Elektr yoritish

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Elektr yoritish» fani bo‘yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg‘ulotlar asosida yaratilgan bo‘lib, unda ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarni o‘rganish bo‘yicha 5310200-Elektr energetikasi va 5312400-Muqobil energiya manbalari ta’lim yo‘nalishi uchun fanning o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, ma’ruzalar matni, tajriba va amaliy mashg‘ulotlariga uslubiy ko‘rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko‘rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o‘quv-uslubiy majmuadan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Yorug‘lik texnikasining asosiy qonunlari.: Ushbu mavzu yoritish texnikasining asosiy qonunlari, yorug‘lik energiyasi, ularning iste’molchilari va xarakteristikalari, yorug‘lik taqsimlanishini xarakterlovchi kattaliklar, yoritish turlari va tizimlari, elektr yoritish qoidalari va me’yorlari, issiqlikdan nurlanish manbalari, past va yuqori bosimli lyuminestsent gazrazryad chiroqlar, LED chiroqlar, yoritish qurilmalari va nurlatgichlar, elektr yoritish qurilmalarini tanlash va yoritish normalari, yoritish qurilmalarini loyihalash, tuman va shaharlarni tashqi yoritish uskunalarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, elektr yoritish tarmoqlarini hisoblash, elektr yoritgichlardan oqilona foydalanish va elektr energiya isrofini kamaytirish kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
  • Yorug‘lik energiyasi, ularning iste’molchilari va xarakteristikalari.: Ushbu mavzu nurlanish spektrining optik sohasi, nur energiyasi va iste’molchilari va ularning xarakteristikalari, yorug‘likni o‘lchash usullari, yorug‘lik manbalari, yoritish asboblari, yoritish elektr uskunalarini loyihalash, yoritish uskunalarini asoslarini o‘z ichiga oladi.
  • Yorug‘lik taqsimlanishini xarakterlovchi kattaliklar.: Ushbu mavzu yorug‘lik oqimi, yorug‘lik kuchi, yorug‘lik kuchi taqsimlanishi kabi yoritishning asosiy kattaliklarini o‘rganish.
  • Yoritish turlari va tizimlari.: Ushbu mavzu umumiy yoritish, mahalliy yoritish, aralash yoritish, ishchi yoritish, avariya vaqtida yoritish kabi yoritish turlari va tizimlarini o‘rganish.
  • Elektr yoritish qoidalari va me’yorlari.: Elektr yoritishning qoidalari va me’yorlari, yoritilganlikning normalangan qiymatlari, yorug‘likni aniqlash uchun foydalaniladigan usullar, yoritgichlarni loyihalash va ularni tanlash me’yorlari, elektr tarmoqlari va ularni boshqarish tizimlari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.