Buyuk alloma va mutaffakirlar hayoti vа tа’limotini o’rganish – boshlang’ich sinflar o’quvchilari ma’naviyatini o’stiruvchi vositalardan biri

Ushbu kitobda buyuk allomalar hayoti va ta'limotini o'rganish boshlang'ich sinflar o'quvchilarining ma'naviyatini o'stirish vositasi ekanligi, milliy istiqlol davrida ma'naviy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi, xalqning madaniy va ma'naviy qadriyatlarini tiklash, milliy o'zlikni anglashning o'sishi, sharq ma'naviyati ildizlarini o'rganish, o'qituvchining o'zi o'rgangan bo'lishi kerakligi, xalqimizning mustaqillikni qo'lga kiritgach o'z taqdirining egasi bo'lganligi, o'zbek xalqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o'zaro munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanish, yaxshi qo'shnichilik, bolajonlik, ota-onasining bolaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlar insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilganligi, kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish milliy xususiyat ekanligi, har bir inson o'z farzandining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko'rish uchun kurashishi, yaxshi tilaklar yuksak ma'naviyatdan kelib chiqishi, ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o'z milliy qadriyatlarini, milliy o'zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib o'rin egallashi uchun kurasha olishi ta'kidlanadi. Shuningdek, inson hayotida ma'naviyatning ahamiyati, Avestoning insoniyat uchun uchta asosiy qonuniyati (ezgu niyat, ezgu so'z, ezgu faoliyat), Avesto g'oyalarining ahamiyati, yuksak ma'naviyatli insonni tarbiyalash, donolar kitob orqali o'zlaridan avval yashagan olimlarning asarlarini o'rganishlari, boshlang'ich sinflarda o'tmishdan o'rganish, ulug'larga ta'zim qilish mazmunidagi matnlarni o'rganish (Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Navoiy, Ulug'bek), Prezident I. Karimovning yoshlarimiz o'tmishdagi allomalarimiz ko'rsatmalaridan xabardor bo'lishlari haqidagi fikrlari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Ma'naviyat va yoshlar tarbiyasi: Buyuk allomalar hayoti va ta'limotini o'rganish orqali yoshlar ma'naviyatini o'stirish.
  • Milliy merosni tiklash: Milliy istiqlol davrida ma'naviy va madaniy merosni tiklashning ahamiyati.
  • Qadriyatlar targ'iboti: Xalqning madaniy va ma'naviy qadriyatlarini tiklash, milliy o'zlikni anglashning o'sishi.
  • Avesto g'oyalari: "Avesto"ning insoniyat uchun uchta asosiy qonuniyati (ezgu niyat, ezgu so'z, ezgu faoliyat).
  • Allomalar merosi: O'tmish allomalarining (Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Navoiy, Ulug'bek) hayoti va ijodini o'rganish.