Patentshunoslik tarixi
Ushbu uslubiy qoʻllanma “Patentshunoslik tarixi” fanining predmeti, maqsadlari va vazifalari, Ixtiro huquqlarining rivojlanishi, patentlash tizimining shakllanishi va rivojlanishi, Venesiya nizomi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiyada patentlash tizimi, Rossiyada patent huquqi tarixi, Hozirgi zamon patentlash huquqi va tizimining yuzaga kelishi, Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi qonunchilik, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari, Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini huquqiy muhofaza qilish, Patent axboroti va patent tadqiqotlarini o‘tkazish, TRIZ nazariyasi, Intellektual mulkni boshqarish kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu: “Patentshunoslik tarixi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzu “Patentshunoslik tarixi” fanining predmeti, maqsadlari, usullari va asosiy tushunchalarini ochib beradi. Intellektual mulk huquqi (IM) tushunchasi va mazmuni, IM huquqining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, IM nomoddiy aktivlar sifatida, IM huquqining ob’ekt va sub’ektlari hamda tizimi kabi masalalar yoritilgan.
- 2-mavzu: Qadim va o‘rta asrlar dunyosida patentlashning shakllanishi va rivojlanishi: Mavzu qadim zamonlardan buyon davom etgan ixtirochilik tarixini, bosqichlarini, intellekt tushunchasining mazmunini va Yevropada patent tizimining shakllanishiga xizmat qilgan qonunlarning qabul qilinishini o‘rganadi.
- 3-mavzu: Patentning faoliyat huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida shakllanishi: Ushbu mavzu ixtiro huquqlarini himoya qilish huquqiy asoslarining rivojlanishi, Italiyalik me’mor Fillippo Brunelleski va Venesiyada patent tizimining shakllanishi haqida ma’lumot beradi.
- 4-mavzu: “Venesiya nizomi” va uning vujudga kelishi: Mavzu Yevropada birinchi qonuniy patent tizimi yaratilishi, 1474 yilda Venesiyada patentga ega bo‘lish masalalarini tartibga soluvchi davlat aktining (Venesiya Nizomi) qabul qilinishi va uning mohiyati hamda mualliflik huquqi masalalarini yoritadi.
- 5-mavzu: Buyuk Britaniyada patentlash jarayoni shakllanishi va rivojlanishi: Ushbu mavzu Jon Utinamning birinchi ingliz ixtirochi sifatidagi faoliyati, Monopoliyalar to‘g‘risidagi Nizomning ijobiy va salbiy jihatlari hamda "Patent qonunini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qonunning tarixiy ahamiyatini o‘rganadi.
- 6-mavzu: Yevropada “Ixtiro egaligi huquqi” va “Patent qonuni”ning qabul qilinishi: Mavzu Yevropada ixtirolarni tizimlashtirish va ixtiro huquqlarini himoya qilish jarayonining rivojlanishi, 1791 yilda Fransiya Konventi tomonidan ixtirochining egalik huquqini tasdiqlanishi hamda 1883 yilda Parijda sanoat mulki huquqlarini himoya qilish sohasidagi birinchi xalqaro bitimning tuzilishi va Parij Konvensiyasi mohiyatini o‘rganadi.
- 7-mavzu: AQShda patentlash huquqi tarixi: Ushbu mavzu AQShda patentlash jarayonining rivojlanishi, patent haqidagi dastlabki qonunning paydo bo‘lishi va ixtiro uchun berilgan birinchi patent, Qo‘shma Shtatlarda patent berish tartibi hamda federal patent qonunining qabul qilinishi va uning xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
- 8-mavzu: Germaniya patentlash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari: Mavzu Germaniyada patent tizimi xususiyatlari, patentlash tizimining huquqiy asoslari va mamlakatda ixtirolarni patentlash masalalarini o‘z ichiga oladi.
- 9-mavzu: Xitoyda patentlash huquqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi: Ushbu mavzu XXR Patent idorasi, patent olish jarayoni, Xitoyda patent himoyasi va intellektual mulkka oid yangi strategiyalari hamda mualliflik huquqini o‘rganadi.
- 10-mavzu: Yaponiyada patentlash tizimi xususiyatlari: Mavzu Yaponiyada dastlabki patent beruvchi idoralarning paydo bo‘lishi va ularning faoliyati, patentlash jarayonlarining huquqiy asoslari va ixtirolarni patentlash tartibini o‘rganadi.
- 11-mavzu: Rossiyada patent huquqi tarixi: Ushbu mavzu Rossiyada dastlabki patent huquqining paydo bo‘lishi asoslari, IM ob’ektlarini patentlashni amalga oshiruvchi vakolatli organ va patentlash xizmatining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi.
- 12-mavzu: Hozirgi zamon patentlash huquqi va tizimining yuzaga kelishi: Mavzu ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, G. Altshuller nazariyasi va uning mohiyati hamda patent turlari tushunchalarini o‘rganadi.
- 13-mavzu: Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi qonunchilik: Ushbu mavzu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va xalqaro normativ hujjatlarda intellektual mulk huquqi muhofazasi, Intellektual mulk ob’ektlari haqida ma’lumot hamda Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining tarkibiy qismi sifatida masalalarini o‘rganadi.
- 14-mavzu: Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: Mavzu mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tushunchasi mohiyati, qaysi qonunlar bilan tartibga solinishi, yo‘nalishlari, turlari hamda O‘zbekistonda himoyalashning bugungi holati, muammolari va yechimlari, mualliflik shartnomasi kabi masalalarni o‘rganadi.
- 15-mavzu: Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari: Ushbu mavzu ixtiro tushunchasi va mazmuni, ixtiro va foydali modelning xususiyatlari, ularga ariza berish tartibi, ixtiro uchun patent berish va patentdan foydalanish hamda ixtironi chet elda patentlash tartibini o‘rganadi.
- 16-mavzu: Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini huquqiy muhofaza qilish: Mavzu tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, talabnomani tuzish tartibi, ularga o‘zgartirishlar kiritish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, Madrid bitimi tartiblari hamda original va kontrafakt mahsulotlarning farqini o‘rganadi.
- 17-mavzu: Patent axboroti va patent tadqiqotlarini o‘tkazish: Ushbu mavzu Xalqaro patent tasnifi, patent axborotini qidirish usullari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va jahon mamlakatlari patent hujjatlari bilan tanishishni o‘rganadi.
- 18-mavzu: Ixtiro, sanoat namunalari va tovar belgilarini xorijiy patentlash: Mavzu ixtirolarni xorijiy patentlashning asosiy tamoyillari va mexanizmlari, Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi tartiblarini o‘rganadi.
- 19-mavzu: Innovatsiya faoliyati asoslari: Ushbu mavzu innovatsion faoliyatning o‘ziga xos tushunchalari, IM va innovatsiyaning o‘zaro aloqasi, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy tushunchalari, innovatsiyalarning turlari va uni moliyalashtirish manbalarini o‘rganadi.
- 20-mavzu: Intellektual mulkni boshqarish: Mavzu intellektual mulk ob’ektlarini boshqarishda xorijiy tajriba, patent-axborot bo‘limlarining faoliyatini tashkil qilish va ularga qo‘yiladigan talablarni o‘rganadi.