Terakning ko'chat zararkunandalarini bioekologik rivojlanish xususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari

Ushbu avtoreferat Elboboyev Abdugani Shuxrat Oʻgʻlining

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu qismda tadqiqotlarning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari hamda predmet va ob'ektlari tavsiflangan, tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi koʻrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va Dissertatsiya tuzilishi boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.
  • Terak zararkunandalarining bioekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari (Adabiyotlar sharhi): Ushbu bobda mavzu boʻyicha mahalliy va xorij adabiyotlari tahlil qilinib, yong'oq daraxtlari bilan ozuqa zanjiriga bog'liq boʻlgan zararkunandalarning xilma-xilligi, ularning qisqacha ta'rifi keltirilgan. Terak pitomniklariga zarar yetkazuvchi zararkunandalarning ahamiyati, sonining tabiiy boshqarilishi va kurash usullari.
  • Tadqiqot oʻtkazilgan joyning tabiiy iqlim sharoiti va tajriba oʻtkazish uslublari: Ushbu bobda tadqiqotlar oʻtkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoitlari va tadqiqot oʻtkazish uslublari keltirilgan.
  • Terakning tur-tarkibi, bioekologiyasi hamda tabiiy entomofaglari va ahamiyati: Ushbu bob tadqiqot o'tkazilgan muddatlar mobaynida terak pitomniklarida uchraydigan zararkunandalarni to'plash va ularning turini aniqlashga bagishlangan. Toshkent viloyati sharoitida oʻrmon xoʻjaligi terakzorlarida 53 turdagi zararkunandalardan aniqlangan.
  • Terak koʻchatlarini asosiy zararkunandalariga qarshi kurash choralari: Ushbu bobda terak koʻchatlari agrobiotsenozida afidofaglarning samarasi, ularning tashqi muhit omillariga javob reaksiyasi va turning biologik xususiyatlariga, oʻsimlikdagi zararkunandalar populyatsiyasining zichligiga, entomofaglarni ekin maydonlariga chiqarish miqdoriga va oʻsimliklarning morfologik xususiyatlariga bog'liq ekanligi oʻrganilgan.
  • Xoʻjalik hamda iqtisodiy samaradorligi: Ushbu bobda terak koʻchatlarini himoya qilishda ishlatilgan usul va vositalarning xoʻjalik hamda iqtisodiy samaradorligini oʻrganish va eng yuqori biologik samaradorlikni koʻrsatgan preparatlarning xoʻjalik va iqtisodiy samaradorligini oʻrganish maqsad qilingan.