Alouddin Samarqandiy “Sharh at-Ta’vilot” asarining tafsir ilmidagi ahamiyati

Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi huzuridagi Ilmiy Darajalar Beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 Raqamli Ilmiy Kengash tomonidan tayyorlangan Abduraxmonov Ixtiyor Baxtiyorovichning «Alouddin Samarqandiy “Sharh at-Ta’vilot” asarining tafsir ilmidagi ahamiyati» nomli falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Unda «Sharh at-Ta’vilot» asarining ilm-fan, xususan tafsir ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi ilmiy tahlil etilgan. Kitobda Alouddin Samarqandiyning uslubi, ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, asarning qoʻlyozma nusxalari, ularning kodikologik tavsifi va Oʻrta Osiyo tafsir maktabining shakllanishidagi oʻrni tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ishonchliligi hamda ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan.
  • Tadqiqotning asosiy mazmuni: Dissertatsiya uch bobdan iborat. Birinchi bobda Movarounnahrda tafsir ilmi rivoji, ikkinchi bobda Alouddin Samarqandiyning «Sharh at-Ta’vilot» asarining manbashunoslik tahlili va unda oyatlarning yoritilishi, uchinchi bobda esa asarning tafsir ilmidagi ahamiyati va oʻziga xos jihatlari tahlil qilingan.
  • Xulosa: Tadqiqot natijasida Alouddin Samarqandiyning tafsir ilmidagi oʻrni, «Sharh at-Ta'vilot» asarining ahamiyati, taʼvil va tafsir tushunchalari, uslubi va boshqa jihatlari boʻyicha xulosalar chiqarilgan. Tadqiqot natijalari asosida bir qator taklif va tavsiyalar berilgan.