Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi
Ushbu kitob "TRANSPORT VOSITALARI TUZILISHI VA TEXNIK EKSPLUATATSIYaSI" fanining asosiy mavzularini va ularning mazmunini o'z ichiga olgan bo'lib, o'quv jarayonida talabalarga avtomobil tuzilishi, ishlash jarayonlari, ekspluatatsiya sharoitlari va ularning konstruksiyasini baholash usullari haqida bilim berishga qaratilgan. Kitobda avtomobil sanoati va transporti tarixi, umumiy tuzilishi, dvigatellar, transmissiya, moylash, sovutish, tormoz tizimlari, rul boshqarmasi, shinalar, kuzov va boshqa muhim tizimlar batafsil o'rganilgan. Shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlari va mustaqil ishlar uchun materiallar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobil sanoati va transporti.: Avtomobil sanoatining rivojlanish etaplari, O’zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari, avtomobil transportining Respublika xalq xo’jaligidagi axamiyati, avtomobilning tasnifi, umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari.
- Ichki yonuv dvigatellari.: Dvigatelning vazifasi, asosiy parametrlari, ikki va to’rt taktli porshenli ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi, ko’p tsilindrli dvigatellar va ularning ishlash tartibi, rotorli va gaz turbinali dvigatellar.
- Krivoship-shatunli mexanizm (KShM).: KShM vazifasi, ishlashi, detallarning konstruktsiyasi, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas detallari, ishlatiladigan materiallar.
- Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM).: GTM tarifi, vazifasi va ishlash printsipi, GTM ning turlari, detallarning tuzilishi va ishlashi, GTM fazasining diagrammasi.
- Sovitish tizimi.: Sovitish tizimining vazifasi, ishlash printsipi, detallarning tuzilishi va ishlashi, radiator va uning turlari, suyuqlik nasosi, termostat.
- Moylash tizimi.: Moylash tizimining vazifasi, ishlash printsipi, moylash usullari, moylash tizimining tuzilishi va ishlashi, moylash jihozlari.
- Benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimi.: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimi, yonilg’i va havo aralashmasining hosil bo’lishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari.
- Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi.: Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi, yuqori bosimli nasos va forsunkalar, ularning ishlash tartibi va texnik xizmat ko’rsatish.
- Gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimi.: Gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimi, gaz ballonlarining tuzilishi, ishlashi va texnik xizmat ko’rsatish.
- Avtomobilning oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash.: Avtomobilning oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklari, ularning vazifasi va tuzilishi.
- Avtomobilning rul boshqarmasi.: Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, rul mexanizmlari.
- Tormoz boshqarmasi.: Tormoz tizimining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi, tormoz mexanizmlari, tormoz yuritmalar va gidrovlik hamda pnevmatik tormoz tizimlari.
- Avtomobilning shinalariga TXK va JT texnologiyasi.: Avtomobil shinalarining turlari, ularning texnik xizmati va ta’mirlash texnologiyasi.
- Avtomobilning texnik holati va ekspluatatsiyasi jarayonida o’zgarishi.: Avtomobilning texnik holatining o’zgarish sabablari va ularning ishonchlilik ko’rsatkichlari.
- Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti.: ATK larda moddiy texnika ta’minoti xizmati vazifalari, ehtiyot qismlar va materiallarni me’yor bo’yicha rejalash, ATK ni yonilg’i va boshqa energiya resurslari bilan ta’minlash.
- Avtomobilning yurish qismi.: Avtomobilning yurish qismlarini turlari, vazifasi, tuzilishi, ishlashi va avtomobilga o’rnatilishi.