Mashinasozlik ishlab chiqarishi tsexlarini loyixalash

Mazkur o'quv-uslubiy majmua "Mashinasozlik ishlab chiqarish tsexlarini loyihalash" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda fanning o'quv dasturi, ishchi o'quv dasturi, ta'lim texnologiyasi, kartasi, prezentasiya, tayanch konspekt, tajriba, amaliy va seminar mashg'ulotlari mazmuni, kurs ishlari va loyihalari, masala va mashqlar to'plami, test savollari, nazorat uchun savollar (JN, ON, YaN), baholash mezoni, tarqatma materiallar, glossariy, mustaqil ta'lim topshiriqlari, adabiyotlar ro'yxati, xorijiy manbalar, annotatsiya, foydali maslahatlar, meyoriy hujjatlar va muallif haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu fan mashinasozlik ishlab chiqarishining asosiy texnologik jihozlari hisoblangan metall qirqish stanoklari, raqamli dasturda boshqariladigan stanoklar, avtomatlar va yarimavtomatlar, avtomatik liniyalar, moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalari, sanoat robotlari, tayyorlov operatsiyalari uchun jihozlar tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning mashinasozlik sohasida ishlatiladigan texnologik jihozlar istiqboliga ta'siri masalalarini o'z ichiga qamrab olgan. Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashdir. Fanning vazifasi – talabalarga texnologik jihozlar haqida umumiy ma’lumotlar: stanoklar klassifikatsiyasi, shakllantirish harakatlari asosidagi ishlash printsiplari, asosiy qurilmalari, muhim qismlari, avtomatik boshqarish, jumladan: raqamli dasturda va mikroprotsessorli boshqarish sistemalari, sanoat robotlari haqidagi ma’lumotlarni va texnologik jihozlardan foydalanish va ularning aniqligi va mahsuldorligini oshirish, ma’lum ishlab chiqarish sharoitlarida ulardan munosibini tanlash usullarini o’rgatishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mashinasozlik ishlab chiqarish tsexlarini loyihalash fanining asosiy maqsadi va vazifalari, umumiy tushunchalar, fanning predmeti va vazifalari, asoschilari, boshqa fanlar bilan aloqasi, ishchi o'quv dasturi, nazorat ko'rsatkichlari bilan tanishtirish.
  • Mashinasozlik korxonalarining tarkibi: Mashinasozlik korxonalari turlari, tayyorlov, ishlov beruvchi va yordamchi tsexlar, ularning tarkibi va vazifalari.
  • Mexanika tsexlari: Mexanika tsexlarining sinflanishi, tarkibi, asosiy masalalari, ishlov berish turlari, stanoklar tasnifi, ularning vazifalari va jihozlari.
  • Ishlab chiqarishni tashkil qilish: Ishlab chiqarish turlari (yakka, seriyali, ommaviy), mehnatni tashkil qilish shakllari, ish joylarini tashkil qilish.
  • Mexanika tsexlarini rejalashtirishda hisoblarni bajarish: Dastgohlarning yillik foydali ishlash vaqtini hisoblash, ishlab chiqarish taktini aniqlash, dastgohlar sonini aniqlash va yuklanish koeffitsientini hisoblash.
  • Mexanika tsexlarini rejalashtirish: Dastgohlar va ish joylarini rejalashtirish, tsex maydonini aniqlash, tsexni umumiy rejalashtirish.
  • Yig'uv tsexlarini loyihalash: Yig'uv ishlari hajmi va ahamiyati, yig'uv jarayonini tashkil etish bosqichlari, yig'uv tsexining tarkibi va jihozlarini loyihalash.
  • Yig'uv jarayonini tashkil etish: Yig'uv jarayonining bosqichlari, ketma-ketligi, vaqt me'yorlash, yig'uv turlari va shakllari, ishchilarni joylashtirish.
  • Yig'uv tsexi jihozlarini rejalashtirish: Kinematik zanjirlar, uzatmalar, mexanizmlar, muftalar, dastgohlarni joylashtirish.
  • Transport tizimini loyihalash: Transport tizimining sinflanishi, tashqi, tsexlararo va tsex ichki transportlar, yuk oqimi bo'yicha optimal sxemalarni loyihalash.
  • TSexlarga xizmat ko'rsatuvchi xonalarni loyihalash: Boshqaruv-idora va maishiy xonalar tarkibi, ularning joylashishi va o'lchamlari.
  • Ombor tizimini loyihalash: Ombor tizimining belgilanishi va omborlarni loyihalash shartlari, yuk oqimlariga bog'liq ravishda ombor tizimini tanlash.
  • Texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, qirindini qayta ishlash tizimlarini tanlash: Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tizimining tarkibi va vazifalari, qirindilarni qayta ishlash va chiqarib tashlash tizimini tanlash.
  • TSex loyihalash tarkibi va uni rasmiylashtirish: Loyiha tarkibi va uni bajarish uchun topshiriqlar, texnologik va konstruktorlik qismi, umumiy hisoblar va tsex kompanovkasi.