Mashinasozlik ishlab chiqarishi tsexlarini loyixalash
Ushbu o'quv-uslubiy majmuada mashinasozlik ishlab chiqarishi tsexlarini loyihalash fani bo'yicha umumiy tushunchalar, mashinasozlik sanoatining zamonaviy holati, texnologik jihozlar, ularning tasnifi, ish joylarini loyihalash, tsexlarni loyihalash va ularni rejalashtirish kabi mavzular yoritilgan. Fanning asosiy maqsadi - talabalarga mashinasozlik sanoatining ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish, tsexlarni loyihalash, jihozlarni tanlash va joylashtirish, hamda ularning iqtisodiy va texnik jihatdan asoslangan loyihalash usullarini o'rgatishdir. Shuningdek, ushbu majmuada fanni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan nazariy bilimlar, amaliy mashg'ulotlar va test savollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHI TSEXLARINI LOYIXALASH FANining O‘QUV DASTURI: Fanning asosiy maqsadi, vazifalari, talabalar bilimiga, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar, fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi, fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
- KIRISH: Mashinasozlik ishlab chiqarish tsexlarini loyihalash fanining asosiy maqsadi, bakalavriat talabalarini o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan maxsus fanlarni o‘zlashtirish, ulardan foydalanish, ishlab chiqarish texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kurs loyihalarini avtomatik boshqarish va nazorat qilish tizimlarini ishlatish, ta’minlash va malaka berish orkali ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iboratdir. Malakaviy ishlarini bajarishda xisob-kitob va tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul kilishga tayyorlash hisoblanadi.
- I BOB MASHINASOZLIK KORXONALARINI LOYIHALASH ASOSLARI: Mashinasozlik korxonasining tuzilishi, ish faoliyati, iqtisodiy, texnik va tashkiliy masalalar. Korxonani loyihalash bilan bir qatorda iqtisodiy, texnik va tashkiliy masalalar ham ishlab chiqiladi. Ushbu masalalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir texnik yechim iqtisodiy jihatdan asoslangan holda, aniq bir tashkiliy shaklda amalga oshirilishi kerak. Iqtisodiy masalalarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning soni, og‘irligi, bir dona mahsulotning va umumiy mahsulotlarning narxi ko‘rsatilgan holda ishlab chiqarish hajmini aniqlash; bo‘lg‘usi korxona qaysi joydan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, yonilg‘i, elektr energiyasi, suv va gaz bilan ta'minlanishi; korxonani eng qulay geografik nuqtada joylashtirishni aniqlash va tanlash; asosiy va aylanma harajatlarning hajmini aniqlash hamda mahsulot tannarxi va harajatlar samarasini aniqlash; korxonaning iqtisodiy ta'minoti va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash masalalarini xal qilish; ishlab chiqarish rejasini tuzish; turar joy va sotsial-madaniy qurilishlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va h.k. Texnik masalalarga quyidagilar kiradi: xom-ashyo va yarim fabrikatlarga ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash; zarur ish vaqti fondi va ishchi kuchi sonini aniqlash; asosiy ishlab chiqarish va yordamchi jihozlar sonini aniqlash; korxona uchun zarur bo‘ladigan xom-ashyo, materiallar, yonilg‘i hajmini aniqlash hamda barcha turdagi energiya bilan ta'minlash usuli va ularning hajmini aniqlash; transport, yoritish, isitish, ventilyatsiya, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya masalalarini ishlab chiqish; kerakli maydonni hisoblash, tsexlarning yordamchi va xizmat ko‘rsatish binolarini rejalashtirish va ularga korxona ichida xizmat ko‘rsatuvchi yo‘llarni rejalashtirish; korxonaning bosh rejasini ishlab chiqish; tsexlarni ichki rejalashtirish-bo‘limlar, jihozlar va yordamchi qurilmalarni joylashtirish; binolar turi, shakli va o‘lchamlarini aniqlash; ularning konstruktsiyasini va barcha qurilish qismini ishlab chiqish; texnika va yong‘in xavfsizliklari bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish masalalari. Tashikiliy masalalarga korxonaning, uning tsexlari va bo‘limlarining boshqaruv strukturasini ishlab chiqish; bo‘limlar va texnik boshqaruv xodimlar orasida funktsiyalarni taqsimlash va o‘zaro aloqani belgilash; boshqaruv, texnik va iqtisodiy xo‘jalik bo‘limlarini boshqarish; mehnatni va ish joylarini ratsional tashkil qilish; buyurtma, hujjatlar, hisobot tuzish, tsexlar va butun korxonani nazorat qilish tartibini ishlab chiqish; kadrlarni tayyorlash, ishchilarga xizmat ko‘rsatish va qulay sharoitda ishni tashkil qilish masalalari kiradi.
- II BOB MASHINASOZLIK KORXONASI TARKIBI: Barcha tsexlar va qurilmalarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy mashinasozlik korxonalarining vazifasi va tavsifi bo‘yicha ularni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Korxona tarkibi uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti hajmi, texnologik jarayon tavsifi, mahsulot sifatiga qo‘yilgan talab va boshqa ishlab chiqarish omillariga asosan aniqlanadi. Tarkibi va ishlab chiqarish tsikli bosqichiga qarab mashinasozlik korxonalari quyidagi 3 turga bo‘linadi: Birinchi turga – to‘liq ishlab chiqarish tsikliga ega bo‘lgan, mashinani tayyorlashning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan korxonalar kiradi. Bunday korxonalarda barcha asosiy guruhdagi tsexlar, ya’ni tayyorlov, ishlov beruvchi va yig‘uv tsexlari mavjud bo‘ladi. Ikkinchi turga - mashinalarni ishlab chiqarish uchun faqat zagotovkalar tayyorlaydigan korxonalar kiradi, ya’ni quyma, bolg‘alangan zagotovka, shtampovkalar bilan boshqa korxonalarni ta'minlaydi. Bunday korxonalarning yirik quyish va temirchilik tsexlari korxonaning asosiy tsexlari bo‘lib hisoblanadi. Bu korxonalarda tayyorlangan zagotovkalarga qisman mexanik ishlov ham beriladi, ya'ni nuqsonni aniqlash uchun sirtlar tozalanadi. Uchinchi turga - boshqa korxonalardan olingan zagotovkalarga mexanik ishlov berish va mahsulotni yig‘ish hamda boshqa korxonalarda olingan tayyor detal va uzellarini yig‘ish korxonalari kiradi. Birinchi holatda korxona tarkibi asosiy ishlov beruvchi va yig‘uv tsexlari, ikkinchi xolatda esa faqat yig‘uv tsexlari mavjud xolos. Umuman olganda korxona tarkibida quyidagi tsex guruhlari: tayyorlov tsexlari, ishlov beruvchi va yig‘uv tsexlari, yordamchi tsexlar, ombor, energetika, transport, sanitar-texnik va umumkorxona qurilmalari guruhi mavjud bo‘ladi.
- III BOB MEXANIKA-YIG‘UV ISHLAB CHIQARISHINI LOYIHALASH ASOSLARI: Texnik jihatdan yangilanish, rekonstruktsiyalash yoki mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishning loyihasini ishlab chiqish, yangi tsexni loyihalashda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishni ta'minlash zarur. SHu narsa muhimki, ishga tushirish vaqtida yangi ishlab chiqarish korxonasining avtomatlashtirilganlik darajasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va tannarxi, ishlovchilarning ish sharoiti va boshqa ko‘rsatgichlari bo‘yicha mamlakatimizdagi va chet ellardagi ishlab chiqarish korxonalaridan qolishmasligi kerak. Har qanday ishlab chiqarishning asosi texnologik jarayon hisoblanadi. Texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining qismi bo‘lib, bunga mehnat predmetining holatini, o‘lchamlarini, shaklini, ichki xususiyatlarini o‘zgartirish kiradi. Sanoat korxonasini loyihalash ikki bosqichda bajariladi. Loyihalashning birinchi bosqichi – loyiha topshirig‘ini ishlab chiqish, ikkinchi bosqich – tasdiqlangan loyiha topshirig‘i asosida ishchi chizmalarni ishlab chiqish. Sanoat korxonasi, binolari yoki inshootlarining loyiha topshirig‘ini tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan loyihalash uchun topshiriq va kerakli materiallar hamda hujjatlar asosida ishlab chiqiladi. Bunda loyihalanayotgan ob'ektni qurish va undan foydalanishda jamoatchilik mehnatidan, material va moliyaviy vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlari kabi asosiy yechimlar belgilab olinadi hamda qurilishni bajarishning belgilangan muddatlari aniqlanadi. Moliyaviy-smeta hisoblarini o‘z ichiga olgan loyiha topshirig‘i tasdiqlanganidan so‘ng, u qurilishni, asosiy jihozlarga buyurtma berishni va ishchi chizmalarni ishlab chiqishni moliyalash uchun asos bo‘ladi. SHu bilan birga bo‘lg‘usi korxona ishchi xodimlari uchun uy-joy qurish maqsadida xudud tanlanadi. Individual loyiha bo‘yicha sanoat korxonasini qurish uchun loyiha topshirig‘i quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: - texnik-iqtisodiy qism; - bosh reja va transport; - texnologik qism; - qurilish qismi; - qurilishni tashkil qilish; - smeta hujjatlari. Energetika