Informatika va raqamli texnika

Ushbu o'quv-uslubiy majmua

Asosiy mavzular

  • So'z boshi: Mazkur oʻquv uslubiy majmua
  • 1-modul. O'qitishda foydalaniladigan interfaol ta'lim metodlari: Zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li - bu mashg'ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida ifodalanib, lug'aviy nuqtai nazardan “inter” – o'zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi. Interfaol ta'lim – talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim. Interfaollik talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub'ektlarning suhbat (dialog), o'zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. O'qituvchi ta'lim jarayonida interfaol ta'lim texnologiyasi yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o'z-o'zini nazorat, o'z-o'zini boshqarish, samarali
  • 2-modul. Zamonaviy axborot texnologiyalari: Texnologiya, axborot texnologiyasi tushunchalari. Axborot texnologiyalarining imkoniyatlari. Axborot texnologiyalarining turlari. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash.
  • 3-modul. Axborotlashgan jamiyat: Zamonaviy axborot texnologiyalari tushunchasi. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning asosiy tamoyillari.
  • 4-modul. Informatikaining matematik asoslari: Shaxsiy kompyuter tuzilishi va uning axboriy-mantiqiy asoslari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi va arxitekturasi. Mikroprotsessorlar. Zamonaviy mikroprotsessorlar.
  • 5-modul. Ijtimoiy va iqtisodiy informatika: Ijtimoiy informatika asoslari Ijtimoiy informatikaning asosiy tushunchalari. Ijtimoiy informatika strukturasi. Ijtimoiy informatikaning asosiy masalalari. Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari.
  • 6-modul. Amaliy dasturlar paketi: Hisoblash texnikasidan foydalanishning tashkiliy shakllari. Hisoblash texnikasi va undan foydalanishning tashkiliy shakllari.
  • Ma'ruza-1: Informatika fani, uning asosiy tushunchalari. Axborot turlari, o'lchov birliklari: Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o'simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor maxsulotlarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lib kelgan. Lekin vaqt o'tishi bilan inson faqat tayyor maxsulotlarni olishni o'rganibgina qolmasdan, tabiyatga ta'sir qilishni ham o'rganib oldi. Insonlar yerga ishlov bera boshladilar, turli hayvonlarni qo'lga o'rgatib, ko'paytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelektrostantsiyalar, temir yo'llar va kosmik trassalar qura boshladilar. Buning natijasida bir paytlar o'rmonlar va dengizlar bilan qoplangan ona zaminimiz bo'lgan Yerda yangilanishlar paydo bo'ldi. Uning nomini akademik V.I.Vernadskiy noosfera deb atadi. Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir kategoriyasi bir hilda o'zlashtirilmadi. Boshlangich paytda moddani o'zlashtirishga e'tibor ko'proq qaratilgan bo'lsa, keyinchalik energiyani o'zlashtirishga va nihoyat, axborotni o'zlashtirishga imtiyoz berildi. Fanda, ya'ni tabiatni o'rganish, u to'g'risidagi bilimlarni to'plash va o'rganishda shunday davrlar borligi ma'lumki, ular materiyaning ma'lum bir turini rivojlanishi bilan bog'liqdir. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko'rsatish mumkin bo'ladi. Bular: - texnosfera, ergosfera, ¬ infosfera. Texnosferaning paydo bo'lishi moddani o'rganish bilan, ergosferaning paydo bo'lishi energiyani o'rganish bilan bog'liq bo'lsa, infosferaning paydo bo'lishi esa axborotni o'rganish bilan bog'liqdir. Texnosfera va ergosferani o'rganish ximiya, fizika, matematika va boshqa fanlar orqali amalga oshiriladi. Insoniyatning tabiatni o'zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to'plashi axborotni o'zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon infosferaning paydo bo'lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo'lishi axborotni o'rganish bilan bog'liq ekan. Axborot lotincha "information" so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki xodisa haqida ma'lumot berish ma'nosini anglatadi. Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob`ektlar, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro aloqa va o'zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezish a'zolari, turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari
