Buxoro viloyati sug‘orma yеrlarining landshaft meliorativ holatiga Amu-Buxoro kanalini ta’sirini o‘rganish (Olot tumani misolida)

Ushbu dissertatsiya Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan va Buxoro viloyati sug'orma yerlarining landshaft meliorativ holatiga Amu-Buxoro kanalining ta'sirini Olot tumani misolida o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kanalning gidrologik jarayonlari, tuproqning meliorativ holati, suv-tuz muvozanati, yer osti suvlari dinamikasi, landshaft komplekslarining evolyutsiyasi va boshqa muhim masalalar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, jahonda yerlarning antropogen degradatsiyasi va suv tanqisligi muammolari, ularga qarshi kurash bo'yicha xalqaro tashkilotlar va BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturi, sugʻoriladigan yerlarda iqlim sharoiti oʻzgarishi natijasida choʻllanish jarayonining kuchayishi, tuproq-meliorativ holatni buzilishi, tuproqlarni shoʻrlanishi, deflyatsiya, erroziya jarayonlarini kengayishi kabi muammolar yechimini topish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ularning ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda dissertatsiya tadqiqotining oʻrni, fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusining bajarilgan oliy ta'lim muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob'ekti va predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va ularning ahamiyati hamda joriy qilinganligi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • DISSERTATSIYASINING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiyaning asosiy mazmuni uchta bobdan iborat. Birinchi bobda voha landshaft majmualarining meliorativ holatini oʻrganishning nazariy-metodologik asoslari, gidrografik tarmoqlarning landshaft meliorativ holatiga ta'siri hamda landshaft meliorativ holatini oʻrganishda turli yondashuvlar tahlil qilingan. Ikkinchi bobda Amu-Buxoro kanalining gidrologik rejimi, ushbu kanalning Amudaryodan olingan suv hajmining yillararo oʻzgarish dinamikasi, sugʻorish rejimi va uning ta’siri oʻrganilgan. Uchinchi bobda esa landshaft komplekslarining meliorativ holatini baholash va kartalashtirish masalalari, jumladan, Amu-Buxoro kanalining Olot tumani sugʻoriladigan yerlarining landshaft-meliorativ kartasi va uning ahamiyati haqida maʼlumotlar keltirilgan.
  • XULOSA: Dissertatsiya tadqiqotining xulosasi landshaft meliorativ holatini oʻrganishning ilmiy-nazariy asoslarini oʻrganish natijasida quyidagi xulosalarga kelingan: Landshaftlar meliorativ holati va rivojlanish qonunlarini tadqiq etishda tabiiy va antropogen omillar roli, landshaftni oldindan aytish, baholash va kartalashtirish, landshaft-komponentlarini aniqlash va landshaftlarda kompleks oʻzgarishini tahlil etish, geoekologik vaziyatlarni oldini olish, gidrotexnika inshootlari holatini baholash, filtratsiya jarayonining tuproq shoʻrlanishiga taʼsiri, Amu-Buxoro kanalining gidrologik rejimi va foydali ish koeffitsienti, ushbu kanalning Olot tumani hududidagi yerlarning meliorativ holatiga ta’siri, suv inshootlaridagi suv oʻlchash va gidrokimyoviy tarkibini aniqlash, suv hajmining yillararo oʻzgarish dinamikasi, Buxoro viloyati yer osti suvlarining geografik joylashishi, sugʻoriladigan yerlarda shoʻrlanishga bogʻliq geografik kartalar yaratish, suv-tuz muvozanati va boshqa masalalar oʻz aksini topgan.
  • Takliflar va tavsiyalar: Dissertatsiya natijalari asosida quyidagi takliflar va tavsiyalar berilgan: 1. Olot tumani hududida joylashgan fermer xoʻjaliklarida mavjud kollektor-zovurlarning samaradorligini oshirish. 2. Amu-Buxoro kanalida suvdan bugʻlanishning oldini olish uchun uni ayrim joylarda yopiq holatga keltirish. 3. Kanalda suvdan foydalanish koeffitsientini oshirish maqsadida uni zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash.