Elektrotexnologiya va uning qurilmalari

Ushbu o’quv-uslubiy majmua «Elektrotexnologiya va uning qurilmalari» fani bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 5310200 – Elektr energetikasi ta’lim yo’nalishi uchun fanning o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu dastur elektrotexnologiya va uning qurilmalari fanini asosiy muammolarini yechish, O’zbekiston Respublikasida energetika taraqqiyotining strategiyasi, istiqboli hamda ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar natijalari va elektr energetikasi sohasi bo’yicha xududiy masalalarni hal qilishni o’z ichiga oladi.
  • Fanning maqsad va vazifalari: Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarda sanoat korxonalarida elektrotexnologiya jarayonlarini va qurilmalarini mukammal o’rganishi, ulardan kundalik qayotda foydalanishni bilishi va ularni tasniflashni qamda turlarga ajratishni o’rganishi lozim.to’g’risida bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
  • Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar: Elektrotexnologiya va uning qurilmalari o`quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - Elektrotexnologiya va uning qurilmalari, uning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan elektrotexnologik qurilmalarni bir biridan farqlay olishi va ularni kelib chiqish sabablarini asosiy atamalar va tushunchalar haqida bilishi kerak ; - talaba elektrotexnologiya qurilmalari va parametrlarini hisoblash hamda elektr kattaliklarni o’lchash yo’llari xaqida ko`nikmalarga ega bulishi kerak; - talaba ishlab chiqarish korxonalaridagi elektrotexnologik qurilmalarni ishlatish, loyihalash malakalariga ega bo`lishi kerak.
  • O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi: Elektrotexnologiya va uning qurilmalari fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, 7-semestrda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oily matematika, fizika), ihtisoslik (Elektromexanika, elektronika va elektrotexnika, Elektr yuritma va uni avtomatik boshqarish) fanlaridan etarli bilim va kunikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
  • Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Uquv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-’edagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or ‘edagogik texnologiyalardan va mulhtimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
  • SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim: Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, mahlum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
  • Tizimli yondoshuv: Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
  • Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv: SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
  • Dialogik yondoshuv: Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish: Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga ehtiborni qaratish zarurligini bildiradi.
  • Muammoli ta’lim: Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obhektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati tahminlanadi.
  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash: yangi kom’yuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
  • O’qitishning usullari va texnikasi: Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, ‘inbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
  • O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, ‘olilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
  • O’qitish vositalari: o’qitishning anhanaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kom’yuter va axborot texnologiyalari.
  • Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan o’erativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
  • Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
  • Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
  • Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test to’shiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
  • Asosiy qism: Kirish. Elektrotexnologik jarayonlar haqida tushuncha. Elektrostatik qurilmalar. Quruq aralashmalarni ajratish, elektrofiltrlar. Suspenziya. Suspenziya va kolloidlarni bo’lish. Magnit qurilmalar va ularni qo’llash tushunchasi. Elektromagnit separatorlar haqida tushuncha. Suvga magnit ishlov berish qurilmalari. Magnitli impuls qurilmalari. Qurilmani printsipial sxemasi va ish printsipi. Magnitli ishlov berish turlari. Infra qizil nurlar. Infraqizil nurlar. Infraqizil nurlanish manbalari va ularni qo’llash soxalari. Ultrabinafsha nurlar. Ultrabinafsha nurlanish manbalari va ularni qo’llash. Mehnat muhofazasi. Elektr uckunlar bilan yoki elektr eroziya ishlov berish usuli. Elektr eroziya qurilmalarini elektr jihozlari. Ishlovni ultratovush usullari. Ultratovush qurilmasini asosiy vazifasi.Ultratovush chastotasini manbalari. Magnitostriktsiya. Pezoelektrik o’zgartirgichlar. Ultratovushni texnologik jaraenlarda ishlatishni uch asosiy soxalari. Ultratovush yerdamida texnologik jaraenlarni tezlashtirich. Sanoat qurilmalari. Ultratovushni oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda qo’llash. Ultratovush yerdamida texnologik jaraenlarni nazorat qilish. Elektrotermik qurilmalar. Elektrotermik qurilmalarni tasniflanishi. Ishlatilish soxalari. Elektrik xarakteristikalar. Metall zagotovkani to’g’ridan-to’g’ri qizdiruvchi qurilma. Oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishi. Elektroplazmoliz. To’g’ridan-to’g’ri qizdiruvchi elektr pechlari. Bilvosita qarshilikda qizdiruvchi elektr pechlari. Tasniflash. Kamerali pech. SHaxtali pech. Pechlarni elektr uskunalari. Pechlardagi xaroratni, quvvatni rostlash. Elektr payvandlash qurilmalari. Elektr payvandlash va uni turlari. payvandlash transformatorlarini sxemalari. Kontaktli payvandlash. To’qnashtirib payvandlash va nuqtali payvandlash. Rolikli (chokli) payvandlash. Induktsion qizdirish qurilmalari. Sanoat chastotasida ishlaydigan qurilmalar. O’rta chastotali qurilmalar. Yuqori chastotali qurilmalar. Termoishlovdagi qizdirish induktorlari.
  • Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg’ulotlarda elektroliz jarayoni parametrlarini, elektr va magnit impul’s parametrlarini, galg’vanostegiya jarayonlari parametrlarini, elektr isitgich elementlarini tanlash va dielektrik qizdirish jarayoni parametrlari va ularni hisoblashlarni o’rganiladi. Amaliy mashg’ulotlarni olib borishda yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va turli xil mavzuga doir animatsiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Elektr qizitish uskunalarni issiqlik hisobi. 2. Qarshilik bilan bevosita qizdirish. Kontaktli qizdirish. 3. Suv qizdirgichlarni va bug’ qozonlarini elektrodlar sistemalarni hisobi. 4. Elementli qizdirgichlarni hisoblari. 5. Elementli qizdirgichlarni taxminiy hisoblari. 6. Induktsion qizdirgichlarni hisobi. 7. Elektr tok bilan ishlov berish. 8. Parrandalarga elektroaerozol ishlov berishni jarayonini va uskunani parametrlarini hisoblash. 9. Kuchli elektr maydonlaridan texnologik jarayonlarida foydalanish.
  • Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni: Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: - darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; - tarqatma materiallar bo’yicha mahruzalar qismini o’zlashtirish; - avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash; - yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish; - o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish; - faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari o’tkazish; - masofaviy (distantsion) tahlimni o’rganish.
  • Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 1. Elektrotermik uskunalar quvvati va asosiy energetik parametrlarini hisoblash. 2. Qizitgich transformatori quvvatini hisoblash va tanlash. 3. Elektr uchqunlarni hosil qilish sxemalari. 4. Elektr maydonlardan foydalanishni istiqbolli yo’nalishlarini o’rganish. 5. Magnit maydonlardan foydalanishni istiqbolli yo’nalishlarini o’rganish. 6. O’qituvchi topshirig’iga binoan konkret elektrotexnologik jaraen uchun uskunalar tanlash. 7. Elektrotexnologiyada energiya tejash masalalarini o’rganish.
  • Dasturning informatsion – uslubiy tahminoti: Mazkur fanni o’kitish jarayonida tahlimni zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalari ko’llanilishi nazarda tutilgan. -mahruza darslarida zamonaviy kompg’yuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron–didaktik texnologiyalardan; -amaliy mashgulotlarda akliy xujum, guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalarini ko’llash nazarda tutiladi.
  • Reyting tizimi asosida baholash mezoni: Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: - yakuniy nazoratga – 30 ball; - joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
  • Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi na’munaviy mezonlar tavsiya etiladi: a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi lozim: -fanning mazmunini bilish, aytib bera olish; -tasavvurga ega bo’lish; -hodisaning mohiyatini tushunish; -xulosa va qarorlar qabul qilish; -ijodiy va mantiqiy fikrlay olish; -mustaqil mushohada yurita olish; -olingan bilimlarni amalda qo’llay olish. b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi lozim: -fanning mazmunini bilish, aytib bera olish; -tasavvurga ega bo’lish; -hodisaning mohiyatini tushunish; -mustaqil mushohada yurita olish; -olingan bilimlarni amalda qo’llay olish. c) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: -fanning mazmunini bilish, aytib bera olish; -hodisaning mohiyatini tushunish; -tasavvurga ega bo’lish. d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin: -aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; -bilmaslik.
  • Talabaning fan bo’yicha bir semestdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:: Rf = (V·O’)/100 bu yerda: V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda); O’ –fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).