Internetda ishlash asoslari
Ushbu uslubiy qo'llanma akademik litsey, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, mustaqil o'rganuvchilar hamda oliy o'quv yurtlarining barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, bugungi kunning dolzarb "Internet asoslari" fanining mazmunini ochib berishga qaratilgan. Qo'llanma mustaqil o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tayanch ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Uslubiy qo'llanmadagi bajarilishi lozim bo'lgan mashqlar tajribalarga asoslanilgan holda tuzib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- GLOBAL KOMPYUTER TARMOG'I (WAN): Internetning yaratilish tarixi, Internetning asosiy tushunchalari.
- INTERNET DASTURIY TA'MINOTI: Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar, Internetga ulanish usullari, Modemning ishlash printsipi, Yuqori tezlikda ishlaydigan modemlar, Internetga simsiz ulanish, WiFi protokoli, Sun'iy yo'ldosh orqali Internetga chiqish, Uyali telefon orqali internetga chiqish, Bluetooth, Wi-Fi tarmoq, Jamoat joylarida WiFi, Wi Max, Internet va televidenie, Uyda kompyuter tarmoqlari, Kabelli televidenie, IP televidenie, Televizorda internet, Uy kompyuter tarmoqlari, Uyda simsiz kompyuter tarmoqlari.
- INTERNETDA AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARI: Qidiruv tizimida ishlash.
- KOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI: Elektron Pochta (EP), Elektron xabarlarni Internet orqali jo'natish, Elektron pochta manzili, Pochta ro'yxati, Elektron xabarlarni tarmoqlararo uzatish, Elektron xabarlarni etkazishning mobil tizimi, Internetda pochta manzillarini qidirish, Kriptografiya yordamida elektron xabarlarni himoyalash.
- INTERNET MULOQOT VOSITASI: Usenet, Internet chat, Bir zumda etkaziladigan xabarlar, Suhbat xonalari, Internet orqali so'zlashuv, Internet orqali video muloqot, Veb kamera va uning ahamiyati, Skype, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o'rnatish, VoIP va SKYPE, VoIP, Skype, Forum, Forumlarda ishtirok etish, RSS ning ishlashi, Bloglar va viki.
- MASOFAVIY TA'LIM TIZIMI – O`QITISHNING ZAMONAVIY USULI: Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari, Masofaviy ta'limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari.
- ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI VA ULARNING AHAMIYATI: AMALIY ISH, Oddiy telefon tarmog'i (liniyasi) orqali internetga ulanish (bog'lanish), Internet Explorer dasturida ishlash.