Тиреотоксикоз беморларда сурункали юрак етишмовчилиги
Ushbu monografiya Y.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tayyorlangan bo'lib, unda tiroid patologiyasining yurak-qon tomir tizimiga ta'siri, xususan, yurak etishmovchiligi rivojlanishining patogenetik mexanizmlari, diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullari chuqur tahlil qilingan. Asosiy e'tibor tirotoksikoz va yurak etishmovchiligi orasidagi murakkab bog'liqlikni, neyrohumoral omillarning rolini va biomarkerlar ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Tadqiqotda xalqaro va mahalliy klinikal tadqiqotlar natijalari, statistik tahlillar va bemorlar klinik ko'riklaridan olingan ma'lumotlar o'rinli foydalanilgan. Kitobda shuningdek, tiroid gormonlarining yurak funksiyasiga ta'siri, yurak-qon tomir tizimining struktur-funksional o'zgarishlari va ularning prognostik ahamiyati keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tirotoksikoz va yurak etishmovchiligi orasidagi bog'liqlik: Tirotoksikozning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri, yurak etishmovchiligining rivojlanish mexanizmlari, bunda neyrohumoral omillarning (MНУП, alьdosteron) roli va diagnostik ahamiyati chuqur tahlil qilingan.
- Yurak etishmovchiligining diagnostikasi va prognozi: Qalqonsimon bez kasalliklari fonida rivojlangan yurak etishmovchiligini aniqlashda biomarkerlar (MНУП, NT-proBNP), EKG, ekokardiografiya va klinik ko'rik usullarining ahamiyati, shuningdek, prognostik baholash usullari yoritilgan.
- Davolashning zamonaviy yondashuvlari: Yurak etishmovchiligini davolashda RAAT tizimi ingibitorlari (AF ingibitorlari, ARB), beta-adrenoblokatorlar, mineralokortikoid reseptorlari antagonistlari, sakubutril/val'sartan va boshqa zamonaviy dorivor vositalarning samaradorligi va qo'llanilishi bo'yicha tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
- Klinik-instrumental tekshiruvlar: Bemorlarning klinik holatini baholash (KHBSH), olti daqiqali yurish sinamasi (ODUS), elektrokardiografiya, ekokardiografiya va qalqonsimon bez gormonlari darajasini aniqlash usullari tavsiflangan.