Issiqlik energiya qurilmalari

Ushbu oʻquv-uslubiy majmua “Elektr taʼminoti tizimini montaji va ishlatilishi” fani boʻyicha maʼruza, tajriba, amaliy mashgʻulotlar asosida yaratilgan boʻlib, unda maʼruza, amaliy mashgʻulotlarni oʻrganish boʻyicha 60710600 – Elektr energetikasi (elektr taʼminoti) taʼlim yoʻnalishi uchun fanning oʻquv dasturi, ishchi oʻquv dasturi, maʼruzalar matni, tajriba va amaliy mashgʻulotlariga uslubiy koʻrsatmalar, taʼlim texnologiyasi, vizual va koʻrgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur oʻquv-uslubiy majmua oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga oʻquv-uslubiy majmuadan professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida istiqlol yoʻlidan ildamlab bormoqda. Mustaqillik tufayli jamiyatimiz hayotida boʻlgani kabi taʼlim tizimida ham tub oʻzgarish roʻy berdi. Ayniqsa, «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi Respublika taʼlim tizimida muhim voqea hisoblanadi. Bu hujjatlarda Respublika taʼlim muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlash usul va yoʻllari, bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular taʼlim sohasida amalga oshiriladigan islohatlar dasturi hisoblanadi.
  • Oʻquv fanining maqsad va vazifalari: «Issiqlik energiya qurilmalari» fanining vazifasi fanni oʻrganish jarayonida, talabalarda mutaxassislik faoliyati va mutaxassis sifatida oʻsishi va oʻz ustida ishlashi uchun talab qilinadigan bilim, koʻnikma va malaka hosil qilishdir. Dastur tuzishda yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan koʻplab oliy oʻquv yurtlarining tegishli kafedralari tajribalari, hamda rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida «Issiqlik energiya qurilmalari» fanidan qoʻllanib kelingan dasturlar oʻrganib chiqilgan va bakalavrlarga qoʻyilgan talablar asos qilib olingan.
  • Fan boʻyicha talabalarning bilimi, koʻnikmasi va malakasiga qoʻyiladigan talablar: "Issiqlik energiya qurilmalari" oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: texnikaviy termodinamikaning asosiy tushunchalari, texnikaviy termodinamika qonunlari va termadinamik jarayonlar, termodinamikaning birinchi qonuni, energiyani saqlanishi va oʻzgarishi qonuni, ichki energiya, gazlarning issiqlik sigʻimi haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak; ishchi jism, xolat parametrlari, bosim va temperatura orasidagi bogʻliqlik, issiqlik oʻtkazuvchanlikni asosiy qonun va qoidalari, xarorat maydoni, Fur ye qonuni, issiqlik oqimi, statsionar tartibdagi issiqlik oʻtkazuvchanlik, bir qatlamli tekis devor, koʻp qatlamli tekis devor issiqlik oʻtkazuvchanliklari toʻgʻrisida koʻnikmalarga ega boʻlishi; harorat oʻlchash asboblari va ularning ishlash printsipini, bosim oʻlchash asboblari bilan tanishish, sarf oʻlchash asbobolari bilan tanishish hamda toʻyingan bugʻning quruqlik darajasini, isitish jihozini issiqlik uzatish koeffitsentini, aniqlashni bilishi va foydalana olishi kerak.
  • Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi: "Issiqlik energiya qurilmalari" fani umumkasbiy fanlardan biri hisoblanib, 5520200 – Elektr energetikasi yoʻnalishida 3-semestrda oʻqitiladi. Dasturni amalga oshirish oʻquv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (oziqovqat texnologiyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektroenergetika va h.,k.) va ixtisoslik (kimyoviy texnologiya asoslari, suv resurslaridan foydalanish ularni tashkil qilish, va h.,k.) fanlaridan yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlik talab etiladi.
  • Fanni ishlab chiqarishdagi oʻrni: Xalq xoʻjaligi va ishlab chiqarish korxonalarida issiqlik taʼminoti va Issiqlik energiya qurilmalariga boʻlgan ehtiyoj benihoya kattadir. Aholini, xalq xoʻjaligi va ishlab chiqarish korxonalarini issiqlik taʼminoti issiqlik bilan taʼminlash va ularning jarayonlari bilan tanishish, issiqlik taʼminoti tizimlarini loyihalash va boshqa shu kabi vazifalarni bajarishda ushbu fan muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Fanni oʻqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Talabalarning Issiqlik energiya qurilmalari fanini oʻzlashtirishlari uchun oʻqitishning ilgʻor va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni oʻzlashtirishda darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, maʼruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Maʼruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
  • Asosiy qism: Fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni: Ishchi jism assosiy parametrlari. Termodinamikaning birinchi qonuni. Energiyani saqlanishi va o'zgarishi qonuni. Ichki energiya. Gazlarning issiqlik sig'imi. Issiqlik o'tkazuvchanlik asosiy qonun va qoidalari. Issiqlik uzatilishi, issiqlik almashinuvi, issiqlik oqimi, xarorat o'tkazuvchanlik koeffitsienti, temperatura gradienti, Fur ye qonuni, temperatura maydoni, konvektsiya issiqlik almashinuvi, Konvektiv issiqlik almashinuvini nazariy asoslari, suyuqliklar va gazlar xossalari, issiqlik almashinuv tenglamasi. Nyuton Rixman qonuni. Erkin va majburiy oqimlarning konvektiv isiqlik almashinuvi. Nur vositasida issiqlik almashinuvi. Nurlar, elektromagnit to'lqinlar yordamida issiqlik almashinuvi, nur energiyasi, issiqlik balansi, absalyut oq, qora, shaffof jismlarda issiqlik almashinuvi
  • Texnikaviy termodinamikaning asosiy tushunchalari: Ishchi jism, (gaz suyuqlik) ishchi jism holat parametrlari, gaz holati, ideal gazlar uchun asosiy qonunlar: Boyl -Mariot, Sharl, Gey-Lyussak qonuni. Klayperon-Mendeleev tenglamasi. Xarorat, bosim, hajm. Mavzuning o'qitish metodikasini o'rgatish. Ideal gazlarning termodinamik jarayonlari. Izoxorik jarayon. Izobarik jarayon. Izotermik jarayon. Adiabatik jarayon. qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Mavzuga doir ko'rgazmali qurollar tayyorlashni o'rgatish.
  • Texnikaviy termodinamika qonunlari va termadinamik jarayonlar: Termodinamikaning birinchi qonuni. Energiyani saqlanishi va o'zgarishi qonuni. Ichki energiya. Gazlarning issiqlik sig'imi. Ideal gazlarning termodinamik jarayonlari. Izoxorik jarayon. Izobarik jarayon. Izotermik jarayon. Adiabatik jarayon. qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Mavzuga doir ko'rgazmali qurollar tayyorlashni o'rgatish.
  • Issiqlik almashinuv nazariyasi: Issiqlik o'tkazuvchanlik asosiy qonun va qoidalari. Issiqlik uzatilishi, issiqlik almashinuvi, issiqlik oqimi, xarorat o'tkazuvchanlik koeffitsienti, temperatura gradienti, Fur ye qonuni, temperatura maydoni, konvektsiya issiqlik almashinuvi, Konvektiv issiqlik almashinuvini nazariy asoslari, suyuqliklar va gazlar xossalari, issiqlik almashinuv tenglamasi. Nyuton – Rixman qonuni. Erkin va majburiy oqimlarning konvektiv isiqlik almashinuvi. Nur vositasida issiqlik almashinuvi. Nurlar, elektromagnit to'lqinlar yordamida issiqlik almashinuvi, nur energiyasi, issiqlik balansi, absalyut oq, qora, shaffof jismlarda issiqlik almashinuvi. Interfaol usullardan foydalanib, mashg'ulotni tashkil etish. Issiqlik almashinuvida foydalaniladigan asbob uskunalar. Rekuperativ, regenerativ issiqlik almashtirgichlar. Mavzuga oid klaster tuzish.
  • Yoqilg'i: Yoqilg'i va uning xossalari, tabiiy va sun'iy yoqilg'ilar, qattiq, suyuq, gazsimon yoqilg'ilar. Yoqilg'ilarning tarkibiy qismi. Yonish maxsulotlari, o'txona qurilmalari. qattiq yoqilg'ini yoqish, mash`alli yoqish, uyurmali yoqish. Mavzuga oid sinkveyinlar tuzish.
  • Ichki yonuv dvigatellari: Ichki yonuv dvigatellari xaqida umumiy tushunchalar, ichki yonuv dvigatellarida kechadigan termodinamik jarayonlar. Tashqi yonuv dvigatellari.
