati uncha qalin emas, shuning uchun kichik karioz nuksonlardan xam pulpaning yallig‘lanishi kelib chikadi. Bolalarning sut va doimiy tishlarida karies kasalligi kattalarga nisbatan tez kechadi. Diagnostikasi. -karioz kovak borligi -zondlash og‘riqli -perkussiya og‘riqsiz -rentgenogrammada toj qismida katta xajmdagi oqarish zonasi kuzatiladi, ildiz uchida uʼzgarish yoq. -organizimda umumiy uʼzgarishlar kuzatilmaydi. Davolash prinsiplari. -og‘riqsizlantirish. -karioz buʼshliqdan nekrotik tuʼqimalarni tozalash. -antiseptik ishlov berish. -pulpani olish. -antiseptik ishlov berish. -kanal va tish toj qismini plombalash. Yalliglanish natijasida pulpa nekrozga uchraydi va og‘riq asta-sekin qoladi, agar uz vaqtida davo choralari olib borilmasa, mikroorganizmlar kanaldan tish ildizini urab turuvchi tuqimalarga tarqaladi va periodontitga olib keladi. Bolalarda kariyes jarayoni tez kechadi, pulpani yallig‘lanishi bilan asoratlanib, pulpa yiringlaydi, bu esa doimiy tishlar follikulasining yallig‘lanishiga va yoʼqotilishiga sabab buladi. Surunkali pulpit – pulpitning bolalarda juda kup uchraydigan shakli. Simtomsiz kechadi. Kasallik ko‘pincha profilaktik ko‘rikdan oʼtkazilyotganda aniqlaniladi. Surunkali pulpitlar uchun proliferatsiya jarayonlari,dumalok xujayralar infiltratsiyasi ustuvor bo‘ladi. Shishlar yo‘kolib, tolali elementlar va odontoblastlar ko‘payishi kuzatiladi. Limfotsitlar nukleoproteidlar sintezini kuchaytiradi, plazmatik va semiz xujayralar tomonidan proteinlar parchalanish maxsulotlari sintezi kuchayadi va ular regeneratsiya soxasiga yetkazilib beriladi Koʼruvda: Tish bo‘shligi ochilgan,yumshagan dentin, ovqat qoldiqlari bilan to‘lgan karioz bo‘shliq aniqlanadi. Zondlash og‘riqsiz Perkussiya og‘riqsiz Rentgenogrammada 30% holatda peridontda periodontal yoriq kengayishi aniqlanadi, 70% ildiz atrofi uzgarishsiz. PULPITLARNI DAVOLAShDAN MAKSAD. 1. Yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish, periodont kasalliklarini oldini olish. 2. Sut tishlari uchun ildizlarni fiziologik so‘rilishiga sharoit yaratish. 3. Doimiy tish kurtaklarining va ildizlarini rivojlanishiga sharoit yaratish. Davolash – koʼp qatnovli. Jag- yuz sohasidagi odontogen yalligʼlanish jarayonlari. Yalligʼlanish jarayonlari bolalarda o‘ziga xos kechadi, bu bolalar organizmi va to‘qimalarning shakllanmaganligi, qon va limfa tomirlar bilan yaxshi taʼminlanmaganligi va immunitet omillari yetishmasligi natijasida ogʼir asoratlarga olib kelishi bilan tushuntiriladi. Koʼp xollarda odontogen infeksiya manbai bo‘lib kariyes bilan kasallangan sut tishlar (85,5%)hisoblanadi, chaqiruvchi stafilakokkdir. Bundan tashqari yiringli ekssudat tarkibida streptakokk, koʼk yiringli tayoqcha kuzatiladi. Odontogen infeksiyalarning klassifikatsiyasi (A.V. Shargorodskiy buyicha). Periodontit: oʼtkir, seroz, yiringli. Periostit: oʼtkir, seroz, yiringli. Jagʼ osteomiyeliti: oʼtkir, oʼtkir osti. Abssess va flegmona: oʼtkir, oʼtkir osti, surunkali. Davolash prinsipi. 1.Etiologik. 2.Dezintoksikatsion. 3.Desensibilizatsion. 4.Immunostimulyatorlar. 5.Regeneratsiyalovchi. Periodontit – odontogen yalliʼglanish jarayoni, pulpit asorati hisoblanib, periodontning yalliglanishidir. Bu kasallikning boshlanishiga asosiy sabab kariyes va pulpitni o‘z vaqtida davolatmaslikdir. Periodont qo‘shuvchi to‘qimaning alteratsiya, ekssudatsiya va proliferatsiya kabi belgilar bilan kechuvchi yalliglanish jarayonidir. PERIODONTITLAR ETIOLOGIYaSI Pulpaning o‘tkir va surunkali yallig‘lanishi Devitalizatsiyalovchi moddalarni ko‘p miqdorda qo‘yilishi yoki uzok muddat ushlab turish. Pulpitlarni ekstirpatsiya usulida davolashda ildiz kanaliga mexanik ishlov berish paytida periodontni shikastlash. Ildiz kanali plombalanganda plombaning bir kismini ildiz tashkarisiga chikishi. Ildiz kanaliga tibbiy ishlov berish vaktida kuchli ta’sir kiluvchi anestetiklar kiritish. Ildiz kanalidagi mikroblarga to‘yingan pulpa to‘qimasini periodont to‘qimasiga mexanik ishlov paytida surib chikarish. Periodont to‘qimasinig medikament va mikroblarga nisbatan allergik xolati natijasida. Ortodontik apparatlarni noto‘g‘ri qo‘yish okibatida, baland qilib qo‘yilgan plomba okibatida, noto‘g‘ri qo‘yilgan koronka natijasida tishga xaddan tashqari chaynov yukining tushishi. Klassifikatsiyasi 1.Uʼtkir - infeksion. - toksik. - travmatik. 2.Surunkali - granulyatsion. - granulamatoz. - fibroz. 3.Surunkali qaytalanuvchi periodontit. Oʼtkir periodontit. Zondlaganda tish bushligi bilan alokador karioz bushlik aniklanadi. -zondlash og‘riqsiz. -perkussiya og‘riqli. -tish kimirlaydi. -tish atrofi milki kizargan, shishgan, palpatsiya og‘riqli. -tana haroratining oshishi, intoksikatsiya belgilari kuzatiladi. BOLALARDA O‘TKIR PERIODONTIT KEChIShINING UZIGA XOS XUSUSIYaTLARI. Yallig‘lanish jarayonining faol kechishi. Chegaralangan yallig‘lanishni tezda tarqalib diffuz tus olishi. Qiska muddatli seroz yalliglanish tezda yiringliga aylanadi. Shakllanayotgan ildizlarning o‘sish soxalari shikastlanib, ildiz shakllanishi to‘xtaydi. Konda SOE oshishi va leykotsitoz kuzatiladi. Bemor bolaning (2-5 yosh) umumiy axvoli yomonlashadi. Davolash. -sut tishlarida- jarrohlik yo‘li bilan tishni olish. -doimiy tishlarda – tish kanali nekrotik to‘kimalardan tozalanib yiringga yo‘l ochiladi. -yallig‘lanishga qarshi davo. -desensibilizatsiyalovchi. -immunoterapiya. Surunkali periodontit. Surunkali periodontitda tish og‘rimasligi mumkin. Bunda tish ildizining uch qismida yiringli xaltacha, yaʼni granulema hosil bo‘lishi mumkin. Aynan tish ildizlarida bunday surunkali yallig‘lanish o‘choqlari mavjud bolalar angina, adenoid, revmatizm, buyrak kasalliklari bilan boshqa bolalarga nisbatan ko‘proq og‘riydilar. “Periodontitni o‘z vaqtida davolamasa, granulema kattalashib, baʼzida kistaga aylanib ketadi. Surunkali periodontitda tishning ildiz uchi qismida granulema yoki kista bor - yo‘qligini stomatolog - vrach rentgenda tekshirib aniq diagnoz qo‘yishi mumkin”17. Ko‘pgina xollarda surunkali periodontit qayta zo‘rayib, avj olib ketadi va xuddi o‘tkir periodontitdek tishda qattiq - uzluksiz og‘riq turadi. Bunda tishning ildizi atrofidagi yiring jag‘ suyaklari tanasida joylashgan Gavers va Folkman kanalchalari (tirqishchalari) orqali suyak pardasi ostiga yo‘l oladi va uni yallig‘lantiradi, natijda suyak pardasi o‘tkir yallig‘lanib, periostit kasalligi kelib chiqadi. PERIODONTITLARNI DAVOLAShNING UZIGA XOS XUSUSIYaTLARI Sut tishlarini saqlab qolish va samarali davolash usulini tanlash bolaning yoshi, ildizlar xolati, yallig‘lanish jarayonining qanchalik tarkalganligini, kurtaklarni yallig‘lanish jarayoniga ko‘shilish darajasini, bolaning salomatlik darajasini hisobga olgan xolda individual tarzda xal kilinadi. Qiyosiy tashxislash. Rentgen surʼati bo‘yicha o‘tqaziladi. Surunkali periodontitda periodontal yoriq kengayishi, apikal sohalarning qorayishi kuzatiladi. Surunkali pulpitda periodont atrofi uzgarishsiz. Surunkali periodontit doimiy tishlar murtagiga taʼsir qiladi (adentiya, gipoplaziya, tish qattiq t‘okimalari strukturasining buzilishi). U odontogen infeksiya o‘chogi hisoblanib, o‘suvchi organizimda allergizatsiya va intoksikatsiya chakiradi va ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin. Jag‘ periostiti o‘tkir yallig‘lanish jarayoni hisoblanib, kasallik tish atrofidagi milk va jag‘ suyaklariga yondoshib turgan yumshoq to‘qimalarning shishishi bilan boshlanadi. Jag periostiti periodontdagi surunkali holatlarni qaytalanuvi hisobiga rivojlanadi. Yallig‘lanish hisobiga suyak rezorbsiyasi kuzatilib, periodontdagi infeksiya suyak usti pardaga o‘tiladi (74-78%). Kam xollarda (5-8%) o‘tkir apikal va marginal periodontit asorati sifatida rivojlanadi. Klinik manzarasi. Ko‘pincha jag‘ suyagi atrofidagi shishlar tez kattalashib, og‘riq zo‘rayib ketadi, tish qimirlab qoladi, tana harorati 38-390gacha ko‘tarilib borishi kuzatiladi. Baʼzan suyak pardasi ostida hosil bo‘lgan yiring milk orqali oqmali yara hosil qilib, og‘iz ichiga yoki tashqariga chiqadi. Bu vaqtda yallig‘lanish jarayoni kamayadi, lekin batamom tugamaydi va keyinchalik yana qaytalanishi mumkin. -tana haroratining ko‘tarilishi. -bosh ogrigi, uyqusizlik. -xolsizlik, kuchsizlik. -ishtaxa pasayishi -sababchi tishda doimiy simillovchi og‘riq, og‘riq kuloqqa, ko‘z, bo‘yin sohalariga tarqalishi mumkin. -suyak usti pardasida yallig‘lanish jarayoni hisobiga yumshoq toq‘imalarda shish hosil bo‘ladi. -yuz assimetriyasi. -limfadenit. Og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘ruvda: -Plombalangan yoki kariyes bilan shikastlangan tish borligi. -Agar milk sabab bo‘lsa tish sog‘, ammo atrof to‘qimalar shishgan, qizargan, yallig‘langan (perikaronarit, periodontit). -Tish qimirlaydi -Perkussiya og‘riqli -Tish atrofi shilliq qavat yallig‘lanish infiltrati nafakat sababchi tish atrofida, balki kushni bir necha tish bo‘ylab suyakdan bir tomonlama tarqaladi. -Infiltrat palpatsiyasi og‘riqli. -Infiltrat markazida flyuktuatsiyani aniqlash mumkin. Odontogen yallig‘lanish jarayonlari: Kasallikning o‘tkir boshlanishiga ko‘pincha organizmning sovuqda qolishi,infeksion kasalliklar, emotsional zo‘riqishlar yoki sababchi tish olingandan so‘ng rivojlanishi mumkin. Bu kasallikda jag‘ suyaklari chiriy boshlaydi. Uning o‘tkir va surunkali turlari mavjud Tish kasalliklari asoratlaridan yana biri- o‘tkir odontogen osteomiyelit sababchi tish joylashgan jag suyagining o‘tkir infeksion yallig‘lanishi. Kasallikning o‘tkir boshlanishiga ko‘pincha organizimning sovuqda qolishi, infeksion kasalliklar, emotsional zo‘rikishlar yoki sababchi tish olingandan so‘ng rivojlanishi mumkin. Bu kasallikda jag‘ suyaklari chiriy boshlaydi. “O‘tkir osteomiyelit ko‘pincha 5-10 yoshli bolalarda uchraydi (ko‘pincha pastki jag‘da), bunda tana harorati nixoyatda ko‘tarilib (39-400) ketadi, bemor titrab-qaqshaydi”18. Kasallik boshida chegaralangan kasallik rivojlanishi natijasida og‘riq butun jag bo‘ylab tarkalishi mumkin. Intoksikatsiya belgilari kuzatiladi: bosh og‘rig‘i, tez-tez charchash, asabiylashish, apatiya, tana harorati kutarilishi. Infeksion – yallig‘lanish jarayonini tarqalishi hisobiga bemor og‘iz ochish chegaralanishiga, yutinishdagi og‘riqqa, nafas olishning qiyinlashishiga shikoyat qiladi va shu sabab ovqatlanishni chegaralaydi, bu esa organizmning suvsizlanishiga, to‘qima turgorining pasayishiga olib keladi. Uning qoni va siydigida o‘tkir yiringli kasalliklarga hos o‘zgarishlar kuzatiladi. Kon taxlilida: neytrofil leykotsitoz (12-15*103 /mkl), eozino-limfo- va monopeniya, ECHT 40 mm/s oshishi kuzatiladi. Jag‘lar atrofidagi yumshoq to‘qimalar shishib, abssess yoki flegmona rivojlanadi va qattiq og‘riydi. Yuz assimetriyasi, shishi aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘idan noxush xid kelishi, til karash bilan qoplangan, sababchi tish va unga qo‘shni bo‘lgan tish perkussiyasi og‘riqli, qimirlaydi. Sababchi tish atrofidagi milk shishgan, qizargan, og‘riqli infiltrat kuzatiladi. Pastki jag osteomiyelitiga Vensan simptomi xos: n. alveolaris inferior toksik nevriti hisobiga pastki lab yarmini sezuvchanligini pasayishi. Kasallik ayniqsa bolalarda og‘ir kechadi. Faqat kasal tishlarning atrofidagi alveolyar suyak to‘qimasi chirib qolmay, bu jarayon yonidagi sog‘lom tishlarga ham o‘tadi va shu tariqa ular ham qimirlab qoladi, hattoki barmoqlar bilan sug‘urib olish mumkin bo‘ladi. Rentgenda kasallikning boshlangich etapida surunkali periodontit belgilari kuzatilishi mumkin. 10-14 kunga kelib jag‘ suyaklaridagi rezorbsiyasi, qorayish o‘choqlarining kattalashuvini ko‘rish mumkin. Davolash. 1. Jarrohlik: - sababchi tish sug‘iriladi. - yiringli o‘choq ochiladi. 2. Konservativ: – dezintoksikatsion - immunoterapiya - desensibilizatsiyalovchi. Jag‘ odontogen osteomiyelitining o‘tkir davri odatda 10-12 kundan 2 haftagacha, diffuz turida- 3 haftagacha davom etadi va o‘tkir osti davriga o‘tadi Suyak usti pardasining yiringli o‘chog‘i ochilgandan so‘ng, o‘tkir belgilar kamayadi. Tish katagidan granulyatsiyalar shishib chiqadi. Patomorfologik – shikastlanish o‘chog‘i kichrayib boradi, oqma yara yo‘llari paydo bo‘ladi. Demarkatsion chizik va yangi suyak hosil bo‘ladi. O‘tkir osti bosqichi 4-8 kun davom etadi. Surunkali osteomiyelit. Surunkali osteomiyelitda bemorning ahvoli birmuncha yengillashib, kasallikning o‘tkir belgilari chekinadi, ammo yaradan yiringli ajralma kuzatiladi. Oqma yo‘llari hosil bo‘ladi va ajraladi. Ularni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.Tana harorati subfebril , ECHT xali ham baland, leykotsitoz. Rentgen tasvirida suyak tuzulmasi atrofiyasi, so‘rilish o‘choqlari- mayda sekvestlarni ko‘rishimiz mumkin. 4-rasm. Osteomiyelit. Rentgen sur’ati. 5-rasm. Odontogen osteomiyelit. Asoratlari. Odontogen osteomiyelitning o‘tkir bosqichlarida asoratlari yiringli o‘choqdagi infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liqdir Bola organizmi holsizlanib, qarshilik ko‘rsatish qobiliyati kamayganda yallig‘lanish yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qimalar kletchatkasiga (ko‘proq yog‘ to‘qimasi mavjud sohalar) ham tarqaladi va abssess yoki flegmonani paydo qiladi. Abssess yoki flegmonada teri yoki shilliq pardalar shishib og‘riydi, zo‘riqadi va qizaradi. Bemorning harorati ko‘tariladi, titrab qaqshaydi, darmoni quriydi, boshi og‘riydi va bo‘shashadi (holsizlanadi). Yallig‘lanish jarayoni yosh bolalarda shiddat bilan kechadi va organizmning intoksikatsiya darajasi soatma-soat ortib boradi. Abssess yoki flegmona chaynov muskullariga yoyilganda bolalar og‘zini ochishga, chaynashga qiynaladi, agar jarayon halqum oldi bo‘shlig‘ida bo‘lsa yutinish, nafas olish va so‘zlash ancha og‘ir kechadi.U ko‘pincha jag‘- yuz sohasiga yaqin joylashgan organ va sistemalarga tarkalib, ularning funksiyasini buzadi: o‘tkir gaymorit, qattiq miya pardasi tomirlari trombozi, yallig‘lanishi, meningoensefalit, mediostenit, CHPJB artriti, sepsis. Odontogen osteomiyelitning surunkali bosqichidagi asoratlarga bosh va bo‘yin sohalaridagi qon tomirlardan qon ketishi, sekvestrlar oqibatida jag‘ suyaklarining sinishi, intakt sog‘ tishlarning yo‘qotilishi, chandiqlar kantrakruralar, CHPJB ankilozi, bolalarda o‘sish zonasi shikastlanishi hisobiga jag‘larning o‘sishdan orqada qolishi kiradi. Undan tashqari qon hosil qilish funksiyasini buzilishi natijasida anemiya, leykopeniya, amiloidoz, ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilishi natijasida aktinamikoz, yomon sifatli o‘smalar hosil bo‘lishi mumkin. Pediatrlar va bolalar stomatologlari shuni unutmasliklari zarurki, yiringli kasalliklar (periostit, abssess, flegmona, furunkul, karbunkul, frunkulyoz, osteomiyelit va h.k.) jag‘ - yuz sohasida joylashgan bo‘lsa, infeksiya miya tomirlariga tarqalishi va miya pardalarini yallig‘lantirishi mumkin. Shuning uchun yuz-jag‘ sohasida joylashgan har qanday yiringli kasalliklarda bemor zudlik bilan jarroh-stomatologga murojaat qilishi zarur. Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalar muassalarida stomatologik kasalliklarini oldini olish. Profilaktika –axoli sog‘lig‘ini yuqori darajada tutib turishga va stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, tibbiyot chora tadbirlar kompleksidir. Birlamchi va ikkilamchi profilaktika turi ajratiladi.
  • IV bob. Og‘iz bo’shligi shilliq qavati kasalliklari: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklari Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tuzilishi Og‘iz bo‘shlig‘i ikki qismdan iboratdir: dahliz va xususiy og‘iz bo‘shlig‘i. Dahliz qismi lunj va lab bilan chegaralangan bo‘lib, xususiy qismdan tishlar, alveolyar o‘simta, milk bilan ajratiladi. Xususiy og‘iz bo‘shlig‘ining tomini yumshoq va qattiq tanglay, tubini esa-til ildizi tubi mushak diafragmasi tashkil qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i maydoni kattalarda 215 mm3 tashkil qilib, tishlardan tashqari barcha sohalar shilliq qavat bilan qoplangan. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati inson organizmining boshqa shilliq qavatilaridan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. U fizik, kimyoviy, mikroblar taʼsirotlariga chidamlidir, regenerator xususiyati yuqori. U tez taʼsirlanadi va tez regenratsiyalanadi. Shilliq qavatning bu xususiyati uning tuzilishiga bog‘liqdir. Og‘iz bo‘shlig‘i asosan uch qavatdan iborat: 1. Shilliq qavati 2. Shilliq osti qavati 3. Mushak qavati. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, u uch yoki to‘rt qavatdan iboratdir. Chaynov bosimi tushuvchi sohalar bu-milk va tangliy uch qavatdan iboratdir. Lab qizil-hoshiyasi shilliq qavati to‘rt qavatdan tashkil topgan bo‘lib, bu yerda yaqqol darajada shakllanishni kuzatish mumkin. 1. Bazal qavat 2. Tikansimon qavat 3. Donador qavat 4. Shox qavat Epiteliyning yuza-shox qavati olti qirrali shox tangachalardan tashkil topgan, uning hujayraviy membranasi qalin, yadro saqlamaydi, hatto teri epidermiyasining shox qavatidan ham qalinroqdir. (kaft va tovon epidermasidan tashqari). Bu tangachalar yuqori mexanik chidamlikka ega, epiteliydan qavat qavat bo‘lib joylashadi. Donador qavat shox qavati ustida joylashib bir necha qavat joylashgan yassi, cho‘zinchoq, ingichka hujayralardan tashkil topgan, protoplazmasida keratogialin donalarini tutadi va yadroga ega. Tikansimon qavati bir necha qavat joylashgan noto‘g‘ri shakldagi yirik hujayralardan tuzilgan bo‘lib, o‘zaro desmasomalar yordamida birikadi (tikanga o‘xshab). Chuqur bo‘limlarida bo‘linuvchi hujayralar uchraydi, donador qavatga yaqinlashgani sari yirik hujayralari kichrayib yassilashadi. Bazal qavat bazal membranada yotuvchi kubsimon hujayradan iborat. Yadroga ega bu hujayralar epiteliy qavatini, shilliq osti qavatining biriktiruvchi to‘qimasi bilan desmasoma va ya rim desmasomalar orqali bog‘lanib, hujayralararo o‘tkazuvchi hujayralar to‘p-to‘p joylashib tikansimon qavatga yaqin joylashadi. Epiteliy qavatining shoxlanishi himoya omili bo‘lib, asosan chaynov bosimi yuqori bo‘lgan joylarda kuzatiladi. Ammo epiteliy osti qavatidagi leykotsitlar soni kam. Shilliq qavatining shoxlanmaydigan qismlarida esa leykotsitlar soni ko‘p bo‘lib, bu ham og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati tuzilishida o‘ziga xos himoya reaksiyasidir. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kun miqdorda glikogen to‘plash xususiyatiga ega. U lunj, lab, yumshoq tanglay, og‘iz bo‘shlig‘i tubida ko‘proq kuzatiladi. Milk va kattiq tanglay shilliq qavatda yoki yo‘q, yoki normada. Xulosa qilish mumkinki glikogen shoxlanmaydigan sohalarda yig‘iladi, shuning uchun uning shu sohalarda ko‘payishi kuzatiladi. Gingivit kasalliklarda milk shilliq qavatida glikogen miqdori oshishi, shoxlananish jarayonining pasayishi haqida dalolat beradi. Demak glikogenning shox qavatida energiya manbai sifatida yoki plastik material sintezi uchun kerak degan xulosa qilish mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qolgan sohalari shakllanmaydigan ko‘p qavatli yassi epiteliy bo‘lib, u qoplanib 3 qavatdan iborat: bazal, tikansimon va yuza. Bazal qavat xuddi shoxlanuvchi qavat singari. Tikansimon qavat bir necha qavatli poligonal hujayralardan iborat bo‘lib, yuzaga yaqinroq yassilanib yuza qavatni tashkil qiladi. Epiteliyning regeneratsiyasi chuqur qavat hujayralarining bo‘linishi natijasida amal ga oshiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavat (OBSHQ) kasalliklari. «Stomatit” - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘lanishi bo‘lib, etiologiyasi va klinik kechishi bo‘yicha turli xildagi shilliq qavat kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Inson og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati hayoti davomida ovqat hazm bo‘lishi tizimining boshlang‘ich sohasi sifatida doimo omillarga taʼsirchan bo‘ladi, hamda og‘iz bo‘shlig‘ida umum organizmning fiziologik va patologik jarayonlarini o‘zida aks ettiruvchi organ sifatida namoyon bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavat kasalliklarini etiologiyasi, patogenezini tushunish uchun, hamda davolash samaradorligini oshirish uchun bolalar stomatologiyasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga taʼsir kiluvchi umumiy va mahalliy taʼsirotlarning xilma-xilligini hisobga olish, aniq anamnez yig‘ilishi pediatrlar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda bemorlarda atroflicha klinik tekshirish o‘tkazish zarurligi muhimdir. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavat (OBSHQ) kasalliklarini etiologik belgilariga asosan klassifikatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. OBSHQ kasalliklar klassifikatsiyasi. 1. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati shikastlanishi. 2. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati infeksion kasalliklarda yallig‘lanishi. 3. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining spetsifik infeksiya natijasida yalig‘lanishi. 4. Allergiya natijasida shilliq qavatining yallig‘lanishi. 5. Dori moddalarini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan stomatitlar. 6. Organizm turli xil umum somatik kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘ o‘zgarishlar. 7. Til va lab shilliq qavat kasalliklari. Termik taʼsirotlarga yuqori haroratli taʼsirotlar oqibatidagi kuyish, mexanik taʼsirotlarga shilliq pardaning shikastlanishi (Bernar aftasi), kimyoviy taʼsirotlarga esa, kislota yoki kuchli ishqorlar taʼsiridagi kuyish kabilar misol bo‘la oladi. Turli mikrob va viruslar taʼsirida og‘iz shilliq pardasida turlicha klinik ko‘rinishga ega bo‘lgan stomatitlar kelib chiqishi mumkin. Baʼzi allergik holatlarda og‘iz bo‘shligi shillik qavatida o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunga Kvinke shishlari, allergik stomatit, turli shakldagi eksudativ eritema, surunkali qaytalanuvchi aftali (chaqali) stomatitni misol qilishimiz mumkin. Ko‘pincha ayrim dori preparatlarini peroral qabul qilishda ular shilliq pardaga tez taʼsir etishlari mumkin. Dermatovenerik kasalliklarning (zaxm, gonoreya) ayrim rivojlanish pallalari ham og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida o‘z izini koldarishi mumkin. Ayniqsa teri dermatozining asosiy klinik belgilari og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p uchraydi (pufakchali dermatoz, yassi qizilcha). “Og‘iz shilliq qavati infeksion kasalliklariga virusli gerpetik stomatit, grippli stomatit, qizamiq davridagi stomatit (toshmalar) misol bo‘la oladi. Og‘iz shilliq pardasini butkul chirishi bilan kechuvchi Vensan stomatiti bolalar sog‘lig‘i uchun o‘ta havfli hisoblanadi. Bakterial infeksiya natijasida yuzaga kelgan streptokokkli stomatit, piogen granulema yoki tuberkulezli stomatitlar ham jiddiy tus oluvchi kasalliklar hisoblanadi. Emizikli bolalar tilining ustki yuzasi bo‘ylab kechuvchi “molochnitsa” nomi bilan ataluvchi stomatitlar kandidoz kasalliklar turkumiga kiradi. Mazkur kandida-mo‘g‘or zambrug‘lari bola ona sutini emib bo‘lgach, og‘iz bo‘shlig‘ida qolib ketgan sut qoldiqlarining achib, kislotali muxidni vujudga keltirilishi hisobiga yuzaga keladi. Shuning uchun, onalarga bolani emizib bo‘lgach, uni og‘zini ishkoriy suyuqlik (choy sodasi) shimdirilgan doka bilan artib tashlash tavsiya qilinadi”24. O‘tkir gerpetik stomatitlar (QGS). O‘GS viruslari mazkur virusni tashib yuruvchi bolalarda surunkali tarzda qayta aftali jarohatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ushbu holatni ular anamnezidan bilib olish mumkin. Ammo ushbu kasallik O‘GSga nisbatan yengilroq o‘tadi. I. Travmatik stomatitlar. Shikastlovchi omil harakteriga ko‘ra mexanik, termik, kimyoviy taʼsiridagi stomatitlar farqlanadi. 1. Mexanik stomatitlar. Taʼsir qiluvchi omil davomiyligi, kuchi va organizm reaktivligiga bog‘liq hamda shilliq qavatda yallig‘lanish o‘zgarishlarini ko‘rish mumkin: giperemiya, shish, qizarish, eroziya, yara va bu esa shilliq qavatning funksiyasini chegaralanishiga olib keladi. Shilliq qavati travmatik shikastlanishi ko‘p hollarda dekubital yara deb nomlanadi. Dekubital yaralarning hosil bo‘lish sabablari xilma-xil: - chaqaloqlarda bu erta chiqqan yangi tishlarning qirrasi, yot moddalar: baliq qiltanog‘i, tuxum, pista po‘choqlari va boshqalar. Yana bir sababi vrachning qo‘pol harakati, noto‘g‘ri qo‘yilgan plomba qirralari og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rikdan o‘tkazayotgan vaqtda shpatel va boshqa asboblar yordamida shilliq qavatining shikastlanishi. Chaqaloqlarda og‘iz bushlig‘i shilliq qavatiiing o‘ziga xos mexanik shikastlanish Bediar aftasi bo‘lib, u kuchsiz, ko‘pincha sunʼiy ovqatlanuvchi, tez-tez kasal bo‘luvchi bolalarda kuzatiladi. Afta-shilliq qavat epiteliysining shikastlanish, yallig‘lanish morfologik