Quljuqtov tog‘lari (Markaziy Qizilqum) bazit daykalari va nefelinli sienitlarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari
Ushbu avtoreferat Quljuqtov togʻlari (Markaziy Qizilqum) hududidagi bazit daykalari va nefelinli sienitlarning petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda ushbu jinslarning geologik oʻrni, mineral tarkibi, teksturasi va strukturasi, shuningdek, ularning rudali elementlar bilan bogʻliqligi batafsil oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Asosiy mavzular
- Quljuqtov togʻlaridagi bazit daykalari va nefelinli sienitlarning oʻrganilganlik darajasi: Bobda Quljuqtov togʻlari bazit daykalari va nefelinli sienitlarining oʻrganilganlik darajasi bayon qilingan. Mazkur hududda endogen ma'danlashuvning magmatizm bilan, xususan daykalar va kichik intruziyalar bilan genetik aloqasini aniqlash geologik qidiruv ishlarini samarali tashkil etish uchun ilmiy asos sifatida katta amaliy qiziqish uygʻotayotganligi ta'kidlangan. Oʻtgan asrning 40-50-yillarida Oʻrta Osiyo petrometallogeniya maktabining asoschisi H.M.Abdullayev tomonidan koʻtarilgan “Daykalar va ma'danlashuv muammosi" petrologiya va metallogeniyaning eng dolzarb muammolaridan boʻlib, uning turli jihatlari Markaziy Qizilqumda, xususan Quljuqtov togʻlarida I.H.Hamrabayev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
- Quljuqtov togʻlarining geologik tuzilishi: Bobda tadqiqot maydonining geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlariga oid ma'lumotlar keltirilgan. Quljuqtovda oydinbuloq, yangiqazg'on, jengeldi, boshgujumdi va turkmentov svitalariga tegishli karbonatli jinslari tarqalgan. Uning markaziy va g'arbiy qismida Beltov sinklinali qanotlarida, Karbonatli yotqiziqlar sultonbibi va arabqazg'an svitalari kvarsitlar, qumtoshlari, slaneslar qatlamlari orasida ohaktosh linzalari shaklida ham uchraydi.
- Quljuqtov togʻlari bazit daykalari va nefelinli sienitlarning geologik va petrografik xususiyatlari: Bobda diabaz, lamprofir daykalari va nefelinli sienitlarning geologik xususiyatlari, mineral tarkibi va tekstura-strukturaviy belgilari ochib berilgan. Diabaz va lamprofir daykalari Quljuqtovning boshqa hududlariga nisbatan Tozbuloq, Qingʻirtov, Taushon-Yangiqazg'on va Tasqazg'on maydonlarida zich rivojlangan boʻlib, daykali dalalarni hosil qilgan.
- Quljuqtov togʻlari bazit daykalari va nefelinli sienitlarning aksessor-mineralogik ixtisoslashuvi: Bobda diabaz, lamprofir daykalari va nefelinli sienitlarda aksessor minerallarning turlari, uchrash shakllari va moddiy tarkiblari mikroskopik va elektron-mikrozond tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Diabaz va lamprofir daykalarida temir va titannig oksid minerallari – magnetit va titanomagnetit boshqa aksessor minerallarga nisbatan koʻproq uchraydi. Lamprofirlardagi mazkur minerallarda baʼzan vanadiy, xrom, nikel, kobalt, surma, mis kabi qoʻshimta-elementlar uchraydi. Juda kam hollarda spessartit daykalaridagi magnetit donalari noyob yer elementlari, oltin va platinoidlar mavjudligi aniqlangan.
- Geokimyoviy xususiyatlari: Bobda Quljuqtov togʻlari bazit daykalari va nefelinli sienitlarining geokimyoviy xususiyatlari yoritilgan. Lamprofir daykalarida temir, titan va vanadiyning miqdorlarining oʻrtacha qiymatlari diabaz daykalarida titan va vanadiy miqdorlariga nisbatan yuqoriligi aniqlangan. Aksincha, lamprofir daykalarida xrom, kobalt va nikel miqdorlarini nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi.