Korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya O'zbekistonda korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda korxonalarning investitsiya faoliyati, uni moliyalashtirishning nazariy va uslubiy jihatlari, asosiy ko'rsatkichlar va modellari, shuningdek, O'zbekiston iqtisodiyoti va uning investitsion siyosatining xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan.
  • I bob: Korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning nazariy asoslari: Korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish zarurati, mohiyati va yo'nalishlari, investitsion faoliyatning korxonalarning rivojlanish ko'rsatkichiga ta'siri va korxonalarning investitsiya faolligini oshirishda xorij tajribasi yoritilgan.
  • II bob: Korxonalarning investitsion faoliyatini moliyalashtirish mexanizmining tahlili va baholash uslubiyoti: Unda korxonalarning investitsion faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini baholash usullari tahlili, korxonalarning investitsion faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari tahlili va korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkichlar tahlili amalga oshirilgan.
  • III bob: Korxonalarning investitsiya faoliyatining amaldagi holati va tahlili: Korxonalar investitsiya faoliyatining amaldagi holati, tendensiyalari va mavjud muammolari oʻrganilgan, korxonalarda investitsiya samaradorligi natijalarining tahlili va korxonalarda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini baholash tartibi tahlili amalga oshirilgan.
  • IV bob: Korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish istiqbollari: Unda korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish istiqbollari, korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish muammolari va ularni bartaraf etish yo'llari hamda korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish yo'nalishlari belgilab berilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqilgan va ularning asosiy mazmuni bayon etilgan.