Boʻlajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatga olingan va Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan. Tadqiqot bo'lajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlariga bag'ishlangan. Unda bo'lajak pedagoglarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, pedagogik intuitsiya va improvizatsiyaning rolini oʻrganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar natijalari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti va tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ishonchliligi va ahamiyati bayon etilgan.
- Bo'lajak pedagoglarni tayyorlashda ularning kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari: Birinchi bobda oʻrganilgan muammoning psixologik fenomeni, mexanizmlari va rivojlanishi haqida tahliliy sharh berilgan. Shuningdek, bo'lajak pedagoglarning kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik muammosi, ularda kasbiy kreativlik kompetensiyalarini oʻziga xos xususiyatlari hamda pedagogik-psixologik muammolarini oʻrganishga doir manbalar tahlil qilingan.
- Bo'lajak pedagoglar kasbiy kreativ kompetensiyalarining psixologik xususiyatlarini empirik oʻrganish natijalari: Ikkinchi bobda tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotda qoʻllangan metodlarning umumiy tavsifi, oʻtkazish tartibi, olingan natijalarning tahlili va korrelyatsion bogʻlanishlar izohi keltirilgan. Shuningdek, boʻlajak pedagoglarning kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar dasturi va ularning faoliyatida namoyon boʻladigan improvizatsiya masalalariga e'tibor qaratilgan.
- Bo'lajak pedagoglarning kasbiy kreativ kompetensiya xususiyatlarining amaliy tahlili: Uchinchi bobda bo'lajak pedagoglarning kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini belgilab beradigan bir necha metodikalar, jumladan, V.V.Sinyavskiy hamda B.A.Fedorishinning «Shaxsning kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash» (KOS-V.Karimova modifikasiyasi) metodikasi, Ye.E.Tunikning «Shaxs ijodkorligi (ijodiy qobiliyat)ni oʻrganish metodikasi, S.A.Gilmanov tomonidan ishlab chiqilgan «Pedagogik intuitsiyani aniqlash>> metodikasi va V.V.Boyko tomonidan ishlab chiqilgan «Umumiy kommunikativ tolerantlikni diagnostika qilish» metodikasidan keng foydalanildi.
- XULOSA: Dissertatsiya natijasida bo'lajak pedagoglarda ijodkorlikning mustaqil, nostandart, ratsional, refleksiv fikrlash jarayonidagi kasbiy shakllanish dinamikasi, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali aniq, tez, ishchanlik muloqotini oʻrnata olish, jamoda do'stona psixologik muhitni kengaytirish, shaxslararo muloqot tizimida ijobiy ta'sir koʻrsata olish kabi shaxs sifatlarining tashabbuskorlik bilan bog'liqlikda shakllanishi, shuningdek, intuitsiya, kreativlik va improvizatsiyani rivojlantirish asosida kasbiy kreativlik kompetensiyalarning psixologik xususiyatlari ularda ijodkorlik xususiyatining shakllanganiga toʻgʻri proportsional ekani dalillandi.
- Amaliy tavsiyalar: Boʻlajak pedagoglarning kasbiy kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik hususiyatlarini takomillashtirishga oid yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish, vebinar texnologik mahorat darslarini ishlab chiqish hamda kouching sessiyalari va superviziya metodikalarini yaratish boʻyicha tavsiyalar berilgan.