O’zbekistonning eng yangi tarixi

Ushbu o’quv qo’llanma O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan bakalavr sirtqi agrar ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun tayyorlangan. O’quv qo’llanmada O‘zbekistonning eng yangi tarixi biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazishning nazariy va amaliy jihatlari va uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu: Kirish. “ O’zbekistоnning eng yangi tаriхi” o’quv fаnining predmeti, mаqsаdi vа vаzifаlаri, nаzаriy-metоdоlоgik tаmоyillаri. Mustаqillikkа erishish аrаfаsidа O’zbekistоndаgi ijtimоiy-siyosiy jаrаyonlаr.: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni voyaga etkazishga yo‘naltirilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, oliy o‘quv yurtlarida talabalarning O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganishlari bo‘lajak yosh mutaxassislarning bugungi davr hayoti mohiyatini to‘g‘ri anglab olishlari va o‘zlarining shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglagan holda mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirishga va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishlarida muhim o‘rin tutadi.
  • 2-mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O’zbekistonning o’ziga xos istiqbol va taraqqiyot yo’li.: 1990-yil o‘rtalarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Markazning respublikalar siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayotini nazorat qilishi va boshqarishi yanada qiyinlashdi. Bu davrda Sharqiy Evropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar boshqaruv tizimi inqirozga uchrab, xalqlar o‘rtasida demokratik boshqaruvga intilish kuchaydi. SSSR tarkibidagi xalqlar ham endilikda eskicha buyruqbozlik tizimiga bo‘ysunib yashashga qarshi bo‘ldilar. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqirozni bartaraf etish chora-tadbirlarini topishga ojizlik qildilar. Natijada, ishlab chiqarish jarayonlari izdan chiqib, jamiyatni boshqarish tartibi va mehnat intizomi buzildi. Hayotning o‘zi endi respublikalar suvereniteti va inson huquqlari poymol qilingan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi umrini yashab bo‘lganligini ko‘rsatdi.
  • 3-mavzu. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.: Demokratik tamoyil va qadriyatlarga asoslangan zamonaviy o‘zbek suveren davlatchiligining qaror topishi mamlakatimizning XX asr so‘nggi o‘n yilligidagi buyuk tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida dunyo sahnasiga chiqqach, mohiyat mazmuni jihatidan tamomila yangi milliy huquqiy tizim yaratildi. Avvalo, respublikamizda mavjud barcha normativ-huquqiy aktlar Konstitutsiya asosida qayta ko‘rib chiqilib, isloh qilina boshlandi. Shu bilan birga, huquqiy tizimning barcha sohalari bo‘yicha yangi qonunlar yaratishga kirishildi. Jumladan, mustaqillik yillari mobaynida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘n bitta sessiya o‘tkazdi. Parlament 1991 yilning avgust-dekabr oylarida – 13 ta qonun, 1992 yilda – 52 ta qonun, 1993 yilda – 53 ta qonun, 1994 yilda – 22 ta qonun qabul qildi. Jami qonunlar 145 tani tashkil etib, ulardan 98 tasi yangi qonunlar, 47 ta qonunga esa qo‘shimcha va o‘zgar-tirishlar kiritdi. Yangi saylangan birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-1999 yillarda o‘n beshta sessiya o‘tkazib, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 138 ta qonun, 468 ta qaror qabul qildi. Bu davrda 216 holatda amaldagi qonunchilikka qo‘shimcha, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritildi.
  • 4-mavzu. O’zbekistonRespublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar. Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.: O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy, siyosiy islohotlarni oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga etkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda. O‘tish davri mashaqqatli va sinovli yillar bo‘lib, barcha sohalarda islohotlar olib borildi va davom etmoqda. Ayniqsa, ma’naviy hayotimizda asrlarga barobar ulkan ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Eng buyuk jasorat nima degan savolga, hech ikkilanmasdan ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, adashmagan bo‘lamiz”, – dedi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov. Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.
  • 5-mavzu. O’zbekistonRespublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’istonRespublikasi.: Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg‘or yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda o‘qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag‘batlantirish, bilim va ko‘nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo‘llashni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish, shu asosda ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo‘ldi. Bugungi kungacha o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta’lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan: ta’lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yo‘naltirish; aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta’lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish; ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ta’lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish; ta’lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish. O‘zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va Ta’limni isloh qilish Konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. 1-bosqich – 1997-2001 yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. Bu bosqich kadrlar tayyorlash dasturining moddiy-texnik ba’zasini yaratish davri deb nomlandi. 2-bosqich – 2001-2005 yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat
  • 6- mavzu. O’zbekiston va jahon hamjamiyati. Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksali sh sari.: XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyat. Mustaqil O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi. XX asrning 90 yillariga qadar dunyo ikki qutbli bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar nisbati ikki joyda – SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy siyosiy kuchlarning qo‘lida edi. Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Endi dunyo ko‘p qutbli bo‘lib qoldi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishga kirishdi.