elementi bo‘lib, yumaloq yoki oval shaklda, qizil xoshiyali, yuzasi fibrinoz karash qoplagan bo‘ladi. Unga xos xususiyat og‘riq va qonashdir Bednar aftasi yumshoq va qattiq tanglay chegarasida, simmetrik holda joylashgandir: Shikastlanish bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Eroziyalar shakli oval, dumaloq, chegarasi anik, giperemiyalangan. Eroziya yuzasi fibrinli oq sarg‘ish karash bilan qoplangan. Ikki tomonlama eroziyalar hajmi qo‘shilib kapalak nusxasini olishi mumkin. Bednar aftasi emizikli bolalarda dag‘al ona ko‘krak uchi orqali yoki sunʼiy ovqatlanuvchi bolalarda dag‘al surg‘ichlar asorati natijasida kuzatilishi mumkin. Bemor bola notinch, uyqusida bezovta, bola ona ko‘kragini emishni boshlab, bir necha daqiqadan so‘ng yara yangilanishi, og‘riq natijasida yig‘lab ovqatlanishdan bosh tortadi. Bu esa vrach-pediatrga murojaat qilish uchun asos bo‘ladi. Davolash: Birinchi navbatda shikastlovchi omillarni bartaraf qilish lozimdir. Antiseptik vositalar-furatsillin, vodorod peroksidi bilan ishlov berish va epitelizatsiyalovchi ashyolar: naʼmatak, oblepixa malhami, kamestad gel, yosh bolalarda dentinoks geldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Profilaktikasi. Mexanik stomatitlarda: tishlarni o‘z vaqtida davolash, anomal tishlarni to‘g‘rilash, stomatolog ko‘rigida yiliga ikki marta bo‘lish, ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, zararli odatlarni yo‘q qilish, immunitetni ko‘tarish maqsadga muvofikdir. Bednar aftasi profilaktik chora-tadbirlari: yosh onalarda, homiladorlik vaqtidan bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, umum va shaxsiy gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, o‘z vaqtida umumiy amaliyot shifokori ko‘rigida bo‘lishlarini tushuntirish ishlarini olib borishdan iboratdir.
  • V bob. Yuz-jag‘ sohasidagi noodontogen yallig‘lanish kasalliklari.: Mavzuning maqsadi: Furunkul, saramas, kuydurgi, noma haqida maʼlumot berish. Kasalliklar klassifikatsiyasi, etiologisi, klinikasi, diagnostikasi, davosi va oldini olish choralari to‘g‘risida tanishtirish. Mavzuning vazifasi: Noodontogen yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishi, ularni davolash va asoratlarining oldini olish to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘llanma berishni o‘rganishdir. Yuz furunkul va karbunkuli – teri osti yog‘ to‘qimasining kasalligidir. Etiopatogenez. Infeksiya manbai – streptokokk va stafilokkoklardir (asosan tilla va oq rangli stafilokokklar). Yallig‘lanish yog‘ bezlari yo‘llari yoki soch xaltachasi orqali tarqaladi. Yallig‘lanish jarayonning rivojlanishida teri qatlami holati va organizmning infeksiyaga qarshi himoya darajasi ahamiyatlidir. Patalogik anatomiyasi. Furunkulda – soch xaltachasi (follikula) va atrofidagi yog‘ bezi hamda to‘qimalarining o‘tkir yiringli nekrotik yallig‘lanishi yuzaga keladi. Dastlab follikulada neytrofil leykotsitlar, mikrob, fibrindan iborat konussimon, dumaloq qizg‘ish tuguncha paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni follikula orqali, yog‘ bezlari yo‘li orqali biriktiruvchi to‘qimagacha borib tarqaladi. Tugunchaning markaziy qismida nekrotik o‘choq paydo bo‘lib, atrofi yiring boylaydi. Hosil bo‘lgan tuguncha kattalashadi, uch beradi va yoriladi. Yorilgan o‘choqdan nekrotik sterjen va yiringli ajralma chiqib, hosil bo‘lgan bo‘shliq keyinchalik granulyasiyalanib chandiq hosil bo‘ladi. Klinikasi. Umumiy holat qoniqarli, lanj, temperaturasi 37,5 – 380 S, intoksikatsiya. Kasallik terida qizarish uchastkasi yuzaga kelib, og‘riq va sanchish bilan boshlanadi. 1-2 kun ichida qattiq, og‘riqli, dumaloq shakldagi, markazida teridan ko‘tarilib turuvchi tuguncha bo‘lgan infiltrat hosil bo‘ladi. Infiltrat ustidagi teri qizil yoki qizg‘ish-ko‘kish rangda bo‘lib, ostki qavatlari bilan bog‘langan. Keyinchalik tuguncha kattalashib, yoriladi va infiltrat markazidan soch va uning atrofidagi yiringli to‘qimalardan iborat furunkul «o‘ligi” chiqadi. O‘choqdan ajralmalar chiqqandan so‘ng yallig‘lanish belgilari so‘nadi. Yuzda furunkul ko‘pincha yuqori va pastki labda, kam hollarda – burun, lunj, engak, peshona sohalarida joylashadi. Dif.diagnostikasi. Furunkul ko‘pincha kuydirgi kasalligi bilan qiyoslanadi. Buning uchun o‘choq ajralmasi bakteriologik tekshiriladi. Davolash. Statsionar sharoitida o‘tkaziladi. Umumiy davolash: antimikrob, desensibilizatsiyalovchi, dezintoksikatsiyalovchi, umumquvvatlovchi terapiya, gemostaz va almashinuv jarayonlarni tiklash. Mahalliy: o‘choq atrofini blokada, ultrafiolet nurlantirish, gipertonik eritma, Vishnevskiy maz surtmalari samaralidir. Yuz saramasi. Bu infeksion kasallik bo‘lib, teri va shilliq qavatning o‘tkir seroz va seroz gemorragik yallig‘lanishi hisoblanadi. Etiopatogenez. Saramas qo‘zg‘atuvchisi beta-gemolitik streptokokk. Bu kasallik ko‘pincha organizm sensibilizatsiyasi hamda umum va mahalliy himoya reaksiyalarining sustlashgan vaqtida rivojlanadi. Bu omillarga sovuqda qolish, charchash, stress holatlari, surunkali kasalliklarning teridagi o‘tkirlashuvi misol bo‘ladi. Kirish darvozasi shikastlangan teridir. Hamda bu kasallik nasliy moyillikka ega. Organizmda immun reaktivlikning buzilishi va sensibilizatsiya holati, buning natijasi va gipergistaminemiya va gistolik inaktivatsiya faoliyati buzilishi saramas kasalligi rivojlanishida faol muhit hisoblaniladi. Pat anatomiya. Terining so‘rg‘ichsimon qavatida seroz va sero gemorragik yallig‘lanishi va retikulyar qismida shish bilan rivojlanadi. Qon va limfa tomirlari kengayib, mikrobli ekssudat bilan to‘ladi. Perivaskulyar limfoid va retikulogistatsitar hujayralardan iborat hujayraviy infiltratsiya kuzatiladi. Hosil bo‘lgan ekssudat fibrinli pufak hosil qiladi. Gemorragik va bullyoz o‘zgarishlarda elastik tolalarning lizisi va dezorganizatsiyasi, endoteliy shishi, tomir devorlaridagi fibrinoid o‘zgarishlar kuzatiladi. Ekssudat qo‘shni to‘qimalarga tarqalib, flegmonali yallig‘lanishni chaqiradi. Klinikasi. Inkubatsion davri bir necha soatdan -4-5 kunga qadar. O‘tkir boshlaniladi. Dastlab bosh og‘rig‘i, ishtaha yo‘qolishi. kuchsizlik, subfebril temperatura. Kasallikning 2-3 kuni simptomlar kuchayib, tana