Kontreyler tashishlar asosida temir yo‘l transport oqimlarini tashkil qilish

Ushbu dissertatsiya temir yoʻl transportida kontreyler tashishlar asosida transport oqimlarini tashkil qilishni takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda yuk tashishda samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida zamonaviy texnologiyalar va usullardan foydalanish masalalari o'rganilgan. Xususan, kontreyler tashishlar texnologiyasini takomillashtirish, ularni tashkil qilish va boshqarish bo'yicha ilmiy-amaliy asoslar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ushbu tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi hamda muammoning o'rganilganlik darajasi bayon etilgan.
  • 1-bob. Yer usti transport turlari orqali yuklarni tashishni tashkil etishning tahlili: Ushbu bobda yer usti transport turlarida yuk oqimlari hajmi va tuzilishi, o'rganilgan temir yo'l va avtomobil transportining o'zaro hamkorligi, harakat xavfsizligini ta'minlash texnik vositalarining qiyosiy tahlili, shuningdek, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlar tadqiq etilgan.
  • 2-bob. Kontreyler tashishlar, shartlari va avtotransport vositalarini mahkamlash talablari: Bobda kontreyler tashish jarayonlarini matematik modellashtirish, platformalarga yuklangan avtotransport vositalarini mahkamlash shartlari va talablari, tortqichlarga ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash, ularning geometrik parametrlari, yuklarni mahkamlash qurilmasini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqilgan.
  • 3-bob. Kontreyler tashishlarni rejalashtirish va o'zaro hamkorlik: Bobda kontreyler tashish texnologiyasiga ta'sir etuvchi omillar, transport oqimlarini aniqlash modeli, kontreyler terminalida avtotransport vositalarini yig'ish texnologiyasi va hududlarni tanlash masalalari tadqiq etilgan.
  • 4-bob. Kontreyler tashishlarning kompleks iqtisodiy baholanishi: Bobda yuklarni yetkazib berish jarayonida tashish tizimi samaradorligiga ta'sir qiluvchi iqtisodiy ko'rsatkichlar, tashish turlarining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari taqqoslangan, kontreyler tashishlarni tashkil qilish iqtisodiy samaradorligi hamda ularning atrof-muhitga ta'siri hisoblangan.
  • Xulosa: Dissertatsiyada olib borilgan tadqiqotlar natijasida kelib chiqqan xulosalar va ularning amaliy ahamiyati bayon etilgan.