O‘zbek tilidan mutaxassislik tili boyicha metodik qo‘llanma

Ushbu kitob o'zbek tilidan mutaxassislik tili bo'yicha metodik qo'llanma bo'lib, huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada davlat tilini puxta bilish, kasbiy atamalarni boyitish va mutaxassislik mavzularida muloqotda mustaqil foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan materiallar keltirilgan. Shuningdek, huquqning asosiy tushunchalari, davlat va fuqarolik institutlari, konstitutsiyaviy huquq manbalari, jamoat birlashmalari va boshqa huquqiy masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi: Fuqarolik tushunchasi, fuqarolarning huquq va burchlari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik, fuqarolikni olish va to'xtatish tartibi.
  • Davlatning asosiy belgilari: Davlatning asosiy elementlari, davlat hokimiyatining mohiyati va belgilari, davlat organlarining vazifalari va roli.
  • Suverenitet tushunchasi va mohiyati: Davlat suvereniteti, xalq suvereniteti, davlat ichki va tashqi siyosatdagi suvereniteti, Oʻzbekiston Konstitutsiyasida suverenitet masalalari.
  • Fuqaro: Fuqaro tushunchasi, siyosiy va huquqiy maqomi, huquq va erkinliklari, majburiyatlari, davlat bilan munosabatlari.
  • Shaxs: Insonning tabiiy va ijtimoiy mohiyati, jamiyatdagi o'rni, shaxsning huquqiy maqomi.
  • Huquq va uning belgilari: Huquqning mohiyati, belgilari, funksiyalari, huquqiy normalar, huquq manbalari va turlari.
  • Huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar: Tabiiy huquq nazariyasi, tarixiy nazariya, psixologik nazariya, sinfiy nazariya.
  • Huquq normalarining tuzilishi: Gipoteza, dispozitsiya, sanksiya elementlari, ularning mohiyati va ahamiyati.
  • Xalqaro shartnomalar: Xalqaro shartnomalar tushunchasi, tuzish tartibi, ahamiyati.
  • Oʻzbekiston Respublikasining hukumati: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazifalari va vakolatlari.
  • Konstitutsiyaviy huquq fani tushunchasi: Konstitutsiyaviy huquq, boshqa huquqiy fanlar bilan aloqasi, o'rganish obyekti va metodlari.
  • Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari.
  • Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, inson huquqlari va davlat suvereniteti g'oyalari.
  • Toshkent- Oʻzbekiston Respublikasining Poytaxti: Poytaxtning maqomi, ahamiyati va rivojlanishi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari: Suverenitet, xalq hokimiyati, davlat erkinligi, ichki va tashqi siyosat.
  • Oʻzbekiston huquq tizimi: Huquq tarmoqlari va ularning o'zaro munosabatlari, konstitutsiyaviy huquqning o'rni.
  • Jamoat birlashmalari va ularning tizimi: Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, oʻrni va ahamiyati.
  • Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti: Prezidentlik lavozimi, saylash tartibi, vazifalari va vakolatlari.
  • Prokuratura Xodimi: Prokuratura xodimining huquqlari va vazifalari, majburiyatlari.
  • Advokat: Advokatning huquqlari va vazifalari, majburiyatlari.
  • Notarius: Notariusning huquqlari va vazifalari, majburiyatlari.
  • Nizom: Nizomning asosiy zaruriy qismlari va vazifalari.
  • Tavsiyanoma: Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari va vazifalari.
  • Iltimos Xat: Iltimos Xatning asosiy zaruriy qismlari va vazifalari.