"O‘zbekiston tarixi" 11-sinf

Ushbu kitob O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda mamlakatning 1991-yildan keyingi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi, davlat qurilishi, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati, iqtisodiy islohotlar, milliy valyutaning joriy etilishi, ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat, san’at, tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik kabi muhim mavzular chuqur o‘rganilgan.

Asosiy mavzular

  • O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo‘lga kiritilishi: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi, Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonun, Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
  • O‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi: Prezidentlik institutining shakllanishi, Prezident saylovlari, Oliy Majlisning faoliyati, vazirlar mahkamasining tuzilishi, sud hokimiyati.
  • Fuqarolik jamiyati g‘oyasining rivojlanish tarixi: Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
  • O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari: Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
  • O‘zbek modelining ishlab chiqilishi. Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi: O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, iqtisodiy islohotlarning boshqarish tizimining barpo etilishi.
  • Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, milliy avtomobilsozlik sanoati, transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi, agrar islohotlar, paxta yakkahokimligiga barham berilishi.
  • Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari: Aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat, ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, onalar va bolalar salomatligi himoyasi.
  • O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik: Millatlararo totuvlik g‘oyasi, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar.
  • O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar: Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi, Islom dini va diniy ta’limga e’tibor, diniy bag‘rikenglik tamoyillari.
  • Umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi: Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, umumiy ta’lim tizimining bosqichlari.
  • Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi: Oliy ta’lim tizimi, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, xorijiy universitetlarning Toshkentdagi filiallari.
  • O‘zbekistonda ilm-fan: Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan, Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi, Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi.
  • O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi: Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlovchi tizimning yaratilishi, uch bosqichli sport o‘yinlari, kurash, futbol, Olimpiada.
  • O‘zbekistonda yoshlar siyosati: Yoshlar tashkiloti, Yoshlarga oid davlat siyosati, Yoshlar ittifoqi.
  • O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi: Tarixiy xotiraning tiklanishi, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi, inson xotirasi boqiy.
  • O‘zbekistonda madaniyat va san’at: Ma’naviyat maskanlari, Teatr, Musiqa va raqs san’ati, Kino, Badiiy adabiyot.
  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va ikki tomonlama munosabatlari: O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning ustuvor yo‘nalishlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi, O‘zbekistonning Rossiya, Xitoy va AQSh bilan o‘zaro munosabatlari, O‘zbekistonning Yaponiya, Hindiston va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama aloqalarining rivojlanishi.
  • O‘zbekiston Respublikasi ko‘ptomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishi: O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati, O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi.