To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya ishi Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtish sharoitida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga bagʻishlangan boʻlib, unda investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari, mexanizmlari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari tadqiq etilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistonda investitsiyalarni rivojlantirish tendensiyalari tahlil qilinib, yashil iqtisodiyotga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlari va investitsiyalarni jalb qilishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri va uni yanada oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan global raqobatning kuchayishi, moliyaviy-iqtisodiy cheklovlar rejimining kengayishi, qoʻshilgan qiymat zanjiri va xalqaro transport-logistika tizimidagi uzilishlar sharoitida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan investitsion siyosatni amalga oshirish, investitsion muhitning jozibadorligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini ta'minlashning zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Ushbu dissertatsiya ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy-ahloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish" ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarilgan.
- Dissertatsiyaning mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi: To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning erkin oqimini ta'minlash, qulay investitsiya muhitini yaratish va investorlar faoliyatini kafolatlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan nazariy-uslubiy tadqiqotlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari, oliy ta'lim muassasalari va yirik reyting agentliklari tomonidan amalga oshirilmoqda.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ular ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar faoliyatining turli jihatlari qator chet ellik va mamlakat iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlarida oʻz aksini topgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishning nazariy asoslarining shakllantirilishida R.Vernon, S.X.Xaymer, Ch.P.Kindlberger, F.T.Knikkerboker, E.M.Grem, P.Bakkli, M.Kasson, M.E.Porter, K.Kojima, J.X.Danning kabi yetakchi uzoq xorij olimlarining xizmati katta.
- Dissertatsiya tadqiqotining oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi: Mazkur dissertatsiya Toshkent moliya institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq "Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida moliya, bank va hisob tizimini muvofiqlashtirishning ilmiy asoslari” mavzusi doirasida bajarilgan.
- Tadqiqotning maqsadi: “yashil iqtisodiyotga o'tish sharoitida milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlarini, jalb etishning nazariy asoslarini tadqiq etish; milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning zarurligi, afzalliklari va ustuvor yo'nalishlari tahlil etish; milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish omili sifatida yashil investitsiyalar kategoriyasini tadqiq etish; to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish holatini baholash, rivojlanish tendensiyalari va ilmiy muammolarini aniqlash; milliy iqtisodiyotda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, tarkibiy oʻzgarishlar va iqtisodiy oʻsish o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil etish; to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning rag'batlantirish mexanizmi va instrumentlarini tahlil etish; mamlakatda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning hududiy tarkibi va investitsiyalar samaradorligini baholash; iqtisodiy-matematik va ekonometrik modellashtirish orqali to'g'ridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; infratuzilma loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish modellarini tahlil etish; infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda xususiy investitsiyalarni jalb qilishning metodologik asoslarini tadqiq etish; "yashil iqtisodiyotga o'tishni zarurligi va yashil investitsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash; milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
- Tadqiqotning ob'ekti va predmeti: Tadqiqotning ob'ekti “yashil iqtisodiyotga o'tish sharoitida milliy iqtisodiyotga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy mexanizmidan iborat. Tadqiqotning predmeti “yashil iqtisodiyot
- Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, iqtisodiy-matematik va ekonometrik modellashtirish, statistik ma'lumotlarni guruhlash, qiyosiy tahlil, tanlama kuzatuv, korrelyatsion va regression tahlil, ilmiy abstraksiyalash va boshqa usullar qoʻllanilgan. Ma'lumotlarni tasvirlashda: proporsiya (e.g. bar charts, histograms); taqsimot (e.g. pie charts); solishtirma (e.g. stacked bar charts, component bar charts); trend (e.g. line charts) usullaridan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: “yashil
- Tadqiqotning amaliy natijasi: "yashil"
- Olingan natijalarning ishonchliligi: Tadqiqotda qo'llanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, maʼlumotlarning rasmiy manbalardan olingani hamda tegishli xulosa va takliflarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy qilingani bilan belgilanadi.