Python dasturlash tili
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Python dasturlash tili» fanini o'qitish bo'yicha ta'lim texnologiyalari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. O'quv-uslubiy majmua texnika oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va talabalari hamda «Python dasturlash tili» fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Python dasturlash tili: Python dasturlash tili yaratilish tarixi. Python dasturlash tili imkoniyatlari. Pythonni o'rnatish. Dastur tuzilishi. Izoxlar. Dastur natijasini chop etish. Ma'lumotlarni kiritish
- O'zgaruvchilar: O'zgaruvchini nomlash. Ma'lumot turlari. O'zgaruvchiqa qiymat o'zlashtirish. Ma'lumot tipini aniqlash. Ma'lumot tipini o'zgartirish. O'zgaruvchini o'chirish
- Operatorlar: Matematik operatorlar. Munosabat operatorlari. Ketma-ketliklar bilan ishlash operatorlari. O'zlashtirish operatorlari. Operatorlarni bajarish ketma-ketligi
- Shartli operatorlar: Taqqoslash operatorlari. if...else operatori
- Sikl operatorlari: For sikli. range() va enumerate() funksiyalari. While sikli. continue operatori. break operatori
- Sonlar: Sonlar bilan ishlashning tashqi funksiya va metodlari. math moduli. Matematik funksiyalar. random moduli. Tasodifiy son generasiyasi
- Qatorlar va ular ustida amallar: Qator yaratish. Maxusu belgilar. Qatorlar bilan ishlash amallari. Qatorlarni formatlash. format() metodi. Qatorlar bilan ishlash metod va funksiyalari. Localni sozlash. Belgilar registrini o'zgartirish. Belgilar bilan ishlash funksiyalari
- Ro'yxatlar, Kortejlar, To'plamlar va Diapazonlar: Ro'yxat yaratish. Ro'yxatlar ustida amallar. Ko'p o'lchamli ro'yxatlar. Ro'yxat elementlarini saralash. Ro'yxat generatorlari. Ro'yaxatga elementlar qo'shish va o'chirish. Ro'yxat elementlarini qidirish va ro'yxatga kirivchi qiymatlari haqida ma'lumot olish. Ro'yxatni teskarilash va aralshtirish. Tasodifiy elementni tanlash. Ro'yxatni saralash. Ro'yxatni sonlar bilan to'ldirish. Ro'yxatni satrga o'tkazish. Kortejlar. To'plamlar
- Lug'atlar: Lug'at yaratish. Lug'atlar ustida amallar. Lug'at elementlarini saralash. Lug'atlar bilan ishlash metodlari. Lug'atlar generatori
- Sana va vaqt bilan ishlash: Joriy sana va vaqtni chop etish. Sana va vaqt formati. Sana ustida bajariladigan asosiy amallar. Sana va vaqtni formatlash. Sana va vaqtlarni qo'shish va ayirish. timedelta xususiyatlari.
- Foydalanuvchi funksiyalari: Funksiyani aniqlanishi va uni chaqirish. Pythonda modullar va paketlar. import va from ko'rsatmasi. Moduldan qidirish yo'li. Modullarini qayta yuklash.
- Fayl va kataloglar bilan ishlash: Faylni ochish. Fayllarbilan ishlash metodlari. Faylni ochish va yozish rejimlari. Faylga yozish usullari. Faylni o'qish usullari.