"Matematika" 11-sinf 1-qism
Ushbu kitob matematika fanining algebra va analiz asoslari hamda geometriya qismlarini o'z ichiga oladi. Kitobda funksiyalar, limitlar, hosilalar, ularning tatbiqlari, aniq va aniqmas integrallar hamda ularning geometrik, fizik va iqtisodiy mazmundagi masalalarda qo'llanilishi keng yoritilgan. Qiziqarli misollar va mashqlar bilan boyitilgan kitob o'quvchilarga matematikadan chuqur bilim berishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Hosila va uning tatbiqlari: Bu bobda o'zgaruvchi miqdorlar orttirmalarining nisbati, limit, hosila tushunchalari, uning geometrik va fizik ma'nolari, hosilani hisoblash qoidalari, murakkab funksiyaning hosilasi, urinma va normal tenglamalari, hosila yordamida funksiyani tekshirish va grafigini yasash, geometrik, fizik, iqtisodiy mazmundagi ekstremal masalalarni yechish, taqribiy hisoblashlar, hosila yordamida modellashtirish kabilar o'rganiladi.
- Integral va uning tatbiqlari: Bu bobda boshlang'ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari, integrallar jadvali, integrallashning eng sodda qoidalari, aniq integral va uning Nyuton-Leybnis formulasi hamda egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash kabi mavzular yoritilgan.