Akademik litseylarda kvant fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya akademik litseylarda kvant fizikasi bo'limini o'qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kvant fizikasi o'qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan. Tadqiqot davomida multimediali o'quv kurs va virtual laboratoriya mashg'ulotlari ishlab chiqilgan bo'lib, ular o'quvchilarning kvant fizikasi mavzularini chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Kvant fizikasi o'qitishning nazariy asoslari: Bobda akademik litseylarda kvant fizikasi bo'limining hozirgi kundagi o'qitish holati, o'quv jarayonida foydalanishga mo'ljallangan raqamli ta'lim texnologiyalari tahlili hamda akademik litseylarda kvant fizikasi boʻlimiga raqamli ta'lim texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinib, didaktik imkoniyatlari aniqlangan. Shuningdek, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ilmiy-tadqiqot ishlar hamda ta'lim jarayonida raqamlashtirish maqsadlariga qaratilgan virtual elektron resurslar qiyosiy tahlil qilinib, ta'lim jarayoni sifat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli ta'lim texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari keltirilgan.
  • Raqamli texnologiyalar asosida kvant fizikasi o'qitish metodikasini takomillashtirish: Bobda kvant fizikasi boʻlimida "Raqamli ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusi keltirilgan boʻlib, kvant fizikasi boʻlimi mavzularini oʻqitishda multimediali oʻquv kursi va LabVIEW dasturiy vositasi yordamida virtual laboratoriya mashg'ulotlar ishlab chiqilgan.
  • Pedagogik eksperiment va uning natijalari: Uchinchi bobda pedagogik tajriba ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish, matematik-statistik tahlil izohlangan boʻlib, akademik litseylarda kvant fizikasi bo'limini o'qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarining K. Pirsonning x² mezoniga muvofiq matematik-statistik oʻzaro qiyosiy tahlili natijalari nazorat guruhidagi o'quvchilarga nisbatan 10% yuqori ekanligi aniqlangan.