“ILMIY TADQIQOT ASOSLARI”
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, uni amalga oshirish bosqichlari, nazariy va eksperimental tadqiqot usullari, statistik tahlil, model tuzish, ilmiy izlanish natijalarini rasmiylashtirish va joriy etish asoslari, samaradorlik mezonlari hamda patentlash kabi muhim mavzularni o‘z ichiga oladi. Kitobda ilmiy izlanishlar, tadqiqot metodologiyasi, ma'lumotlar bilan ishlash, natijalarni tahlil qilish va ularni ilmiy asosda himoya qilish usullari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari: Fan maqsadi va vazifalari, zamonaviy sanoat, mashinasozlik va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi fan-texnika rivojining ahamiyati, mutaxassislardan talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar.
- Ilmiy tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqotlar mavzusini tanlash va baholash: Ilmiy bilish usullari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar, ularning turlari, tadqiqot bosqichlari, mavzu tanlash mezonlari va uni baholash.
- Ilmiy – texnikaviy informatsiya: Ilmiy texnikaviy informatsiya manbalari, ularni izlash, o‘rganish, tahlil qilish va maqsadi hamda vazifasini ifodalash.
- Ilmiy tadqiqot ishlarida modellashtirish: Modellashtirishning mohiyati, matematik modellashtirish, modellarning turlari va shakllari, fizika va matematik modellarni tuzish.
- Ixtiro va yangilik ochishlar haqida umumiy ma'lumot: O‘zgartirish taklifi, foydali taklif, ixtiro va uning belgilari, modda, qurilma turlari.
- Patentlash: Patentlashga izlash ishlari, jarayonlari, ixtirochilik qonunchiligi, patent egasi huquqlari.
- Patentlash ma'lumotlari va uning manbasi: Patentlash ma'lumotlarini tayyorlash, izlash ishlari, tizimi, markazlari, ixtiro yozuvi va ekspertiza.
- Ixtirolarning klassifikatsiyasi. Patentlash ma'lumotlari: Ixtirolar klassifikatsiyasi tizimlari (Amerika, Angliya, Yaponiya, Xalqaro MKI), patent ma'lumotlari byulletenlari.
- Ehtimollar nazariyasi va amaliy tadqiqotlar natijalariga matematik – statistik usul bilan ishlov berish: Ehtimollar nazariyasi asoslari, tasodifiy voqeliklar, ehtimolliklarni qo‘shish va ko‘paytirish, tajribalarni takrorlashni asoslash.
- Nazariy tadqiqotlar olib borishda qo'llanilladigan qonunlar va nazariyalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Informatsiyalar nazariyasi, ishonchlilik nazariyasi, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi (OXKN).
- Eksperiment: Eksperiment turlari, uning maqsadi va vazifalari, eksperimentni rejalashtirish va o‘tkazish.
- Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish: Eksperimentni rejalashtirish, tadqiqot vositalarini tanlash, ma'lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish, ular samaradorlik me'zonlari: Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy etish turlari, iqtisodiy va texnik samaradorlik mezonlari.
- Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish: Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish tartibi, referat, hisobot, maqola va monografiya yozish qoidalari.