O‘simliklarning fiziologik faol moddalari fanidan amaliy mashgʻulotlar

Ushbu uslubiy koʻrsatma 60510100- biologiya ta'lim yoʻnalishi talabalari, professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan boʻlib, oʻsimliklar tarkibidagi biologik faol moddalar jumladan, fenollar, polifenollar, glikozidlar, sianglikozidlar, alkoloidlar, oshlovchi moddalar, vitaminlar, rang beruvchi moddalar, katexinlar, efir moylari shuningdek, dorivor oʻsimliklarning tarkibidagi dorivor moddalar haqidagi ma'lumotlar, bu moddalarning biokimyoviy, biofiziologik jarayonlardagi ishtiroki, kimyoviy tarkibi, funksiyasi, o'simlik hayotidagi ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlar, ularga xos sifat reaksiyalari keltirilgan. Bu biologik faol moddalar o'simliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, hosildorligini shu bilan birga kasalliklarga chidamliligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Uslubiy koʻrsatmada amaliy mashg'ulot mavzulari, har bir mavzuda berilgan ma'lumotlarni esda saqlash, olgan bilimni yanada mustahkamlash maqsadida qiziqarli topshiriqlar va testlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Amaliy mashg'ulotlatda qoʻllaniladigan asbob uskunalar, texnik jihozlar va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.: Amaliy mashg'ulotlarda qoʻllaniladigan asbob uskunalar, jihozlar va texnika xafsizligi qoidalari bilan tanishish. Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarni amaliy mashg'ulotlarda qo'llaniladigan texnik jihozlar va asbob uskunalar, texnika xafsizligi qoidalari bilan tanishtirish. Oʻsimliklar fiziologik faol moddalarini oʻrganishda ishlatiladigan apparatlar, ularning ishlash usullari, tasnifi haqida ma'lumotlar berish.
  • Kumarinlarga xos sifat reaksiyalar: Kumarinlarga boy boʻlgan oʻsimliklar bilan tanishish, kumarin moddasining kimyoviy tarkibi, tuzilishini oʻrganish, kumarinlarga xos sifat reaksiyalar haqida ma'lumot berish.
  • Saponinlarga xos sifat reaksiyalari: Saponinlarga boy bo'lgan o'simliklar bilan tanishish, ozuq-ovqat sifatida ishlatiladigan o'simlik tarkibidagi saponinni aniqlash, saponin moddasining kimyoviy tarkibi tuzilishi va undagi kiritmalarni o'rganish, xos sifat reaksiyalari haqida ma'lumot berish.
  • Flavonoidlarga xos sifat reaksiyalari: Flavonoidlarga boy boʻlgan oʻsimliklar maxsulotlar bilan tanishish, fizik va kimyoviy xossalarini, flavonoidlarga xos sifat reaksiyalarini oʻrganish.
  • Xromatografiya qogʻozi yordamida karotinni ajratib olish: Oʻsimliklar to'qimasidan karotinni ajratib olish usullari bilan tanishish, karotinni qog'oz xromatografiyasi usuli yordamida ajratib olish bosqichlarini oʻrganish.
  • Gʻoʻza ildizining oʻsishiga geteroauksinning taʼsiri: Oʻsimliklarning o'sish va rivojlanish jarayonida fitogarmonlarning ahamiyatini, fitogarmonlar tabiati va ta'sir mexanizmini, bug'doy ildizining o'sishiga geteroauksinning ta'sirini oʻrganish.
  • Bug'doy ildizining oʻsishiga geteroauksinning taʼsiri: Oʻsimliklarning o'sish va rivojlanish jarayonida fitogarmonlarning ahamiyatini, fitogarmonlar tabiati va ta'sir mexanizmini, bug'doy ildizining o'sishiga geteroauksinning ta'sirini oʻrganish.
  • Oʻsimliklarning oʻsishiga gibberillenning ta`sirini oʻrganish: Gibberillinni oʻsimliklar organizmida boradigan moddalar almashinuvi jarayonidagi o'rnini, gibberillinning oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga ta'sirini oʻrganish.
  • Oʻsimliklardagi alkaloid moddalarni aniqlash: Alkaloidlarga boy bo'lgan o'simliklar bilan tanishish, alkaloidlarni fizik-kimyoviy xossalarini, alkaloidlarga xos sifat reaksiyalarini oʻrganish.
  • Oʻsimliklar tarkibidagi oshlovchi moddalarni aniqlash: Oshlovchi moddalarga boy boʻlgan oʻsimliklar bilan tanishish, oshlovchi moddalarni fizik-kimyoviy xossalarini, o'simliklar tarkibidagi oshlovchi moddalarni aniqlash usullarini oʻrganish.
  • Hujayra tarkibidagi organik kislotalarni aniqlash: Organik kislotalar tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yog', efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga kiradi. Organik kislotalar tabiiy birikmalardan (yuqori yog' kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda, masalan, spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi.
  • Oʻsimlik mevasi tarkibidagi organik kislotalarni aniqlash: Organik kislotalar oʻsimliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar uglevodlar va oqsillar kabi juda keng taqalgan moddalar hisoblanadi. Ular oʻsimliklarning hamma qismida: urugʻi, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislotalar erkin holda va qisman nordon tuzlar sifatida uchraydi.
  • Oʻsimlik bargi tarkibidagi uglevodlarni miqdoriy aniqlash: Uglevodlarga boy boʻlgan oʻsimlik to'qimalari bilan tanishish, uglevodlarni fizik-kimyoviy xossalarini, oʻsimlik bargi tarkibidagi uglevodlarni aniqlashni oʻrganish.
  • Oʻsimlik mevasi tarkibidagi uglevodlarni miqdoriy aniqlash: Uglevodlarga boy boʻlgan o'simlik to'qimalari bilan tanishish, uglevodlarni fizik-kimyoviy xossalarini, oʻsimlik mevasi tarkibidagi uglevodlarni aniqlashni oʻrganish.
  • Kartoshka tarkibidagi kraxmalni amilaza fermenti bilan parchalash: Kraxmalga boy o'simliklar bilan tanishish, kraxmalni fizik- kimyoviy xossalarini, kartoshka tarkibidagi kraxmalni amilaza fermenti bilan parchalash reaksiyasini oʻrganish.
  • Bug'doy tarkibidagi kraxmalni amilaza fermenti bilan parchalash: Kraxmalga boy o'simliklar bilan tanishish, kraxmalni fizik- kimyoviy xossalarini, bug'doy tarkibidagi kraxmalni amilaza fermenti bilan parchalash reaksiyasini oʻrganish.
  • Shilliq moddalarga sifat reaksiyalari: Shilliq moddalarga o'simliklar bilan tanishish, kraxmalni fizik- kimyoviy xossalarini, bug'doy tarkibidagi kraxmalni amilaza fermenti bilan parchalash reaksiyasini oʻrganish
  • Moylarning emulsiya hosil qilishini aniqlash: Moylarga boy oʻsimliklar bilan tanishish, moylarning fizik-kimyoviy xossalarini, moylarning emulsiya hosil qilishini aniqlash usullari.
  • Moy tarkibidagi glitserinni aniqlash: Glitserinning fizik-kimyoviy xossalarini, akrolein reaksiyasini oʻrganish.
  • Testlar: Oʻsimliklar tarkibida mavjud bo'lgan kimyoviy moddalar hamda ularning xossalari va reaksiyalari haqidagi test topshiriqlari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Oʻsimliklar fiziologiyasi va bioximiyasi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
  • Ilovalar: Fiziologik faol moddalarga boy oʻsimliklar haqida ma'lumot beruvchi ilovalar.