"Ona tili" 10-sinf

Ushbu darslik O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2017-yilda chop etilgan boʻlib, 10-sinf oʻrta umumtaʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Darslikning boshlanishida O‘zbekistonning boy til merosi, uning tovush qurilishi, grammatikasi, badiiy imkoniyatlari haqida ma’lumot berilgan. Tilning ona va millat ruhini ifodalashi ta’kidlangan.
  • Milliy til va adabiy til.: Milliy tilning boyligi, uning tarkibiy tuzilishi, shakllanishi, adabiy tilning roli, millatni birlashtirishdagi ahamiyati haqida maʼlumot berilgan. O‘zbek adabiy tilining og‘zaki va yozma shakllari farqlari tushuntirilgan.
  • Nutqiy uslublar va til vositalari: Nutqiy uslublarning turlari (so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy, rasmiy) va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, til vositalaridan foydalanish usullari, uslubiy bo‘yoq turlari, ma’nodosh, shakldosh so‘zlar, shevaga oid birliklar, eskirgan so‘zlar, terminlar, kasb-hunar leksikasi va iboralar, morfologik vositalar (ko‘plik, kelishik, subyektiv baho, zamon, shaxs-son qo‘shimchalari), inkor ifodalovchi vositalar, kirishlar, kiritmalar, undalmalar, qo‘shma gaplar va ularning uslubiy jihatlari, gap bo‘laklarining o‘zgarishiga ko‘ra uslubiy ma’nolari, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar, matn va iqtiboslar, ish qog‘ozlari, ritorik so‘roq gaplar hamda gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari kabi mavzular yoritilgan.