Elektr va elektron apparatlar
Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Elektr va elektron apparatlar” fani bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 5310200 – Elektr energetika, 60711000-Muqobil energiya manbalari ta’lim yo’nalishlari uchun fanning o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin. Tuzuvchi: A.Mamadjanov - NamMQI, Energetika kafedrasi dotsent, PhD Taqrizchi: O. Otamirzayev - NamMQI, Energetika kafedrasi dotsenti Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Energetika kafedrasining 2023 yil “7” 09 dagi “11/23”-sonli yigilishida muxokamadan o’tgan va fakul’tet ilmiy-uslubiy kengashi uchun muxokamaga tavsiya etilgan.
Asosiy mavzular
- 1-MAVZU: Kirish. Elektr apparatlar to’g’risida umumiy tushunchalar: Elektr va elektron apparatlar fani va uning elektr enepgetikasida tutgan o’rni. Elektr apparatlarning tuplapi va ulapga qo’yiladigan asosiy talablap. Elektr apparatlarning qizishi.
- 2-MAVZU: Elektr kontaktlar: Elektr kontaktlar to’g’risida umumiy tushunchalar. Kontaktlardagi erroziya va korroziyani kelib chiqish sabablari
- 3-MAVZU: Elektr yoyi yoki yoy razryadi: Umumiy tushunchalar. O’zgarmas tok yoyi. Yoyni dinamik vol’t-amper xarakteristikasi.
- 4-MAVZU: Elektr yoyini so’ndirish usullari: Yoyning vol’t-amper xarakteristikasi. Ko’ndalang yoriqlarda so’ndirish usuli. Yuqori bosim ostida so’ndirish usuli.
- 5-MAVZU: Yuqori kuchlanishli elektr apparatlarning tavsiflari: Yuqori kuchlanishli elektr apparatlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Yuqori kuchlanishli elektr apparatlarga qo’yilgan asosiy talablar
- 6-MAVZU: Yuqori kuchlanishli uzgichlar: Yuqori kuchlanishli uzgichlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Yuqori kuchlanishli elektr apparatlarga qo’yilgan asosiy talablar. Uzgichlarning turlari va ularning vazifalari.
- 7-MAVZU: Ajratkichlar va cheklovchi apparatlar: Ajratkichlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Tokni cheklovchi qurilma reaktorlarning vazifalari.
- 8-MAVZU: O’lchash apparatlari: O’lchash transformatorlari. Kuchlanish transformatorlarining asosiy texnik xarakteristikalari.
- 9-MAVZU: Yuklama ostida ishlovchi elektr apparatlar: Avtomatik uzgichlar. Saqlagichlar. Magnit yuritgichlar. Kontaktorlar.
- 10-MAVZU: Boshqarish apparatlari: Boshqarish apparatlarining umumiy tavsiflari va avtomatik uzgichlarning konstruktiv tuzilishi bilan tanishish.
- 11-MAVZU: Yarim o’tkazgichli elektr apparatlari: Kontaktsiz kommutatsiya to’g’risida umumiy tushunchalar. Tiristorli ishga tushirgichlarning afzallik va kamchiliklari.
- 12-MAVZU:Elektron apparatlarning qo’llanilishi: Kontaktsiz kommutatsiya to’g’risida umumiy tushunchalar. Tiristorli ishga tushirgichlarning afzallik va kamchiliklari.
- 13-MAVZU: Tiristorli ishga tushirgichlar: Tiristorli ishga tushirgichlarning ishlash printsipi bilan tanishish va ularni tekshirish.
- 14-MAVZU: Raqamli-analog o’zgartkich: Raqamli-analog o’zgartkichning ishlash printsipi bilan tanishish va uni tekshirish.
- 15-MAVZU: Mantiqiy elementlarni tekshirish: Mantiqiy elementlarni tekshirish.
- 16-MAVZU: Deshifratorni sintez qilish: Deshifratorni sintez qilish.
- 17-MAVZU: Shifrator: Shifratorning ishlash printsipi bilan tanishish va uni tekshirish.
- 18-MAVZU: Mul’tipleksor: Mul’tipleksorning ishlash printsipi bilan tanishish va uni tekshirish.
- 19-MAVZU: Hisoblagichlar: Triggerlar asosida bajarilgan hisoblagichlarning ishlash printsipi bilan tanishish va ularni tekshirish.
- 20-MAVZU: Raqamli-analog o’zgartirgich: Raqamli-analog o’zgartkichning ishlash printsipi bilan tanishish va uni tekshirish.