Tozalash agregatida ajralib chiqayotgan mayda va yirik iflosliklarni alohida taqsimlash jarayonini takomillashtirish
Ushbu avtoreferat paxta tozalash agregatlarida ajralib chiqayotgan mayda va yirik iflosliklarni alohida taqsimlash jarayonini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda paxta tozalash jarayonida chiqindiga tushgan paxtani regeneratsiya qilish va tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Tadqiqot jarayonida paxta tozalash uskunalarini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish, tola sifatini yaxshilash, shuningdek, tolali materiallarni chiqindiga tushishini minimallashtiruvchi samarali tozalash texnologiyasi va uskunalarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Natijada Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari va korxonalarida tavsiya etilgan texnologiyalarni joriy etish orqali tola sifatini yaxshilashga erishilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zaruriyati: Jahonda paxtani dastlabki ishlash texnika va texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosida energiya-resurstejamkor texnika va texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga qoʻllash yetakchi o'rinlardan birini egallamoqda. Bu borada paxta va tolani tozalashda tolali materiallarni chiqindiga tushishini minimallashtiruvchi samarali tozalash texnologiyasi va uskunalarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Paxtani yirik iflosliklardan tozalashda chiqindi tarkibidagi ahamiyatli darajada ulushga ega boʻlgan va paxtadan ajralishi qiyin bo'lgan tola bo'laklari, ulyuk va mayda iflosliklardan iborat bo'lgan chigallashgan birikma hosil boʻlishi aniqlangan; qoziqchali va arrachali barabanlardan tushayotgan iflosliklarni alohida ajratish hisobiga regeneratsiyalanadigan paxtaning ifloslik miqdorini kamaytirish natijasida takomillashtirilgan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Arrachali baraban seksiyasini takomillashtirish natijasida qoziqchali va arrachali barabanlardan tushayotgan iflosliklarni alohida ajratish imkoniyati yaratilib, chiqindi tarkibidagi paxta iflosligini kamaytirishga erishilgan; qoziqchali va arrachali barabanlardan ajralayotgan mayda va yirik iflosliklarni alohida uzatish variantlari ishlab chiqilgan.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishi natijasida takomillashtirilgan tozalagichlarni arrachali baraban bo'limidagi qoziqchali barabanlardan ajralib chiqayotgan mayda ifloslikni alohida ajratish bo'yicha olingan natijalar asosida paxta tozalash korxonalarida tadbiq etilgan. Natijada ishlab chiqarilgan toladagi nuqson va iflos aralashmalar mavjud variantda 6,64 % boʻlib, tavsiya variantida 5,4 % ni tashkil etib, tola sinfi yaxshilanishiga erishilgan.