Ta’lim yo‘nalishiga kirish (kredit-modul tizimi)

Ushbu ta'lim jarayonining mazmuni "Ta'lim sohasi bo'yicha qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar" mavzusini o'z ichiga oladi, bu esa O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, ta'lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari, oliy ta'lim tizimining qonunchiligi, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, fan dasturlari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tanishishni ta'minlaydi. Undan tashqari, korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy asoslari hamda xorijiy davlatlardagi kredit ta'lim tizimi, kredit-modul tizimining muhim tamoyillari, talabalar va o'qituvchilar faoliyati, shuningdek, ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash tizimlari ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Ta'lim sohasiga oid qonun, qonunosti hujjatlari va ularning mazmuni: Ta'lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimiga oid qonun hujjatlari, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, fan dasturlari, korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy asoslari.
  • Xorijiy davlatlardagi kredit ta'lim tizimi. Kredit-modul tizimining muhim tamoyillari: Dunyo mamlakatlari oliy ta'lim tizimlari va kredit ta'lim tizimi. Kredit-modul tizimining O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limda mavjud elementlari. Mustaqil ta’limning ustuvorligi. Talabaga yo‘naltirilganlik. Akademik almashinuvchanlik. Modullilik. Baholashning shaffofligi.
  • Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish: Kredit-modul tizimining imkoniyatlari va muammolari. Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish. Talaba tanlovi va shaxsiy o‘quv traektoriyasi. O‘quv jarayoni me’yoriy ish hujjatlari.
  • Kredit-modul tizimini raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar: Moodle LMS tizimi imkoniyatlari. TATU, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, TDIU, O’zMU, TDYuU, TDTU, TKTI tajribalari.
  • HEMIS axborot tizimi va undan foydalanish imkoniyatlari: Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o’qituvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlash.
  • Kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil qilish: Talabaning mustaqil ishi (TMI) - bu talabaning o’ziga xos o’quv faoliyati bo’lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o’qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo’naltirilgan. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o’quv materialini o’zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog’liq bo’ladi.
  • Registrator ofisi faoliyati: Registrator ofisi (Office of Registrar) – talabaning barcha o’zlashtirish ko’rsatkichlari tarixini qayd qilish bilan shug’ullanuvchi xizmat turidir. Registrator ofisi (RO) qabul komissiyasi negizida tashkil qilingan va dekanatlarning bir qism vazifalari berilgan tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
  • Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o‘zlashtirishni baholash tizimi: Kredit-modul tizimida akademik faoliyat turlari. Lektor, tyutor, edvayzer va boshqa sub’ektlarning vazifalari. O‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturi(sillabus), talabaning mustaqil ishi sifatini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar. Talabaning mustaqil ishini baholash. O‘zlashtirishni baholash tizimi va mezonlari.
  • Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti: Mutaxassislikning o’quv-uslubiy majmuasi. Davlat ta’lim standartlari. Malaka talablari. O‘quv rejalar. Tanlov fanlari katalogi. Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi. Mustaqil ishning uslubiy ta’minoti. Talabaning axborot paketi. Ma’lumotnoma ko‘rsatkich. Dars jadvallari.
  • Ta’lim yo‘nalishining mutaxassislik (majburiy va tanlov) fanlari tahlili: Mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlar bilan tanishib chiqish. Talabalarga – o‘quv rejadagi fanlar ketma-ketligini tanlash bo‘yicha to‘g’ri ko‘rsatmalar berish. Mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda adabiyotlardan foydalanish va qanday topish haqida umumiy tushunchalar berish.
  • Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi: Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi. Avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati. Umumiy ma’lumotlar.
  • Avtomobil konstruktsiyasi: Transport vositasining tarifi va vazifasi. Pasajir transport vositasi. Yuk trasport vositasi. Tirkama transport vositasi. Avtomobil konstruktsiyasining rivojlanish tarixi. Avtomobilning umumiy tuzilishi. Texnikaviy xarakteristikalari va belgilanishi (markirovkalanishi).
  • Avtomobil dvigateli: Avtomobil dvigatelining tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari. Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to‘rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar. Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.
  • Transport vositalarida qo‘llaniladigan ekspluatatsion materiallarini rivojlanishi va unga bog‘liq hukumat qarorlari: Neft energiya manbai sifatida. Butun dunyoda va respublikamizda neft, gaz va gaz kondensati zaxiralari haqida. Dunyo hamjamiyatida neft, gaz, gaz kondesatini qazib olish va ulardan va neft mahsulotlarini olishda respublikamizni tutgan o`rni.
  • Umumiy qoidalar. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari: O‘zbekiston Respublikasida yo‘l xarakatlanishning yagona tartiblari. Respublikadagi yo‘llarda transport vositalarining o‘ng taraflama harakati. Yo‘l xarakati qatnashchilariga qo‘yoladigan talablar. Qoidalarda qo‘llanilgan asosiy tushuncha va atamalar. Yo‘l xarakati qatnashchilarining vazifalari.