Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini takomillashtirish masalalari

Ushbu avtoreferat

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, mavzuning dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi, uning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, usullari, ilmiy yangiligi hamda amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi, aprobatsiyasi, natijalarning e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • I bob. "Normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining ekspertizasi: nazariy-huquqiy tahlil": Ushbu bobda ekspertizani o'tkazish asosi bo'lgan normativ-huquqiy hujjat hamda loyihalari ekspertizasi ilmiy va huquqiy tahlil qilingan.
  • II bob. "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi turlari": Ushbu bobda qonunchilik hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi turlariga oid nazariy va huquqiy tahlil, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiy va moliyaviy ekspertizasi, qonunchilik hujjatlari loyihalarining ijtimoiy ekspertizasi turlari tahlil qilingan.
  • III bob. "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini takomillashtirish istiqbollari": Ushbu bobda ilg'or xorijiy davlatlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o'tkazish bo'yicha tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini yanada takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
  • XULOSA: Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini takomillashtirish doirasiga kiritilgan masalalarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish asnosida quyidagi ilmiy-nazariy xulosalar, qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.