Texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi

Ushbu kitob "Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi" fanidan olingan bo‘lib, unda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, ularning texnologiyasi, jihozlar, mexanizmlar va ulardan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar keltirilgan. Kitobda shuningdek, turli tabiiy-iqlim sharoitida avtomobillardan foydalanish, ularning moylash, sovutish, yonilg‘i ta’minlash, tormoz, transmissiya, rul boshqarish tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish hamda elektr jihozlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonlari hamda ulardan foydalanish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqarayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan avtomobillarning soni va hilma-hilligini ko‘payishi bilan ularning texnik holatini soz bo‘lishi va samadorligini oshirishda texnik servis va ta’mirlash tizimining ahamiyati ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Ayniqsa texnik servis va ta’mirlash sifatini ta’minlovchi asosiy omillardan biri zamonaviy texnologik jihozlardan foydalan holda atomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasini tashkil etishdir. Ushbu dastur atomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasining uslubiyoti va asoslari, texnologik jihozlar tasnifi, ularni loyihalash, korxona sharoitida yasash va ekspluatatsiya qilish tartibi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni qamraydi. Fanni o‘qitish avtomobil servisini belgilovchi O‘zbekistonda qabul qilingan standart va me’yorlarga asoslangan. Uni o‘qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko‘p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil servisining shakllanishi hamda mamlakatimiz va chet el tajribaralari, avtomobil transportiga texnik servis va istiqbolli masalalari talabalarga o‘rgatiladi. Zamonaviy avtoservis korxonalarida texnik servis va ta’mirlash ishlarini tashkil etishda, xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usul va vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi.
  • O‘quv fanining maqsad va vazifalari: Fanning maqsadi – bakalavrga atomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasini bo‘yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish, texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi jihozlarni loyihalash, ishlatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni zamonaviy yo‘llarini o‘rgatish. Fanning vazifalari: - avtoservis korxonalaridagi texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasining turlari va ularni mukammallashtirish istiqboli haqida ma’lumotlar berish; - servis korxonalarini jihoz, asbob va moslamalar bilan ta’minlash; - bino va xonalarni yoritish, shamollatish, isitish va sovitish tizimlari bo‘yicha tushincha berish; - servis jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha amaliy masalalarni hal qilish, jihozlarni yangilash va takomillashtirish jarayoni va usullari sohasida ilmiy va nazariy bilimlarni berish; - nostandart jihozlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni amalda joriy etish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishni ta’minlash.
  • Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar: - avtomobil servisi korxonalarda texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasining turlari; - transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ajratish-yig‘ish. Diagnostikalash ishlarini bajarishda foydalaniladigan jihoz, moslama va asbob uskunalar; - yangi texnologik jihozlarni ishlatish tamoyili, ishga tushirish tartibi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimi; - nostandart jihozlar va maxsus asbob uskunalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi bo‘lishi: - servis korxonalarida texnologik jihozlarni xavfsiz ekspluatatsi qilish qoidalarini.
  • Fan bo‘yicha nazorat savollari: 1. KXK ishlari tarkibi 2. Avtomobillarni yuvish turlari; 3. KXK zonasida loytindirgich va moybenzintutgichlarning vazifalari 4. Kuzovlarni ta’mirlash ishlari tarkib 5. Bo’yoqchilik ishlari texnologiyasi 6. Dvigatelga KSHM ni komressiyasi bo’yicha diagnoz qo’yish 7. KSHM va GTM bo’yicha TXK ishlari tarkibi 8. Dvigatelni ta’mirlash ishlari tarkibi 9. Sovutish tizimining nosozliklari va uning sabablari 10. Sovutish tizimiga TXK 11. Moylash tizimi nosozliklari va uning sabablari 12. Moylash tizimiga TXK 13. Karbyuratorli ta’minot tizimi nosozliklari va uning sabablari 14. Karbyuratorli ta’minot tizimiga TXK 15. Dizel ta’minot tizimi nosozliklari va uning sabablari 16. Dizel ta’minot tizimiga TXK 17. Injektorli ta’minot tizimiga SXK ning o’ziga xosligi 18. Batareyali o’t oldirish tizimiga TXK 19. Batareyali o’t oldirish tizimi nosozliklari 20. Tranzistorli-kontaktli o’t oldirish tizimiga TXK 21. Tranzistorli-kontaktsiz o’t oldirish tizimiga TXK 22. Elektr asboblariga TXK 23. Ilashish muftasining nosozliklari 24. Ilashish muftasiga TXK 25. Gidrotormoz nosozliklari 26. Gidrotormozga TXK 27. Dizel ta’minot tizimi nosozliklari va uning sabablari 28. Dizel ta’minot tizimiga TXK 29. GBA ta’minot tizimi nosozliklari va uning sabablari 30. GBA ta’minot tizimi ga TXK 31. Injektorli ta’minot tizimi servisida bajariladigan ishlar tarkibi 32. Injektorli ta’minot tizimining nosozliklari va uning sabablari