harorati 380C gacha ko‘tariladi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish hollari, titrash, gemodinamikaning buzilishi namoyon bo‘ladi. Bemorda alahlash, eslay bilish qobiliyatining pasayishi mumkin. Mahalliy klinik simptomlar ko‘pincha umumiy simptomlar bilan birga boshlanishi mumkin. Yuzda saramas burun va lunj sohalarida kapalak nusxa sifatida joylashadi. Keyinchalik yallig‘lanish qovoq, boshning sochli qismiga, bo‘yinga, quloqqa tarqalishi mumkin. Baʼzan jarayon OBSHQ ga o‘tishi mumkin, bunda kasallik og‘ir kechadi. Limfa bezlarining shishi, infiltratsiyasi kuzatiladi. Kasallikning eritematoz, eritematoz – bullyoz, eritematoz – gemorragik shakllari farqlanadi. Asorati - nekrotik va flegmonoz shakllaridir. Mahalliy saramasning tarqalishiga ko‘ra: lokal, tarqalgan, metastatik shakllari ajratiladi. Yallig‘lanish jarayoni darajasiga ko‘ra: yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir hamda birlamchi, qaytalanuvchi (bir necha oydan 1-2yoshgacha) va qaytalangan(2 yildan va so‘ng).
  • VI bob. Yuz-jag‘ sohasida uchraydigan anomaliya va deformatsiyalar. Yumshoq va qattiq tanglay hamda yuqori labning tug‘ma nuqsonlari.: Odam organizimining yuz va jag‘ sistemasi embrional rivojlanishining buzilishi natijasida yuzaga keluvchi nuqsonlardan biri lab va tanglayning to‘liq rivojlanmay qolishidir. “Hozirda rivojlangan davlatlardagi tug‘ilayotgan har 500-600 inchi chaqaloqda yuqori lab, yoki tanglay yorig‘ini kuzatishimiz mumkin. Ushbu patologiyaning tarqalganlik darajasi turli xududlarda turlichadir, yer yuzidagi eng rivojlangan mamlakat hisoblangan Yaponiyada ushbu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lsa, Afrikaning tropik o‘lkalarida yashovchi qara tanli aholi orasida eng past darajada ekanligini ko‘rsatmoqda. Tanglay va labning tug‘ma nuqsonlari yuz skeleti va yumshoq to‘qimasining to‘liq rivojlanmay qolishi natijasida yuzaga keladi. Maʼlumki, lablar embrional davrining 5 chi xaftasida chap va o‘ng burmalar birlashuvi hisobidan shakllana boshlaydi. 8-chi xaftada esa, tanglay o‘simtalari birlashib bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shakllanib bo‘lgach, burun bo‘shlig‘i shakllana boshlaydi. Binobarin, homiladorlikning birinchi ikki oyligida embrion to‘qmalarida namoyon bo‘luvchi noxush o‘zgarishlarni harakteriga qarab, patologiyalar lablarning qisman nuqsonidan tortib, hattoki butun yuz skeletining to‘liq yoriqli (birlashmay qolish) nuqsonigacha olib kelishi mumkin”36. 13-rasm. Labning tugma nuqsoni. “Nuqson qanchalik katta bo‘lsa, funksional o‘zgarishlar shunchalik darajada chuqurlashib boraveradi (ovqatni og‘iz orqali qabul qilish, suyuqliklarni simirish, so‘rish, puflash, og‘izga havo dimlash, nafas olish, so‘zlashuv nutqi va eshitish qobiliyati). Hozirgi statistik maʼlumotlar, bolalardagi har uch nuqsonning bittasi burun bo‘shlig‘i germetizmining buzilishi bilan kechishini ko‘rsatmoqda. Bunday buzilish yevstaxiyev havo yo‘lining o‘tkazuvchanlik darajasini buzilishi va eshitish qobiliyatining o‘zgarishi bilan davom etadi. Bunday nuqsonli bolalar nutq so‘zlash, ayrim iboralarni bayon etish borasida katta qiyinchiliklarga duch keladilar”37. Hozirda bunday bolalarni samarali davolash va ulardagi psixo emotsional rivojlanishni to‘g‘ri yo‘lga solish borasida rivojlangan davlatlarning yirik shaharlarida maxsus markazlar tashkil etilmoqda. Shu shumladan, Toshkent shahrida ham Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshida ana shunday tibbiy-pedagogik kompleks faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda xirurg - stomatologlardan tashqari pediatrlar, logopedlar, ortodontlar, jismoniy tarbiyachilar, pedagoglar faoliyat ko‘rsatishmoqda. “Olimlarimizning kuzatuvlariga ko‘ra, bunday nuqsonlarning 5%i irsiy yo‘nalishda avloddan avlodga o‘tib borar ekan. Homilaga tashqi sharoitning noo‘rin taʼsiri bu yerda asosiy o‘rin tutadi. Ushbu noxush taʼsirotlarni aynan sanab o‘tish borasida turli tadqiqotlar olib borilmoqda. Eksperemental tadqiqotlar A vitaminining ko‘p istemol qilinishi, kislorod yetishmovchiligi, rentgen nurining taʼsiri, to‘yib ovqat yemaslik, kartizonning taʼsiri kabi omillarni asosiy sababchi ekanligini ko‘rsatmoqda”38. Kundalik kuzatuvlar esa, aksariyat shunday nuqsonlar bilan tug‘ilayotgan bolalarning onalari homiladorlik davrida shaytonlashga (epilepsiyaga) qarshi dori vositalaridan foydalanganliklarini ko‘rsatmoqda. Tug‘ruq uylari (kompleksi)da ishlovchi vrachlar, shu jum-ladan, mikropediatr yoki neonotologlar shunday nuqson bilan tug‘ilgan bolalarni darhol vrach xirurg-stomatolog ko‘rigidan o‘tishini taʼminlab berishlari lozim. Tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalari. O‘sib rivojlanayotgan, morfofunksional qiymati hozircha tiklanmagan tish, jag‘ suyagi yoki yuz suyaklarining biror taʼsirot ostida noto‘g‘ri shaklga kirib qolishi anomaliya deyiladi. “O‘zining morfofunksional qiymatini tiklab olgan (shakllangan) tish, jag‘ yoki yuz suyaklarida yuz beruvchi shakl o‘zgarishlari deformatsiya, yaʼni shaklsizlanish deyiladi. Bunday anomaliya va deformatsiyalarga duchor bo‘lgan bolalarni aksariyatida umumiy gavdaning qiyshiq holatga kelib qolishi (qiyshiq qomat) va yuz qiyofasining beo‘xshov tusga kirishi kabi kompensator morfologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday bolalar ko‘pincha tengqurlari orasida o‘zlarini go‘yoki tahqirlangan kimsadek his qiladilar. Bunday bolalar yaqqol ko‘zga tashlanuvchi nomaqbul yoki hush ko‘rilmaydigan obʼekt sifatida ko‘zga tashlanadilar. Atrofdagi bolalarning bunday noraso qiyofali bolalarga bo‘lgan salbiy munosabatlari, ushbu bolalardagi xissiyot tuyg‘ularini ancha qiyin ahvolga olib keladi va buning oqibati ularning keyingi hayot kechirish tarziga va yashash sharoitlarini rejalashtirishlariga salbiy taʼsir qiladi. Bunday bolalarda yosh ulg‘aygan sari o‘zlaridagi nuqsonga bo‘lgan eʼtiborlari tobora kuchaya boradi va ularda psixoharakterologik hamda intellektual harakterga ega bo‘lgan ikkilamchi nevrologik reaksiyalarning shakllanishi vujudga keladi. Bu esa o‘z navbatida o‘sha shaxsning sotsial holatiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin”39. Tish-jag‘ anomaliyalari kelib chiqish sababiga ko‘ra endogen va ekzogen yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin. Endogen omillar ichida genetik (irsiy) faktor asosiy o‘rin tutadi, yaʼni ko‘pgina anomaliyalar nasldan-naslga o‘tib boradi. “Masalan, pastki jag‘ suyagining yuqori jag‘ga nisbatan oldinroq joylashuvi (irsiy progeniya), iyak qismining bo‘rtib turishi, yuqori jag‘dagi markaziy kurak tish hajmining kattaligi (makrodentiya), ularning zichligi yoki diastemasi (yoriq hosil qilib joylashuvi) yuqorigi prognatiya (yuqori jag‘ni bo‘rtib chiqishi) va hokazo. Endogen omillarga bolaning o‘sib rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi, modda almashinuv jarayonlarining buzilishi, surunkali ichki kasalliklar, infeksion kasalliklar misol bo‘lishi mumkin”40. Ko‘pgina tish-jag‘ anomaliyalari bolalarda ovqat luqmasini noto‘g‘ri chaynash, yaʼni faqat bir tomonlama chaynash, surunkali tarzda faqat yumshoq ovqat mahsulotlarini istemol qilish (yaʼni chaynalishi shart bo‘lmagan ovqat luqmalari), burun-halqum xavo yo‘lidagi obstruktiv jarayonlar oqibatida og‘iz orqali nafas olish kabi holatlar natijasida yuzaga keladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni emizishda ko‘krakka doimo bir tomonlama qo‘yish bolaning jag‘ini chap yoki o‘ng tomonlama qiyshayib o‘sishiga majbur qiladi. Bolaning tug‘ruq davridagi shikastlanishlari ham yuz-jag‘ sistemasini noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa chakka-yuqori jag‘ bo‘g‘imining noto‘g‘ri shakllanishi katta deformativ talofatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Tish-jag‘ anomaliyalariga ko‘pincha tilini, lablarini va barmoqlarini yoki har xil predmetlarni (yostiq burchagi, qo‘g‘irchoqlarni yoki boshqa o‘yinchoqlarni) so‘rish kabi zararli odatlar sababchi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa,
  • Yuz-jag‘ sohasi travmatik jarayonlari.: Yuz jag suyaklarini shikastlanishlari va yumshok tukima jaroxatlarida, chaynov xamda mimik mushaklar kata axamiyatga ega, chunki ushbu mushaklarni kiskarishi natijasida suyaklarni sinik bulaklari siljib ketadi. Natijada prikusni buzilishi ogiz ochishni chegaralanishi chaynashni buzilishi kabilar vujudga keldi. Yuzni yumshok tukimalarini jaroxatlarida mimika mushaklarini axamiyatli ketadi bunday xolatda kasallikni klinik kurinishi bemorni umumiy axvolini yomonlashishini Bilan mos kelmaydi chunki mimik mushaklari kiskarganda kichik jaroxat xam katta bulib kurinadi. Ulug vatan urushi yillarida jang maydonlarida bemorlarni umumiy axvolini tugri baxolay olmaslik natijasida kup jzangchilar jang maydonida kolib ketishgan chunki bemorlar urta ogirlik xolatda bulib yotganligi uchun evakuatsiya paytida ularga yordam kursatilmagan, natijada ular jang maydonida kolib ketgan vaxolanki ushbu jangchilarni yuvintirib karaganda yuzida arzimagan kichik jaroxat bulgan. Shuning uchun ushbu mushaklar katta axamiyatga ega. Yuz jag soxasini jaroxatlarida suyaklarni va yumshok tukimalarini jaroxatlanishaga uchrashi ularni anatomik xolatiga boglik. Yuz soxasini jaroxatlarida kupincha yumshok tukima jaroxatlanadi, xamda suyaklardan pastki jag suyagi jaroxatga uchraydi, chunki pastki jag suyagi jaroxatga uchraydi, xamda tayanch punktlari yuk, shuning uchun jaroxatga kup uchraydi. Bundan tashkari pastki jagni sinishi uni anatomik tuzilishiga xam boglik ya’ni pastki jagda anatomik jixatdan zaiv joylari bulib sinik chiziklari ushbu nuktalardan utadi. Pastki jagni zaif joylariga kuyidagilar kiradi: pastki jagni burchagi daxan soxasi bugim usigining buyin kismi daxanni urta kismi. Shu joilardan sinik chizigi utadi. Pastki jagdan sung yuz suyaklari ichida burun va yonok suyagi xam oldinga chikib turganligi uchun kup jaroxatga uchraydi. Ulardan farkli ularok yukori jag suyagi tayanch nuktalar ya’ni kontrforslarga ega shuning uchun kamrok jaroxatga uchraydi kupincha jaroxatga yuzni va kalla suyagini boshka suyaklar Bilan birgalikda zaralanadi, shuning uchun xam Ushbu jaroxat ogir kechadi. Yuz soxasidagi jaroxatlar kuyidagi guruxlarga bulinadi: Yuzni yumshok tukimalarini jaroxati. Yuz suyaklarini jaroxati. Yuzni yumshok tukimalarini jaroxati keltirib chikaruvchi ya’ni ta’sir kiluvchi omillarga karab kuyidagi turlarga bulinadi: Ezilib yirtilgan jaroxat. Kesilgan Chopilgan sanchilgan tishlangan jaroxatlar Ushbu jaroxatlar teri va shillik kavatini butunligini buzilishi Bilan buladi. teri va shillik kavatini butunligini buzilmagan xolatidlagi jaroxatlar xam bor bu gruxga kuyidagilar kiradi: tenrini lat yeyishi, ezilishi, payni chuzilishi, kontalash. Suyak jaroxatlariga ku4yilar kiradi: pastki jag suyagini yukori jag suyagini sinishi, burun suyagini sinishi, yonok suyagini sinishi. Pastki jag suyagini sinishi, tana soxasidan xamda shox kismidan sinishi, bugim usigidan sinishi kuzatiladi. Sinik chizigini utishiga karab chizikli kundalang zigzaksimon bulishi mumkin. Bir tomonlama ikki tomonlama kup sonli sinishi mumkin. Sinik bulaklari siljigan va siljimagan buladi. Yukori jagni suyagi sinik chizigini utishiga karab 3 turga bulinadi: pastki tip buyicha sinish (Le For) urta tip buyicha sinish (Le For) yukori tip buyicha sinish (Le For) bundan tashkari yukori jagni urta kismidan tanglay chizigi buyicha sinishi mumkin buni Vassmund buyicha sinish deyiladi. Jaroxatni kaysi paytda olganligiga karab ikkiga bulinadi. Bularga tinchlik vaktida olgan jaroxatlar va urщ paytida olgan jaroxatlar. Tinchlik paytida olgan jaroxatlar ikkiga bo‘linadi. Birinchisi ishlab chikarishga boglik bulgan xamda ishlab chikarishga boglik bo‘lmagan jaroxatlardir.
  • VII bob. Yuz-jag‘ sohasidagi o’smalar va o’smasimon hosilalar. Xavfsiz va xavfli o’smalar.: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va labdagi yaxshi sifatli o‘smasimon hosilalarga papilloma, shilliq osti qavatiga esa fibromalar, gemangioma, limfangiomalar kiradi. Papilloma – qoplovchi epiteliyda joylashgan yaxshi sifatli hosila, barcha yoshdagi aholi orasida kuzatiladi. Klinikasi – ko‘pincha o‘sma oyoqchali yoki aylanma shaklidadir. Hajmi 1-2 mm, ayrim holda a’zo faoliyatining buzilishiga olib keladi. Masalan: til ildizi sohasida joylashsa so‘zlashuvning qiyinlashuviga, til harakatining chegaralanishiga, yutinishining buzilishiga olib keladi. O‘sma yuzasi g‘adir budur, yaqindan yoki lupa yordamida kuzatilganda mayda-mayda donali, so‘galli, burmali shaklni ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda papilloma yuzasidagi shilliq qavat o‘zgarishsiz sezilib, bunday hollarda uni fibromadan farqlash qiyin. Papillomaning rangi shoxlanish darajasiga bog‘liq-yaltiroq ko‘kish rangda bo‘lib, varikoz leykoplasiyaga o‘xshab ketadi. U og‘izning turli burchaklarida joylashishi mumkin. Papilomaning kattalashishi-papillamatozlardir. Bular og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi shikastlanish va surunkali yallig‘lanishga javob reaksiyasi shaklida, haqiqiy o‘sma holida yuzaga keladi. Shakllari: 1. Reaktiv papilomatozlar a) qattiq tanglay va alveolyar o‘siq shilliq qavat papilyar giperplaziv yallig‘lanishi. b) lunj, lab, til shikastlanuvchi papillamatozi. v) tilning rombsimon papillamatozi. 2. Plastik bo‘lmagan tabiatli papilamatoz. Sabab: ko‘p vaqt davomida olib qo‘yiladigan protezlar taqadigan bemorlarda, «aql tish» chiqishi, prikus buzilishi, noto‘g‘ri qo‘yilgan plomba Tashxisi: qiyin emas, unda oyoqchalar bo‘lishi tashxisni yanada oydinlashtiradi. Davolash: jarrohlik usuli. Fibroma - mezenxima qatlamidan kelib chiqadigan yaxshi sifatli o‘sma. Klinikasi - sarg‘ish yoki binafsha rangda oyoqchali, keng asosli hosila. Yumshoq, elastik, juda sekin o‘sadi, uzoq saqlanadi, bemorni bezovta qilmaydi. Jarohatlanganda yuzasi och-qizil rangda yoki shoxlanuvchan bo‘ladi. Ko‘pincha lunj sohasida, tishlarni o‘quv burmasi sohasida uzoq vaqt shikastlanishi oqibatida yuzaga keladi. Uni papillomadan, gemangioma, mielomadan farqlanadi. Davolash: jarrohlik usuli Tomirlardagi o‘smalar. Barcha o‘smali kasalliklarning 2-3% tomir o‘smalari va 7% yaxshi sifatli hosilalar tashkil qiladi. Bu o‘smalar tug‘ma yoki erta yoshlikdan, kamdan-kam hollarda kechroq paydo bo‘ladi. Angiomalar yuz-jag‘, ayniqsa lab va og‘iz bo‘shlig‘i sohasida joylashadi. Yaxshi sifatlisi 2 xil: gemangioma – arteriya, vena, kapillyarlarda, limfangioma – limfa tomirlarda kuzatiladi. Gemangioma – hajmi, tashqi ko‘rinishi uning turiga bog‘liq. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha 3 xil: oddiy, retsemoz, kavernoz. Bir xil tomirdagi o‘smalarning har – xil turi aralash kelganda kombinirlangan gemangioma, agar boshqa o‘smalar bilan kuzatilsa-aralash angioma (fibrangioma, neyroangiofibroma) deyiladi. Oddiy gemangioma o‘zida dog‘ yoki tugunni saqlab, och-qizil rangdan to‘q ko‘kish ranggacha ko‘rinib, turli kattalikda butun og‘iz bo‘shlig‘ini qoplashi mumkin. Shilliq qavat, shilliq osti qavati jaroxatlanadi, ayrimlarda mushakkacha borishi mumkin. Og‘iz shilliq qavatining unchalik sezilarsiz jaroxati ayrim hollarda qon ketishiga sabab bo‘ladi. Yosh bolalarda infiltratli o‘simta: ham chuqurlikka, ham kenglik bo‘yicha tarqalib, radikal usul qo‘llanilmasa retsedivlanish holatini keltirib chiqaradi. Retsemoz gemangioma yumshoq konsistensiyali, tuguncha ko‘rinishida bo‘lib, atrof to‘qimadan bo‘rtib turadi. Xususiyati unda pulsatsiya kuzatilib, yurak qisqarishiga hamohang bo‘ladi. Kavernoz gemangioma to‘q qizil yoki ko‘kish rangdagi yumshoq elastik konsistensiyali tugundan iborat: Tugun juda chuqur joylashsa, shilliq qavat yuzasida o‘zgarish kuzatilmaydi. Kavernoz gemangioma hajmi kattalashgach a’zo faoliyati buziladi. Bu turda bo‘shliqqa ko‘plab qon to‘planishi, to‘qima hajmi kattalashuvi, shakl o‘zgarishi kuzatiladi. Davolash: jarrohlik usuli: - gemangioma bilan jaroxatlangan vaskulyarizatsiyalangan sohada tomirlarni boylash - o‘smalarning o‘qini va atrofini tikish - o‘smani kesish Piogen granulema – ikkilamchi infeksiya bilan qo‘shimcha gemangioma guruhidagi yaxshi sifatli xosila. U ko‘pincha jarohat o‘rnida rivojlanadi. U odatda qoramtir – qizil rangda, no‘xat kattaligida, yumshoq o‘sma, unchalik o‘tkir yallig‘lanishsiz oyoqchali ko‘rinishda bo‘ladi. Quriyotgan epiteliy eroziyalanadi, kam hollarda yaralanadi, keyinchalik yiringli-qonli ajralma chiqadi. U ko‘pincha lab qizil hoshiyasida, til osti sohasida rivojlanadi. Davolash: jarrohlik usuli Limfangioma – kamroq uchraydi. U limfatik tomirlarda rivojlanadi. Klinikasi yumshoq elastik konsistensiyali tugun yoki a’zoni tarqalgan holda jaroxatlovchi, kattalashishiga olib keluvchi o‘zgarishdir. U guruh pufakchalar to‘plami yoki aylanasi unchalik qattiq bo‘lmagan tugunli hosila shaklida uchrashi mumkin. Tilda joylashadi. Hosil bo‘layotgan o‘smaning yuzasi g‘adir-budur fibromatozli, kengaygan bo‘ladi. Alohida o‘smalar holidagi tugunlar bug‘doy donidek qizargan, binafsha yoki sarg‘ish rangda ko‘rinadi. Agar yallig‘lanishi qo‘shilsa tilning kattalashishi, yuzada yoriqlar, ekskoriatsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Ovqat yeyishi qiyinlashadi, nutq buziladi, jag‘ deformatsiyasi kuzatiladi. Agar lab jaroxatlansa mikroxeylitni keltirib chiqaradi. Davolash: gemangioma kabi. Yomon sifatli o‘smalar Lab raki – yuz –jag‘ sohasida ko‘p uchrovchi o‘sma, u pastki labda (95%) 50-70 yoshdagi erkaklarda kuzatiladi. Klinik jihatdan bir necha shakli ajratiladi: ekzofit, yarali, yarali – infiltrat. Ekzofit shakli turli ko‘rinishda uchraydi: jarayon yuzi yaralangan, chetlari infiltratsiyalangan, sekinlik bilan kattalashadigan papilloma hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Keyinchalik valiksimon cheti qattiqlashgan yara hosil bo‘ladi. Yarali shakli labning yorilishidan boshlanib, aylana yaradan iborat, tubi doimiy chuqurlashib boruvchi, mayda donli, chetlari valiksimon shish bilan kechadi, asosida infiltrat paydo bo‘ladi. Rakning yarali shaklida yarali – infiltrat paydo bo‘ladi. Uning klinik belgilari to‘g‘ri tashxis qo‘yishi uchun asos bo‘ladi. Yordamchi usul sitologik tekshirish, biopsiya. Pastki lab raki ko‘pincha ochiq havoda ishlovchi odamlar guruhi orasida uchraydi. Bu turli atmosfera omillari (ingolyatsiya, harorat, shamol) taʼsiri bilan izoxlanadi. Labdagi shikastlanish va chekish kabilar ma’lum darajadagi omil bo‘lib xisoblanadi. Davolash: nur bilan, jarrohlik usuli, kriodestruksiya. Natijasi: yaxshi deb baholash mumkin.