O’tkinchi jarayonlar
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «O’tkinchi jarayonlar» fanini o’qitish bo’yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 60710600 – Elektr energetikasi ta’lim yo’nalishi uchun fanning o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, tajriba va amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- SILLABUS: Fanning dolzarbligi. Ishlab chiqarishning energetik sohalarida faoliyat olib borayotgan bakalavriaturani bitirgan mutaxassislar elektr sistemasi elementlarida sodir bo’ladigan jarayonlarni taxlil qilishni bilishlari shart. Elektr energetik sistema (EES)da uzatilayotgan aktiv quvvat chegaralarini aniqlash bilan birga sistemaning statik va dinamik turg’unligini, xamda yuklamalar turg’unligini baholash usullarini, sistema statik va dinamik turg’unligi zaxirasini oshirish va yaxshilash tadbirlarini, shuning uchun ham ushbu fan dolzarbdir. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi. «O’tkinchi jarayonlar» fani 4-5 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (elektr mexanika; elektr texnikaning nazariy asoslari; elektr texnik materiallar; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektr energetika asoslari (o’ta kuchlanish va izolyatsiya; o’tkinchi jarayonlar; elektr tarmoqlari va tizimlari; releli himoya va avtomatikasi x.k.) va ixtisoslik (elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; elektr stantsiyalari va tarmoqlarni ishlatish; elektr stantsiyalari va elektr energetika tizimlarining avtomatikasi) va x.k fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bulishlik talab etiladi. Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o’rni. Ushbu fan elektr energetika tizimlarini loyihalash, ishlatish va holatlarini boshqarishda uning elementlarining xarakteristikalarini bilish, almashtirish sxemalarini qurish, normal va avariyadan keyingi holatlarinining statik turg’unligini hamda avariya rejimidagi dinamik turg’unligini baholash va hisoblash, hamda taxlil qilish uchun zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun ushbu fan asosiy umumkasbiy xisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir. Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, hamda o’quv mashg’ulotlarini loyihalash. Talabalarning “O’tkinchi jarayonlar” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, Insert, klaster, “Venna”, Sinkveyn va boshqalar)dan foydalaniladi.
- O’quv kursining statusi: Umumkasbiy fanlar
- Dastlabki tayyorgarlik: Kurs «Matematika», «Fizika» «Elektromexanika» va «Elektrotexnika nazariy asoslari» fanlarining o’zlashtirilgan bilimlariga asoslanadi.
- Fanning predmeti va mazmuni: – Talabalarga “O’tkinchi jarayonlar” fanining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, qonunlarini o’rgatish, hamda amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishga yo’naltirilgan.
- Fanni o’qitishdan maqsad: – Elektr sistema elementlarining holatlarini hisoblash va taxlil kilish uchun ularning almashtirish sxemasini tuzishni, elektr sistemalari elementlarida kechadigan elektr magnit va elektr mexanik o’tish jarayonlarini, ularni xolatlarini o’rganishda ularda kechadigan o’tish jarayonlariga turli faktorlarning ta’sirini taxlil kilish uchun ko’llaniladigan asosiy tenglamalarni tuzishni, ularni yechishda xisoblash usullaridan hamda hisoblash texnikasidan foydalanishni o’rgatishdir.
