Qoraqalpogʻistonda sovet hukumatining 1943-1964-yillardagi islom diniga qarshi olib borgan siyosati

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan. Dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son

Asosiy mavzular

  • Qoraqalpog'istonda sovet hukumatining 1943-1964-yillardagi islom diniga qarshi olib borgan siyosati: Dissertatsiyada 1943-1964-yillarda Qoraqalpog'istonda sovet hukumatining islom diniga qarshi olib borgan siyosati tahlil qilingan. Tadqiqotda sovet davlatining fashizmga qarshi kurashda musulmonlar va boshqa din vakillari tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga muhtojlik va urushning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyatsizliklar hukumatni diniy siyosatni qayta ko'rib chiqishga va dinga qarshi targ'ibotni to'xtatilishiga, shuningdek, dindorlarning musulmon diniy tashkilotlarini tuzish barobarida Qoraqalpog'istondagi masjidlarni ochish haqidagi talablarini qondirishga majbur bo'lganligi asoslangan. Shuningdek, 1943-yilda Qoraqalpog'istonda norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan masjid va namozxonalar sonining koʻpayishiga urush paytida musulmonlar diniy boshqarmasi vakillari tomonidan shaxsiy jamg'armalaridan front uchun mudofaa jamg'armasiga pul mablag'lari, davlat zayom obligatsiyalari, moddiy yordam jo'natilishi, urushga ketgan askarlar oilasiga yordam ko'rsatishi kabi omillar imkon berganligi aniqlangan. Diniy faoliyat uchun ruxsat berilishi bilan birga bir vaqtning oʻzida sovet davlati tomonidan urushdan keyingi davrda dinga qarshi ritorikani tashviqot-targ'ibot ishlari asosida mustahkamlanishi, dindorlarga qarshi ta'qiblarni ruhoniylarning ommaviy axborot vositalarida obro'sizlantirish orqali bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning bir qismini surgun qilinishiga, boshqa qismini esa respublika tashqarisiga ko'chib ketishga majbur qilganligi dalillangan. 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillarni boshlarida Sovet hukumatining islom diniga nisbatan ateistik siyosati endilikda dinga qarshi kurash shakllari va usullarini oʻzgartirgan holatda: “ilmiy ateizm'ning joriy etilishi, ta'qiblar va dindorlarni
  • TADQIQOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI: Tadqiqotning maqsadi Sovet hukumatining 1943-1964-yillardagi Qoraqalpogʻistonda islom diniga qarshi olib borgan diniy siyosati tarixini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini ochib berish, uning tarixshunoslik va manbaviy bazasini tahlil qilish; Sovet hukumatining Qoraqalpogʻiston musulmonlariga nisbatan siyosatiga bag'ishlangan arxiv maʼlumotlarini ilmiy muomalaga kiritish; Qoraqalpog'istonda sovet hukumatining din bilan mafkuraviy kurashining oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish; Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrda diniy siyosatning oʻzgarishi sabablarini aniqlash; Sovet hukumatining din va din arboblariga qarshi olib borgan siyosatining mazmuni va mohiyatini ochib berish; Qoraqalpogʻistonda olib borilgan ateistik tashviqot ishlarini tahlil qilishdan iborat.
  • TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: Sovet davlatining fashizmga qarshi kurashda musulmonlar va boshqa din vakillari tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga muhtojlik va urushning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyatsizliklar hukumatni diniy siyosatni qayta ko'rib chiqish hamda dinga qarshi targ'ibotni to'xtatilishiga, dindorlarning musulmon diniy tashkilotlarini tuzish barobarida Qoraqalpogʻistondagi masjidlarni ochish haqidagi talablarini qondirishga majbur boʻlganligi asoslangan. 1943-yilda Qoraqalpogʻistonda norasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan masjid va namozxonalar sonining koʻpayishiga urush paytida musulmonlar diniy boshqarmasi vakillari tomonidan shaxsiy jamg'armalaridan front uchun mudofaa jamg'armasiga pul mablag'lari, davlat zayom obligatsiyalari, moddiy yordam jo'natilishi, urushga ketgan askarlar oilasiga yordam koʻrsatishi kabi omillar imkon berganligi aniqlangan. Diniy faoliyat uchun ruxsat berilishi bilan birga bir vaqtning oʻzida sovet davlati tomonidan urushdan keyingi davrda dinga qarshi ritorikani tashviqot-targ'ibot ishlari asosida mustahkamlanishi, dindorlarga qarshi ta'qiblarni ruhoniylarning ommaviy axborot vositalarida obro'sizlantirish orqali bosqichma-bosqich kuchayishi, dindorlarning bir qismini surgun qilinishiga, boshqa qismini esa respublika tashqarisiga ko'chib ketishga majbur qilganligi dalillangan. 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillarni boshlarida Sovet hukumatining islom diniga nisbatan ateistik siyosati endilikda dinga qarshi kurash shakllari va usullarini oʻzgartirgan holatda: “ilmiy ateizm'ning joriy etilishi, ta'qiblar va dindorlarni