Mashina -traktor parkidan foydalanish

Ushbu kitob qishloq xo‘jaligi mashinalari va traktor parkidan foydalanish asoslari, texnik servis, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni loyihalash, agregatlarning harakat tenglamasi, ish mashinalarining foydalanish-texnologik xossalari, agregatlarni tuzish (komplektlash), agregatlar kinematikasi, agregat ish unumining ishlab chiqarishdagi ahamiyati, agregatlardan foydalanish samaradorligi, agregatlardan foydalanish sarf-harajatlari va ularni pasaytirish yo‘llari, transport vositalaridan qishloq va suv xo‘jaligida foydalanish, transport turlari, mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi va ishlab chiqarish qoidalari, agrosanoatdagi texnik tizimlar va ularni rivojlantirish yo‘nalishlari, texnik servis xizmati ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasi, rivojlanish istiqbollari, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat sarfi, energiya, yoqilg‘i va surkov moylari sarfi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari, pul mablag‘larining foydalanish sarflari, meva va sabzavotlarni yig’ishtirib olishning o’ziga xos xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish, g’allani yig’ishtirib olish samaradorligini oshirishdagi innovatsion texnologiyalar kabi mavzularni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Mashina-traktor parkidan foydalanish asoslari: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari. Ishlab chiqarish jarayonlari va mashina-traktor agregatlarining umumiy tasnifi. Agregatning harakat tenglamasi. Ish mashinalarining foydalanish-texnologik xossalari. Harakatlanuvchi (mobil) energiya vositalarining foydalanish xossalari. Agregatlarni tuzish (komplektlash). Agregatlar kinematikasi. Mashina traktor agregatlarining burilish va harakatlanish turlari. Agregat ish unumining ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Qishloq xo‘jaligi agregatlaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari. Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish istiqbollari. Mashina-traktor agregatlarining foydalanish sarf-harajatlari va ularni pasaytirish yo’llari.
  • Qishloq va suv xo’jaligida transport: Transportning mamlakat rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati. Transport vositalaridan qishloq va suv xo’jaligida foydalanish. Transport turlari.
  • Mexanizatsiyalashgan ishlar texnologiyasi: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni loyihalash. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarish qoidalari. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish xaritasi.
  • Agrosanoatdagi texnik tizimlar va ularni rivojlantirish yo‘nalishlari: Agrosanoatdagi texnik tizimlar va ularni rivojlantirish yo‘nalishlari to’g’risida asosiy ma’lumotlar. Texnik tizimlarni boshqarish strategiyalari.
  • Texnik servis xizmati ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasi, rivojlanish istiqbollari: Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasi, rivojlanish istiqbollarini o’rganish to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish.
  • Paxtani mashinada terish samaradorligini oshirishdagi innovatsion texnologiyalar: Paxtani mashinada terish samaradorligini oshirishdagi innovatsion texnologiyalar.
  • G‘allani yig‘ishtirib olish samaradorligini oshirishdagi innovatsion texnologiyalar: G‘allani yig‘ishtirib olish samaradorligini oshirishdagi innovatsion texnologiyalar.
  • Meva va sabzavotlarni yig’ishtirib olishning o’ziga xos xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish: Meva va sabzavotlarni yig’ishtirib olishning o’ziga xos xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish.
  • Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat sarfi: Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat sarfini tejash mashina-traktor agregatlaridan foydalanishda mexanizatsiyalashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligini muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
  • Energiya, yoqilg‘i va surkov moylari sarfi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari: Energetik sarflar. Texnikalardan foydalanish hisoblarida asosan, Ai foydali va At to’liq energetik sarflardan foydalaniladi. Foydali energetik sarflar quyidagicha aniqlanadi.
  • Pul mablag‘larining foydalanish sarflari: Foydalanish hisoblarida asosan bevosita va keltirilgan pul harajatlari qo’llaniladi. Bevosita sarflar bevosita bajariladigan ishlarga ketadigan sarflarni hisobga oladi.