  • Ma'ruza-2: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi: Informatika fanining rivojlanishi hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi bilan bog'liq bo'lganligi uchun u 4 davrga bo'lib o'rganiladi. 1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'lishdan boshlanadi. Er yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi: qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh" ni, ikki qo'l barmoqlari "o'nni", qo'l va oyoq barmoqlari esa birgalikda "yigirmani" bildirgan. Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 ta tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi mollar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va xokazolarni hisoblashgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etadi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishidan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini birmuncha osonlashtiradi. Dastlabki hisob asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan. Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmlik chizg'ich yaratilishiga asos bo'ldi. 2. Mexanik davr. Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard Tomonidan 623 yili ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma'lum bo'lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan frantsuz matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin, 1958 yili Shtutgard shaxri kutubxonasida I. Keplerning qo'lyozma va xujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligini uzil - kesil tasdiqladi. Lekin qarangki, Shikardning mashinasi ham birinchi emas ekan: 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr qilinmagan ikki jildli qo'lyozmasi topildi. Qo'lyozmaning birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag'ishlangan bo'lib, undagi chizmalar orasidan hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan, shu chizma asosida mashina yaratilganda u qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunga qaramay Leonardo da Vinchi XV – XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarining noma'lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanmoqda. Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa, yuqorida aytib o'tilganidek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi Et'en Paskal moliya ishlariga bog'liq turli vazifalarda xizmat qilar edi va tabiiyki hisob - kitob uning ko'p vaqtini olardi. Yosh Paskal otasining mehnatini engillashtirishga urindi va hisoblash mashinasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantirdi. O'rtadagi tafovut shunda ediki, qo'zg'almas tsiferblat qo'zg'aluvchan, xarakatlanuvchi soat mili esa, aksincha, qo'zg'almaydigan bo'ldi. Tsiferblat dastlab hisob diskiga, keyinroq esa hisob g'ildiragiga aylandi. Paskalning mashinasi bo'yi 30 - 40 sm., eni 15 sm., balandligi 10 sm.gacha bo'lgan qutichadan iborat edi. Asrimiz boshlarida frantsuz jurnalistlaridan biri «Paskalning 50 dan ortiq mashinasi mavjud... ularning barchasi shakli, qanday materialdan yasalgani va qay xilda ishlashiga ko'ra turlicha», deb yozgan edi. Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnitsni ham ixtirochilikka undadi. Ammo, u faqat qo'shish va ayirishning o'zigina emas, balki to'rttala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratishni istardi. Leybnits 1673 yili shunday mashinani yaratdi va uni Parij akademiyasiga taqdim etdi. Bu hisoblash mashinasidagi yangilik shunda ediki, Leybnits birinchi bo'lib, raqamlar teradigan g'ildirakni pog'onali valik atrofida turli uzunlikdagi o'nta zinasi bo'lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalaridan birini Rossiya podshosi Petr - I ga sovg'a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o'sha mashinani ta'mirlash zarur bo'lib qoldi. Leybnits uni tuzatishga bordi, biroq mexanik qancha urinmasin, mashinani ta'mirlay olmadi. Leybnitsning hisoblash mashinalaridan biri xozir Gannover shahri muzeyida saqlanmoqda. Mexanik hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari 3. Slonimskiy ( 4 arifmetik amal bajaradigan va ildiz chiqaradigan mashina, 1848 yil); P Chebiyshev (arifmometri, 1880 y), V. Odner (qildirakdagi tishlar soni o'zgaruvchan bo'lgan moslamali hisoblash mashinasi, 1889 y.) va boshqalarning hissasi kattadir. 3. Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida tegishli yasamalar qo'l kuchi bilan xarakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo'la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elektromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o'nta tugmali «VK-1» mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun etarli sonda tugmalari bo'lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki, bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis - laborant 6 soatlik ish kunida hammasi bo'lib, 2000 amal bajara olar edi. 4. Elektron hisoblash mashinalari davri. Elektron mexanik mashinalar ham, o'z nasbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti extiyojlarini qoniqtira olmadi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan, yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarda yuqoridagi tablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo'lida 1942-45 yillarda birinchi bo'lib AQSh dagi Pensilvaniya dorilfununida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna og'irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAK» degan nom oldi. 1946 yili amerika olimi Dj. Neyman (1803-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu xil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo'ldi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada «EDVAK «, «EDSAK», «SEAK», «VINAK», «UNIVAK» va boshqa mashinalar yaratildi.
