Issiq iqlim sharoitida yer osti suv resurslaridan sanoat maqsadida foydalanishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish. (Sherobod sement zavodi misolida)

Ushbu dissertatsiya issiq iqlim sharoitida sement zavodlarida yer osti suvlaridan sanoat maqsadida foydalanishning samarador texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejash, oqova suvlardan takror foydalanish kabi dolzarb masalalar ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqarishda changni bostirish uchun tozalangan texnik oqova suvlardan foydalanishning samarador usuli ishlab chiqilgan bo'lib, bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshirishga olib kelgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekistonning issiq iqlim hududlarida suv resurslaridan sanoat maqsadida foydalanish tahlili: Birinchi bobda O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining tabiiy sharoiti, geologiyasi, iqlimi, mavjud suv resurslari, ulardan sanoat korxonalarining suv resurslaridan foydalanish tizimi muammolari tahlil qilingan. Issiq iqlim sharoitida yer osti suv resurslaridan sanoat maqsadida foydalanishning ilmiy tadqiq qilish mintaqadagi suv resurslarini tejalishiga yordam beradi.
  • Sherobod sement zavodi suv ta'minoti tizimi, manbaalari va suv resurslaridan foydalanishni tahlil qilish: Ikkinchi bobda Sherobod sement zavodi hududining gidrogelogik sharoiti tahlillari, yer osti suv manabalari va ularning hozirgi holati, korxonaning suv ta'minoti tizimi, suv sifatiga qoʻyiladigan talablar, oqova suvlarning holati, suv balansi sxemasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mavjud suv quduqlarining debiti va xususiyatlari tahlil qilingan.
  • Sanoat maqsadlarida suvdan foydalanishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish tamoyili: Uchinchi bobda sanoat korxonalarida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini nazariy asoslash va uning asosida hisoblash algoritmini yaratishga, shuningdek, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazishga oid ma'lumotlar keltirilgan. Sanoat korxonalari suv ta'minoti tizimini va suv manbaalaridan foydalanish ham tabiatan aniq fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslanadi.
  • Sherobod sement zavodida suv resurslaridan sanoat maqsadida foydalanishning samarador texnologiyasini ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilishning natijalari va iqtisodiy samaradorligi: To'rtinchi bobda tadqiqot natijalarining Sherobod sement zavodida joriy qilinishi tufayli 162 400 000 soʻm iqtisodiy samaradorlikka erishilganligi, suv resurslaridan foydalanish samaradorligi 12-13 foizga ortganligi, suv sarfi kamayganligi va 1 tonna sement ishlab chiqarish tannarxidan iqtisod qilinganligi haqida ma'lumotlar berilgan.