Yoqilg’i va moylash materiallari
Ushbu o'quv qo'llanmasi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Termiz davlat universiteti tomonidan tayyorlangan bo'lib, unda transport vositalarining ekspluatatsiyasi jarayonida ishlatiladigan yonilg'i, moylash materiallari, texnik suyuqliklar va plastmassa, yelim, zichlovchi hamda izolyatsion materiallarning texnik tavsiflari, turlari, qo'llanilishi, xossalari, ularning sifati va baholash usullari chuqur yoritilgan. Kitobda umumiy energetika, benzin, dizel yonilg'ilari, alternativ yonilg'ilar, motor moylari, transmissiya moylari, plastik moylar, maxsus texnik suyuqliklar, tormoz suyuqliklari, gidravlik suyuqliklar, rezina materiallari, lok-buyoq materiallari, plastmassa, yelim, zichlovchi va izolyatsion materiallar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Qo'shimcha ravishda amaliy mashg'ulotlar va nazorat savollari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Neftdan YoMMni olish: Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xojaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi. Avtomobillarning mustaxkamligi, ishonchliligi, samaradorligi, uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun yonilg'i va moylash materiallarining sifatining roli. "Yoqilg’i va moylash materiallari" fanining maqsadi va vazifalari. Neftdan olinadigan yonilg'i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning fizik-kimyoviy xossalari va ularning ish jarayonida o'zgarishi. Neft tarkibiga kiruvchi uglevodorodlar va ularning sinflari. Tashqi ko'rinishi, hidi, zichligi, qaynash harorati, ishqalanish koeffitsientlari hamda qovushoqligini aniqlash usullari.
- Neftni to’g’ri haydash: Neftni qayta ishlash sxemalari, neftni tozalash texnologiyalari. Neftdan olinadigan asosiy komponentlar: benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, mazut, neft qoldiqlari va ularning tarkibi, xossalari, ishlatilishi. Neftni fizikaviy va kimyoviy usullarda qayta ishlash jarayonlari.
- Yonilg’ilar. Benzinlarning markalari va ularni olish usullari: Avtomobil benzinlariga qo’yiladigan talablar va ekspluatatsion xossalari. Benzinning normal va detonatsion yonishi. Oktan soni, uning aniqlanishi va benzin tarkibining unga ta’siri. Benzinning fraksion tarkibi. Alternativ yoqilg’ilar (etanol, vodorod, metanol, gazlar) va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
- Dizel yonilg’ilari. Dizel yonilg’ilari markalari: Dizel yonilg’isining sifati, klassifikatsiyasi, markalari va ularning qo’llanilishi. Dizel yonilg’ilarining kimyoviy tarkibi va xossalari. Dizel yonilg’ilarining o’z-o’zidan alangalanishi, tsetan soni va ularning ahamiyati.
- Alternativ yonilg’ilar: Siqilgan uglevodorod gazlari, suyuqlashtirilgan gazlar, generator gazi, biogaz, gazkondensatlar, spirtlar va vodorodning turlari, xossalari va qo’llanilishi. Avtomobillarda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning istiqbollari.
- Motor moylari. Motor moylari assortimenti. Sintetik moylar: Motor moylarining vazifasi va ishqalanish turlari. Moylovchi materiallar va ularning turlari. Moylarning xossalari, klassifikatsiyasi va markalanishi. Sintetik motor moylarining xususiyatlari va ularning qo’llanilishi. Motor moylarini almashtirish.
- Transmission moylar. Plastik moylar: Transmission moylarining ishlash sharoiti va ularga qo’yiladigan talablar. Ularning xossalari va baholash metodlari. Plastik moylarning vazifasi, tarkibi va markalanishi. Ularning turlari va qo’llanish sohasi.
- Maxsus texnik suyuqliklar. Gidravlik moylar: Sovituvchi suyuqliklar, tormoz suyuqliklari va gidravlik moylarning turlari, xossalari va qo’llanilishi. Ularning klassifikatsiyasi va ishlatilishi.
- Rezinaning qattiqligi va undan tayyorlangan buyumlarning xossalari: Rezina materiallarining asosiy tarkibiy qismlari va ularning xossalari. Kauchuk va sintetik kauchuklarning turlari va ishlatilishi. Rezina buyumlarining fizikaviy-mexanikaviy xossalari va ularning ta'mirlash uchun materiallar.
- Lok-buyoq materiallari. Plastmassa, yelim, zichlovchi va izolyatsion materiallar: Lok-buyoq materiallarining turlari, xossalari va qo’llanilishi. Ularning asosiy komponentlari va qatlam hosil qilish usullari. Plastmassa, yelim va zichlovchi materiallarning turlari va xossalari.