  • Ma'ruza-3: HT da axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari: Axborotlarni kodlash va dekodlash. Axborotlarni ikkilikda kodlash. Sanoq sistemalari va ularning turlari Sanoq sistemalari orasidagi bog'lanishlar Axborotlar analogli (uzluksiz) va raqamli (diskret) ko'rinishda bo'lishi mumkinligi va inson sezgi a'zolari asosan analogli (uzluksiz) axborot bilan ish ko'rishga moslashganligi bizga ma'lum. Bu axborotlarning ma'lum qonuniyat orqali qayd qilinishi ularni raqamli axborotga o'tkazadi. Masalan, talabalar ma'ruza eshitadi, ularni eslab qolish uchun daftarlariga yozib boradi, ya'ni analogli axborotni maxsus kodlar (bu misolda xarflar) orqali raqamli axborotga o'tkazib boradi. Biz turli hil yozuvlar yozganimizda, aslida axborotlarni maxsus belgilar orqali kodlaymiz. Musiqalarni ham kodlash mumkin. Bunday kodlash sistemalaridan biri musiqani notalar orqali ifodalashdir. Matnli va ovozli axborotlardan tashqari tasvir ko'rinishidagi axborotlarni ham saqlash mumkin. Tasvirlar ham kodlar orqali saqlanadi. Tasvir nuqtalardan iborat bo'lib, har bir nuqtalarning rangini sonlar sifatida saqlash mumkin. Ya'ni kompyuter axborotlarni maxsus belgi (kod)lar orqali raqamli axborotga aylantiradi va ular ustida amallar bajaradi. Shuning bilan axborotlar almashish jarayonida ikki xil amal bajariladi: kodlash va dekodlash. Kodlash - axborotlarni boshlang'ich shaklidan ularni kompyuterda saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun maxsus belgi (kod)lar orqali raqamli axborotlarga, ya'ni qulay shakliga o'tkazish jarayonidir. Dekodlash – kodlashning aksi, kodlangan axborotlarni inson tushunadigan boshlang'ich shakliga o'tkazish jarayonidir. Texnikaning rivojlanishiga bog'liq holda axborotlarni kodlashning va dekodlashning har xil usullari topildi. Bu usullardan birini tanlash, kodlanishi lozim bo'lgan axborotning turiga bog'liqdir. Umumiy holda axborotlarni qabul qilish va uzatish jarayonini quyidagi
  • Ma'ruza-4: Algoritm. Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari. Masalani EHM da echish bosqichlari: "Algoritm" so'zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokolonimiz Muxammad Al – Xorazmiy nomi bilan uzviy bog'liq. Algoritm so'zi Al Xorazmiyning arifmetikaga bag'ishlangan asarining dastlabki betidagi «Dixit Algoritmi» ( «Dediki Alxorazmiy» ning lotincha ifodasi ) degan jumlalardan kelib chiqqan desa bo'ladi. Al Xorazmiy birinchi bo'lib o'nlik sanoq sistemasining printsiplarini va unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash
  • Ma'ruza-5: XT va uning strukturasi. Qurilmaviy ta'minot: Informatika bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o'rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig'ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHM lar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik – mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasi tashkil etadi. Ulardan arifmetik mantiqiy va boshqarish qurilmalari protsessor(markaziy protsessor)ni tashkil qiladilar. Shunday qilib, universal EHM lar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo'linadi: Birinchi avlod EHM lari - bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo'lgan «bazaviy EHM»dir; Ikkinchi avlod EHM lari- bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi; Uchinchi avlod EHM lari- bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida almashuv (kanal) qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi. Almashuv (kanal) qurilmasi tezkor xotira bilan EHM ning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko'p dasturli (bir vaqtning o'zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma'lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo'ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi ; To'rtinchi avlod EHMlari- bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlashi mumkin bo'lgan ikki va undan ko'p protsessorliligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHM lar to'rtinchi avlodga mansub.Toshkentdagi
  • Ma'ruza-6: Dasturiy ta'minot. OT turlari: Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi ma'ruzada aytib o'tgan edik. Bular apparat (hardware) va dasturiy ta'minot (software) lardir. Apparat ta'minoti – bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo'shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan xujjatlarni o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog'lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish – bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish – apparat – dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi.Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o'zaro muloqoti foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning
