Yo’nalishga kirish

Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Yo’nalishga kirish" fani bo’yicha ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha ko’rsatmalar, ishchi o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Texnika taraqqiyotida energetikaning ahamiyati: Ushbu mavzu energetikaning texnika taraqqiyotiga ta’sirini, fan va iqtisodiyotga ta’sirini, mamlakatni iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini, elektr erergiyasini xosil bo’lish jarayonlari, korxonalarning elektr ta’minoti, turli xil elekrt apparatlati va elektr xavfsizligi asboblar xaqida umumiy tushunchalarga hamda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
  • O’zbekistonda energetikaning o’rni va O’rta osiyo energotizimi: O’zbekistonda energetikaning rivojlanishi. O’rta osiyo energotizimini vujudga kelishi. Energotizimni bir butun tizim sifatida ishlashi.
  • Elektrostantsiyalarning turlari. Elektrostantsiyalardagi yoqilg’i turlari.: Elektr energiyasini ishlab chikarish. Yoqilg’i turlari.
  • Issiqlik elektr stantsiyalari: Issiqlik elektr stantsiyalari tuzilishi, ishlash printsipi. Turli yoqilg’ilardan foydalanish.
  • Kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari: Issiqlik elektr stantsiyalarini turlari. Kondensatsion elektr stantsiyalari (KES). Katta quvvatli KES lar.
  • Issiqlik elektr markazlari: Elektr va bug’ ishlab chiqarish. Bug’ni sanoat va fuqaro inshootlari uchun axamiyati. Issiqlik elektr markazlari va ulardan foydalanish.
  • Gaz turbinali va bug’-gaz qurilmali elektr stantsiyalar: Gaz turbinali issiqlik elektr stantsiyalari. Bug’-gaz qurilmali issiqlik elektr stantsiyalari. O’zbekiston sharoitida ulardan foydalanish.
  • Gidroelektrstantsiyalar va gidroakkamulyatsion elektr stantsiyalari: Gidroelektrstantsiyalarni qurish va foydalanish. Gidroakkamulyatsion elektr stantsiyalari. Yirik gidroelektrstantsiyalar.
  • Atom elektr stantsiyalari: Atom elektr stantsiyalarini tuzilishi va ishlash printsipi. AES larni foydali ish koeffitsenti. Atrof muhitga ta’siri.
  • Quyosh elektr stantsiyalari: Quyosh elektr stantsiyalari. Quyosh elektr stantsiyalarini tarkibi va ulardan foydalanish.
  • Shamol elektr stantsiyalari: Shamol elektr stantsiyalari. Shamol elektr stantsiyalarini tuzilishi va ularni ishlatish.
  • Dizel va magnitoelektrik elektr stantsiyalari: Dizel elektr stantsiyalari. Dizel elektr stantsiyalarini ishlatish. Magnitoelektrik elektr stantsiyalari.
  • Oqim, geotermal va bioenergetik elektr stantsiyalari: Oqim elektr stantsiyalari. Geotermal elektr stantsiyalari. Bioenergetik elektr stantsiyalari.
  • Elektr stantsiyalardagi elektro generatorlarni turlari. Turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar: Elektro generatorlardan foydalanish. Elektrostantsiyalardagi elektrogeneratorlar. Turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar.
  • Elektr energiyani ishlab chikarish jarayoni. Elektr tokini hosil qilish.: Elektro generatorni tuzilishi va ishlash printsipi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni.
  • Elektr energiya bilan ta’minlashdagi toifalar. Iste’molchilarni alohida guruhlarga bo’linishi.: Iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashdagi ishonchlilik toifalari. Iste’molchilarni alohida guruhlari.
  • O’zbekiston energetika tizimida zamonaviy elektr o’lchov apparatlarini o’rnatish va energiyani tejash tadbirlari.: Zamonaviy elektr o’lchov apparatlari, ulardan foydalanish. Energiyani tejash tadbirlari.
  • Elektr energiya ishlab chiqarish,uzatish va taqsimlash.: Elektr energiyani ishlab chiqarish. Uzoq masofalarga uzatish. Iste’molchilarga taqsimlash.
  • Podstantsiyalarining joylashuvi, turlari.: Kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi podstantsiyalar. Podstantsiyalardan foydalanish.
  • Podstantsiyalarining sxemalari.: Podstantsiyalarining sxemalari. Sxema elementlarini bilan tanishish.
  • O’zbekiston Respublikasi dispetcher boshqaruvi hizmati.: O’zbekistonRespublikasi elektr tizimi haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi dispetcher boshqaruvining tezkor xabar bilan ta’minlanish usullari.
  • Elektrdan himoyalashning asosiy va qo’shimcha vositalari.: Elektrotexnik hodimning vazifalari. Elektrotexnik hodimning tayyorgarligi va javobgarligi. Elektrdan himoyalashning asosiy vositalari.