"Mámleket hám huqıq tiykarları" 11-klass

Ushbu kitob «Davlat va huquq asoslari» deb nomlanadi va Oʻrta umumiy taʼlim berish maktablarining 11-sinflari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darslik sifatida tayyorlangan. Kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oila huquqi, jinoyat huquqi, ekologiya huquqi, moliyaviy-kredit tizimi va shu kabi jamiyat va davlat hayotining muhim jihatlari yoritilgan. Har bir bob alohida mavzularga boʻlingan va ularning mohiyati tushuntirilgan. Shuningdek, mavzularga oid nazariy bilimlar va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu bo'limda ta'lim tizimidagi huquqiy fanlarning ahamiyati, huquqiy madaniyatni shakllantirish, hamda davlat va huquq asoslari fanining maqsad va vazifalari haqida umumiy ma'lumot beriladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakatning huquqiy negizi: Bu bo'limda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlatning huquqiy negizi va jamiyatdagi oʻrni, hamda inson huquqlarini amalga oshirishdagi roli yoritilgan.
  • Shaxs huquqi: Oila huquqi, uning ijtimoiy va huquqiy asoslari, nikoh tuzish tartib-taomillari, er-xotin va bola munosabatlari, oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari hamda mulkiy munosabatlar atroflicha tahlil qilinadi.
  • Jinoyat huquqi: Jinoyat huquqining tushunchasi, maqsadi, vazifalari va prinsiplari, jinoyat belgilar, jinoyat sodir etishda ayb va aybning turlari, jinoyat turlari va ularning jinoyat huquqiy oqibatlari batafsil bayon etiladi.
  • Moliyaviy-kredit tizimi: Kitobning ushbu bo'limida Oʻzbekistonning moliyaviy-kredit tizimi, davlat byudjeti, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hamda davlat qarzlarining huquqiy asoslari haqida maʼlumotlar beriladi.
  • Ekologiya huquqi: Ekologiya huquqining huquqiy tizimdagi oʻrni, maqsad va vazifalari, asosiy prinsiplari, ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik turlari va ekologik jinoiy harakatlarning turlari yoritiladi.
  • Prosessual huquq: Jinoyat va fuqarolik ishlarini yuritishdagi jarayonlar, aybsizlik prezumpsiyasi, sud jarayonida ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari, dalillash va dalillash shartlari kabi muhim masalalar qamrab olingan.