Tibbiy ta’lim talabalarini kabiy faoliyatga tayyorlashda kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish texnologiyasi (“Dermatovenerologiya” fanini o‘qitish misolida)
Ushbu dissertatsiya tibbiyot talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasini dermatovenerologiya fani misolida oʻrgangan. Tadqiqotda tibbiy ta’limda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash jarayonida shifokorlarning kreativligini rivojlantirishning ahamiyati, nazariy va amaliy jihatlari, uslubiyatlari hamda modellari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tibbiy ta'lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari: Ushbu bo'limda psixologik-pedagogik adabiyotlarda talabalarning kreativ qobiliyatlari, kasbiy faoliyatlarini rivojlantirish hamda boshqarish mohiyatining tarixiy va zamonaviy xususiyatlari, tibbiy ta'lim jarayonida kasbiy faoliyat muammolari, tibbiy ta'lim talabalarini kreativ qobilyatlarini rivojlanganlik darajasi, tibbiy ta'lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni pedagogik hodisa sifatida tahlil etiladi.
- Dermatovenerologiya fanini oʻqitishda talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish tizimi: Ikkinchi bobda tibbiy ta'limda dermatovenerologiya fanini oʻqitish jarayonida talabalarning kreativ qobilyatini rivojlantirish komponentlari, mezonlari va darajalari, zamonaviy ta'lim texnologiyalari yordamida tibbiy ta'lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ qobilyatlarini rivojlantirish texnologiyasi va modeli kabi masalalar yoritilgan.
- Tibbiy ta'limda talabalarini kreativlik koʻnikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir pedagogik tajriba sinov ishlari samaradorligi: Uchinchi bobda tibbiy ta'lim talabalarini kasbiy faoliyat jarayoniga tayyorlashda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish diagnostikasi va metodikasi, tajriba-sinov ishining tashkiliy asoslari hamda natijalari bayon qilingan. Tadqiqot natijalariga koʻra, eksperimental guruhda talabalarning kreativ qobiliyatlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlangan.