Linter mashinasiga tozalash moslamasini tadbiq qilish va uning parametrlarini asoslash

Ushbu dissertatsiya

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqot ob'ekti va predmeti, O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalari, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • 1-bob. Linterlash jarayonining hozirgi holati hamda sohada olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili: Bu bobda korxonada linterlash jarayonida lint sifatini oshirish va lint mahsuloti tarkibidan turli iflosliklarni ajratish uchun olib borilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, paxta tozalash sanoatining zamonaviy jihozlar bilan yaxshi jihozlanmaganligi, chigitni linterlash texnologiyasining eng koʻp mehnat talab qiladigan va qimmatga tushadigan bosqichlaridan biri ekanligi, hamda OVM-A-1 markali lint tozalagichlarning past tozalash effektiga ega ekanligi koʻrsatilgan.
  • 2-bob. Takomillashtirilgan linter mashinasi tozalash moslamasini nazariy oʻrganish: Bu bobda takomillashtirilgan qurilmani tanlashda oʻtkazilgan nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Chunki, arrali slindrdan tolani ajratish jarayonini buzmaslik, tolaning sifati buzulmasligi, detallarni bir xil eskirib ketmasligini ta'minlash maqsadida konstruktiv parametrlarni asoslash va tahlil qilish orqali lint ajratuvchi choʻtkali baraban konstruktsiyasi yaratilgan. Shuningdek, lint ajratish barabanida joylashgan choʻtkalar qatori, ularning umumiy soni hamda toʻrli sirt foydali yuzalarining lint ajratish jarayoniga ta’sir modeli konstruksiyalarini loyihalash usuli asosida yaratilgan.
  • 3-bob. Tozalash moslamali takomillashtirilgan linter mashinasi tajriba nusxasini yaratish va uni samarali ishlashini asoslash: Bu bobda qurilmaning asosiy ishchi organlari tanlangan hamda amaliy tadqiqotlar asosida uning samarali ishlashi aniqlangan. Tajriba qurilmasini tayyorlash vaqtida linterlash mashinalariga qoʻyilgan talablarga rioya qilingan holda ish olib borilgan. Shuningdek, tozalash yuzasini tanlashda uch shakldagi toʻrli yuzalar asosida tajribalar oʻtkazilgan va ularning natijalari keltirilgan.
  • 4-bob. Ishlab chiqarish sinovlari va iqtisodiy samaradorlikni hisoblash: Ushbu bobda tayyorlangan loyiha boʻyicha korxonaga oʻrnatilgan tajriba nusxasi sinovdan oʻtkazildi. Paxta tozalash jarayoniga tadbiq etilgan ushbu mashina va uning qismlarining samaradorlik koʻrsatkichlari aniqlandi. Ushbu texnologiyani tadbiq qilish natijasida korxonada ishlab chiqarilayotgan lintni sifati yaxshilandi va iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
  • Xulosalar: Tadqiqot yakunlari bo'yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar berilgan. Xususan, linter mashinasiga qoʻshimcha tozalash moslamasini joriy qilish orqali korxonada oʻrnatilgan unumdorlikda choʻtkali baraban aylanish tezligi 1100 ayl/min, yoʻnaltirgich qiyalik burchagi 30° da xolatda eng katta samaradorlikka erishildi (55-56%). Yangi lint tozalash moslamasini tadbiq qilishdan olingan toza lintning minimum narxi boʻyicha 1 ta paxta tozalash korxonasida yiliga 384 901 000 soʻm iqtisodiy samaradorlik keltirishi hisob-kitoblar natijasida aniqlandi.