  • Ma'ruza-7: Fayl strukturasi. Windows OT: Kompyuterga kiritiladigan barcha axborotlar bloklarga bo'lingan holda bo'ladi. Bu bloklar baytlar to'plamidan iborot bo'lib, fayllar deb ataladi. Har bir fayl o'zining belgisi (nomi)ga ega bo'lishi kerak. Shu nom bo'yicha inson va operatsion tizim fayllarni farqlaydi, tanib oladi va foydalanadi. Demak, fayl – qattiq (xard) yoki egiluvchan diskga yozilgan va nomlangan baytlar majmuasidir. Fayl uzunligi bir “baytdan o'nlab Mbaytgacha o'zgarishi mumkin. Fayllarda kompyuter ishlov berishi mumkin bo'lgan ixtiyoriy axborot saqlanishi mumkin. Masalan: matnli xujjatlar, dasturning matni, shartli kodlar, mashina tilidagi dasturlar va boshqalar. Turli dasturlarni ishlashi natijasida ham diskda fayllar hosil bo'lishi mumkin. Fayllar turlari bo'yicha matnli va matnli bo'lmagan fayllarga bo'linadi. Matnli fayllarda ekranda bevosita o'qishga, yoki chop etish qurilmasiga uzatishga mo'ljallangan alfavit raqamli axborot saqlanadi. Matnli fayllar kompyuter texnologiyalarida alohida rol o'ynaydi. Fayl nomi ikki qismdan iborat bo'ladi: bevosita ismning o'zi va uning kengaytmasi. Kengaytma ishtirok etmasligi mumkin. Bevosita nomning o'zi 4 dan 8tagacha belgi, kengaytma esa 1 dan 3 tagacha belgidan iborat bo'lishi mumkin. Kengaytma bevosita nodan «.» bilan ajratiladi. Misol.:RA
  • Ma'ruza-8: Virus va antivirus dasturlari. Arxivatorlar: Hozirgi fan va texnikaning rivojlanishi natijasida katta yutuqlarga erishildi va mikro va makro kompyuterlar yaratildi. Kelgusida kompyuterlarning yangi turlari yaratilishi kutilmoqda va viruslarning ham yangi turlari yaratilishi mumkin. Kompyuter viruslari dunyo miqyosidagi juda katta muammo bo'lib, axborotlarni " o'chiradi, dasturiy vositalarni ishdan chiqaradi, bemorlarga tashhis quyishda hatoliklarga yo'l qo'yishi mumkin. Kompyuter virusi - bu dasturchi muhandis(xakker)lar tomonidan maxsus yozilgan dasturlar bo'lib, u boshqa dasturlarni izdan chiqarishi (ya'ni uni zararlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma'qul harakatlari amalga oshirilishi mumkin. Ichida virus bo'lgan dastur "zararlangan" deyiladi. Mavjud bo'lgan viruslarning ko'pchiligi yadro sistemali fayllarni afzal ko'radilar, chunki ko'p zamonaviy kompyuterlarda fayllar sistemasi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, command.com fayliga birlashadilar va Dir komandasi bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko'p hollarda sistemaning zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojat qilganda ro'y beradi. Kompyuter zararlanganda, bir qancha g'aroyib hodisalar yuz beradi: - ba'zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi; - ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;
  • Ma'ruza-9: Windowsning standart dasturlari: Windows OT ning standart dasturlari deyilganda operatsion sistemada mavjud va sisitemada oddiy amaliy ishlarga mo'ljallangan dasturlar majmuasi tushiniladi. Standart dasturlar Pusk menyusining Programmiy bo'limidagi Standartniye menyusida joylashgan bo'lib ular quyidagilar: Ovoz bilan bog'liq imkoniyatlarini tahrirlash, aloqani ta'minlash buyruqlari, xizmat ko'rsatish buyruqlari, maxsus imkoniyatlar, sodda grafik va matn muharriri, manzil kitobi, yozuvlar yozishga mo'ljallangan Bloknot(yon daftarcha) dasturi, Sistema bilan tanishuv imkoniyatlarini hosil qiluvchi buyruqlar, Xisoblash ishlarini bajaruvchi Kalkulyator dasturi, Yo'l ko'rsatuvchi Provodnik ilovasi joylashgan. Ushbu sodda va xizmat ko'rsatuvchi dasturlardan foydalanib Windows OT ga ishlov beriladi va qaydlar qilib boriladi. Biz quyida amaliyotda ko'p qo'llanuvchi Standart dasturlarning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Bloknot dasturi. Ushbu dastur sodda matnlar bilan ishlovchi va ularni tahrirlovchi dastur hisoblanadi. U ishga tushgandan so'ng oddiy matn yozish uchun mo'ljallangan oyna hosil bo'lib, unda Sarlavha qatori(fayl nomi), menyular qatori( Fayl, Pravka, Format, Vid, Справка) joylashgan. Murakkab matnlarni yozishga mo'ljallangan
  • Ma'ruza-10: Amaliy dasturlar paketi. Amaliy dasturlar paketining asosiy turlari: Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur boʻlib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan moʻljallangan boʻladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, t'alimning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi. Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u keyin ham aniq yo'nalishlarda rivojla-nadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta'minlanishi-da alohida yetkazib beriladi, o'zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko'pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega. Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid oʻzaro bog'langan dasturlar majmui. 1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo'llaniladi. 2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo'llaniladi. 3)Umumyo'naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo'llab- quvvatlovchi tizimlar. 4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta'minlaydi. U oʻzida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi. 5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli boʻlgan matn prosessorlari. 6) Su'niy intellekt tizimlari. U oʻzida tabiiy tilda muloqat qilishni qoʻllab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan
  • Ma'ruza-11: Word matn muhariri uning imkonyati va intrfesi: Shaxsiy kompyuterlar paydo bo'lgandan buyon foydalanuvchilar uchun kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda yengillashtirib beruvchi yuzlab dasturlar yaratildi. Ma'lumki inson ish faoliyati davomida ko'plab matnlarni qayta ishlashiga to'g'ri keladi. Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan: “Microsoft”, “MultiEdit