  • Kuch qurilmalari: Issiqlik kuch qurilmalari, bug' - kuch qurilmasi. Oraliq, binar siklli bug'-kuch qurilmasi. Qozon qurilmasi. Energetik, ishlab chiqarish va isitish qozonlari. Bug' qozonlari. Zamonaviy qozon agregatlari. Bug' turbinasi, gaz turbinasi, reaktiv dvigatellar.
  • Issiqlik manbaalari: Issiqlik elektr stantsiyalari. Kondensatsiyali elektr stantsiyalar. Issiqlik elektr markazlari, atom elekr stantsiyalari, gelioenergetika. Geotermal energiyalar va ikkilamchi energiya resuruslaridan foydalanish. Mavzuga oid klaster, sinkveyinlar tuzish.
  • Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg'ulotlarda texnik yo'nalishlar bo'yicha ta`lim oluvchi talabalarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida o'zlashtirilgan nazariy bilimlarga tayangan holda tegishli mavzular uchun zarur bo'lgan ko'rgazmali va uslubiy materiallar tayyorlash metodikalarini ham o'rganib borish maqsadga muvofiqdir. Amaliy mashg'ulotlarda nazariy olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida hayotiy masala va misollar yechimlarini hal etilishi ko'zda tutiladi. Ushbu fandan amaliy mashg'ulotlarni quyidagi mavzularda tashkil etish tavsiya etiladi: Ishchi jism, holat parametrlari, bosim va temperatura orasidagi bog'liqlik. Issiqlik o'tkazuvchanlikni asosiy qonun va qoidalari, xarorat maydoni. Fur ye qonuni, issiqlik oqimi. Statsionar tartibdagi issiqlik o'tkazuvchanlik. Bir qatlamli tekis devor issiqlik o'tkazuvchanliklari. Ko'p qatlamli tekis devor issiqlik o'tkazuvchanliklari. Termik qarshilik. Erkin va majburiy oqimlarning konvektiv issiqlik almashinuvi. Suyuqlik oqimidagi konvektiv issiqlik almashinuv. Binolarni o'rab turuvchi konstruktsiyalari orqali issiqlik oqimini hisoblash. Yonish maxsulotlari. Yonish maxsulotlari tarkibiy qismlarini aniqlash, organik yonish qismi, quruq qismi va ishchi yoqilg'ilar tarkibi. Absolyut qora jism temperaturasi bilan nur tarqatish oqimi spektr zichligining to'lqin uzunligi orasidagi bog'lanish uchun M.Plank formulasini amaliy jixatdan o'rganish.
  • Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar: Ushbu fandan talabalarga ma`ruza va amaliy mashg'ulotlarda berilgan nazariy va amaliy bilimlar, ko'nikmalarni yanada mustahkamlash maqsadida olib boriladigan tajriba mashg'ulotlarida zamonaviy tajriba uskunalari, ko'rgazmali qurol va informatsion texnologiyalardan foydalanish talabalar bilimini yanadi mustahkamlaydi. Fandan tajriba mashg'ulotlarni quyidagi mavzular asosida tashkil etish tavsiya etiladi: Harorat o'lchash asboblari bilan tanishish va ularning ishlash printsipini o'rganish. Bosim o'lchash asboblari bilan tanishish va ularning ishlash printsipini o'rganish. Sarf o'lchash asbobobari bilan tanishish va ularning ishlash prinsipini o'rganish. To'yingan bug'ning quruqlik darajasini aniqlash. Isitish priborini issiqlik uzatish koeffitsentini aniqlash. Bug'-suvli isitgichni issiqlik uzatish koeffitsentini aniqlash. Issiqlik almashinuv asbobining issiqlik berish koeffitsentini aniqlash. Issiqlik energetik qurilmalari bilan tanishish va ularning ishlash prinsipini o'rganish. Ichki yonuv dvigatellari ishlash prinsipini o'rganish. Kompressorlarning ishlash prinsipini o'rganish. Muzlatgichning ishlash prinsipini o'rganish.
  • Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni: Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi: darslik va o'quv qo'llanmalar bo'yicha fan boblari va mavzularini o'rganish; tarqatma materiallar bo'yicha ma`ruzalar qismini o'zlashtirish; avtomatlashtirilgan o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; maxsus adabiyotlar bo'yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida ishlash; yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o'rganish; talabaning o'quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan fanlar bo'limlari va mavzularni chuqur o'rganish; faol va muammoli o'qitish uslubidan foydalaniladigan o'quv mashg'ulotlari; masofaviy (distantsion) ta`lim.
  • Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Issiqlikni konvektiv ko'chishi. Issiqlikni nurlanish orqali ko'chishi. Issiqlik ko'chishining miqdoriy ko'rsatkichlari. Issiqlik o'tkazuvchanlikning diferentsial tenglmasi. Chegaraviy shartlar. Devorning issiqlik o'tkazuvchanligi. Devorning termik qarshiligi. Issiqlik berish. Issiqlik berish koeffitsenti. Tabiiy va majbiriy konvektsiya. Issiqlik berish koeffitsentini aniqlash uchun hisobiy bog'lanishlar. Tabiiy konvektsiyada isiqlik berish. Gazlardagi nur yutuvchi va tarqatuvchi jarayonlar. Issiqlik almashgichning real ishlash sharoitlarini hisobga olgan xolda mavjud bo'lgan chetga chiqishlarini aniqlash. Termodinamik jarayonlarning R-V va T-S diagrammalari. Issiqlik berish koeffitsientini aniqlash.
  • Dasturning informatsion-metodik ta'minoti: Mazkur fanni o'qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilishi nazarda tutilgan. Termodinamika bo'limiga tegishli ma`ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan; ishchi jism, holat parametrlari, bosim va temperatura orasidagi bog'liqlik, issiqlik o'tkazuvchanlikni asosiy qonun va qoidalari, xarorat maydoni, Fur ye qonuni, issiqlik oqimi, statsionar tartibdagi issiqlik o'tkazuvchanlikmavzularida o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarda aqliy xujum, guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan; harorat o'lchash asboblari bilan tanishish va ularning ishlash printsipini o'rganish, bosim o'lchash asbobobari bilan tanishish va ularning ishlash printsipini o'rganish, sarf o'lchash asbobobari bilan tanishish va ularning ishlash printsipini o'rganish, to'yingan bug'ning quruqlik darajasini aniqlash mavzularida o'tkaziladigan tajriba mashg'ulotlarida kichik guruxlar musobaqalari, guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo'llash nazarda tutiladi.
  • Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar ro'yxati: 1. Baskakov A.P., Bereg B.V. i dr. Teplotexnika M.: «Energoizdat», 1982. 262 s. 2. J. Nurmatov. N.A. Xalilov. O'.Q Tolipov «Issiqlik energiya qurilmalari», «O'qituvchi» nashriyoti, 1998 yil, 255 bet. 3. «Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to'g'risida», T. 2003 yil 1 iyul, PF № 3272 4. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari to'g'risida», T. 2003 yil 6 may, PF № 3240 Qo'shimcha adabiyotlar: 5. Tixomirov A.B. «Teplotexnika» M. Energoizdot 1984 god 6. Nahyokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha. Uchebnoe posobie. M. Vo'shaya shkola, 1980 g. 469 str. 7. Farberman L.B., Musina R.G. va b. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. O'quv-uslubiy qo'llanma. T.OO’MMMI, 2002 y.,192 b.g' 8. «Politexnika lug'ati»O'zbekiston fanlar akademiyasi. 1989,704 b. 9. Ishmatov Q. Pedagogik texnologiya. O'quv qo'llanma. NamMPI, 2004 y. 95 b. 10. Internet ma`lumotlar olinishi mumkin bo'lgan saytlar: http://ventair.ru/hot/index.html |,| http://www.advis.ru/mashinostroenie/ teplosnabzheni...|, | http://www.regula.com.ru/tspr/snip2040591/4.shtml|, http://www.estate.spb.ru/fullnews/, http://www.rusbani.ru/snip/2_04_08_87.html
  • Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi: Asosiy qismda (ma`ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo'yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar to'la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo'yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o'zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so'ngti yutuqlari e`tiborga olinishi tavsiya etiladi.
  • Maʼruza mashgʻulotlari: 1 modul. Kirish. Issiqlik energiya qurilmalarii fani asoslari. Termodinamika tushunchalari. Qo'llaniladigan ta`lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta`lim, munozara, o'z-o'zini nazorat. Adabiyotlar: A2; A3; Q1; Q2;Q3; Q5;