- Fanni vazifasi: – Talabalarga: - avtomatik boshqarish vositalarini; - releli himoya elementlarini tanlab olish uchun turli qisqa tutashuv toklarini aniqlash; - elektr energetik sistema (EES)da uzatilayotgan aktiv quvvat chegaralarini aniqlash bilan birga sistemaning statik, dinamik va natijaviy turg’unligini, hamda yuklamalar turg’unligini baholash va yaxshilash usullarini chukur o’rganish va amaliy kunikmalarni xosil kilish. - elektr sistema elementlarining almashtirish sxemalarini qurish, hisob parametrlarini topish va ularni nisbiy va nomlangan birliklarda ifodalash haqida tasavvurga ega bo’lishi; - elektr sistemada uzatilayotgan aktiv quvvatning uzatilish chegarasiga sistemada kuchlanishning o’zgarishini, qo’zg’atishni avtomatik rostlagichning, kompensatsiyalovchi qurilmalarning ta’sirini hisoblashni va taxlil qilishni bilishi, sistemaning statik, dinamik, natijaviy va yuklama turg’unligini baholashda hisoblash usullaridan foydalanishni, hamda sistema turg’unligini oshirishda qo’llaniladigan rejimiy va sistemaviy tadbirlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; - sistemaning statik, dinamik, natijaviy va yuklama turg’unligini baholashda hisoblash usullaridan foydalanishni, hamda sistema turg’unligini oshirishda qullaniladigan rejimiy va sistemaviy tadbirlarni, sistema turg’unligiga yuklamalarning rostlash effektlarining ta’sirini tahlil kilishni, sistema rejimini baholashda unga turli faktorlarning ta’sirini to’g’ri taxlil kilish to’g’risida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - sistema turg’unligiga yuklamalarning rostlash effektlarining ta’sirini tahlil kilishni, sistema rejimini baholashda unga turli faktorlarning ta’sirini to’g’ri taxlil kilish to’g’risida, elektr sistema elementlarida kechayotgan elektr magnit va elektr mexanik o’tish jarayonlarini, sistemaning statik va dinamik turg’unligini baholash hamda hisoblashda ko’llaniladigan hisoblash usullari to’g’risida malakalariga ega bo’lishi kerak.
- T/r: Mavzu
- Umiy yuklama hajmi: Auditoriya mashg’ulotlari (soatlar)
- Jami: Ma’ruza, Amaliy mashg’ulot, Tajriba ishi, Seminar, Kurs loyihasi, Mustaqil ta’lim
- 1.: EES elementlarining almashtirish sxemalari (generatorlar, transformatorlar, Elektr uzatish yo’llari, yuklamalar va ularning parametrlari.)
- 2.: Nisbiy birlik sistemalari.
- 3.: Sistema elementlarining rejim va sistema parametrlarini nisbiy birliklarda ifodalash tartiblari
- 4.: Sistema elementlarining konturlarida kechayotgan o’tkinchi jarayonlarning to’la va soddalashtirilgan tenglamalari . Bu tenglamalarning va holat parametrlarining faza va aylanuvchi koordinatalardagi ko’rinishi.
- 5.: O’zgaruvchan tokning oniy va samarali (effektiv) qiymatlari.
- 6.: Qisqa tutashuvlarni hisoblash masalalari. To’satdan holat buzilishlarining boshlang’ich lahzasi.
- 7.: Qisqa tutashuvning barqarorlashgan xolati. Sistema
- 8.: elementlarning tenglamalari va ularni xisoblash usullari.
- 9.: O’tkinchi va o’ta o’tkinchi qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlar(EYuK)
- 10.: Qisqa tutashuvni hisoblashning amaliy usullari: ustma–ust qo’yish (super-pozitsiya), tugun kuchlanishlari tenglamalari va ularni hisoblash usullari
- 11.: Tizimning ko’ndalang va buylama nosimmetrik holatlari va o’tish jarayonlari. Asosiy tushunchalar.
- 12.: Simmetrik tashkil etuvchilar usuli; tizim elementlarining to’g’ri, teskari va nolinchi ketma - ketliklar uchun almashtirish sxemalari va parametrlari
- 13.: Tizimning xolatlariga mos keluvchi almashtirish sxemalari; kompleks almashtirish sxemalari; to’g’ri ketma – ketlikni ekvivalentligi qoidasi; nosimmetrik qisqa tutashuvni hisoblash usullari
- 14.: O’tish jarayonlarining kechish vaqti. Elektr sistema statik elementlarining zanjirlaridagi (EUY, transformatorlar) o’tish jarayonlar
- 15.: Aylanuvchi mashinalarning zanjirlarida o’tish jarayonlarining tenglamalari va ularni hisoblash xaqida qisqa ma’lumotlar
- 16.: O’tish jarayonlariga qo’zg’atish tokini avtomatik rostlagichning (QAR) va qo’zg’atish tokini jadallashtirish(forsirovkani) ta’siri.