masalalari bo‘yicha loyiha materiallari texnologik qism tarkibida, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, isitish va ventilyatsiya masalalari esa qurilish qismi tarkibida ko‘riladi. Yuqoridagi loyiha topshirig‘i qismlarining tarkibi quyidagicha bo‘ladi: Texnik – iqtisodiy qism: korxonani qurish uchun tanlangan joyni, ishlab chiqarish quvvati, dasturi va korxona tarkibini asoslash; korxonani asosiy material resurslari bo‘yicha ta'minlash usuli va taьminlovchilar haqida ma'lumot; korxonani xom ashyo, yoqilg‘i va energetik bazalari tavsifi; asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarni maxsuslashtirish va kooperatsiya masalalarini asoslash; mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi; turar joy uchun quriladigan binolar xaqida ma'lumotlar; korxonaning asosiy vositalari va kapital sarf harajatlar taxlili; asosiy, texnik – iqtisodiy ko‘rsatgichlar; qurilishni iqtisodiy samaradorligining taxlili. Bosh reja va transport: qurilish ishlarini bajarish uchun tanlangan xududning xolat rejasi, qurilish ishlari olib boriladigan maydonning tavsifi; mavjud, loyihalanayotgan, rekonstruktsiya qilinayotgan va buzilishi kerak bo‘lgan bino va inshootlar, transport yo‘llari va kommunikatsiya, ko‘rsatilgan korxonaning bosh rejasi hamda bosh reja asosida korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Texnologik qism: Korxona bo‘yicha: ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi va tavsifi, ishlab chiqarish dasturi, korxonaning ishlab chiqarish tarkibi, ishlab chiqarish sxemasi; texnik yechimlarni, yangi texnologik jarayonni asoslash va tavsifi, ularning taqqoslash; asosiy materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiyasiga bo‘lgan extiyoji hamda ma'lumotlar; elektroenergiyasi, issiqlik, gaz, qisilgan havo va energiyani boshqa turlari bilan ta'minlash haqidagi qabul qilingan yechimlar, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda qo‘llanilgan an'anaviy loyihalarning ro‘yxati va pasporti. Asosiy ishlab chiqarish tsexlari bo‘yicha: ishlab chiqarish dasturi, tsexlarning ish rejimi, asosiy jihozlar va transport qurilmalarini tanlash hamda ularning zarur bo‘lgan soni hisobi; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; ishlab chiqarish jarayonlarining ish hajmi; elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj, elektr energiyasi bilan ta'minlanish sxemasi; asosiy jihozlarni ko‘rsatilgan holda tsex va asosiy uchastkalarning rejali joylashishi; yarimfabrikat, asosiy materiallar, yoqilg‘i, suvga bo‘lgan ehtiyoj; tsexda ishlovchilar tarkibi va tsexning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Qurilish qismi: asosiy bino va qurilmalarning sxemali rejasi, ularning qisqacha tavsifi; korxonada ishlovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan yechimlar bayoni; suv va oqava suvlarga bo‘lgan ehtiyoj hisobi; oqava suvlarni tashlash joylari va ularni tozalash usullari; suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya va asosiy qurilmalarning sxemasi; isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik va energiya harajati. Sanitar-texnik va ishlab chiqarishni suv bilan ta'minlash qismida suv bilan ta'minlash manbaalarining mavjudligi, ishlab chiqarish kanalizatsiyasi, tsex ichidagi sanitar-texnik qurilmalar hamda boshqa inshoot va qurilmalarning mavjudligi ko‘rsatiladi. Energetika qismida quyidagi ko‘rsatkichlar, ya'ni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta'minlash, issiqlik va bug‘ manbaalari, qisilgan havo va gaz bilan ta'minlash, tsexning ichidagi ishlab chiqarish quvurlari, sinov shoxobchalarining energetik texnologik ko‘rsatkichlari va boshqalar ko‘rsatiladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning barchasi jamlanadi va taxlil qilinadi hamda yangi ishlab chiqarish tizimini yaratish uchun texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Qabul qilingan texnik-iqtisodiy asosdagi texnik yechim rivojlanish yo‘nalishlarining kelajagi borligi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: yangi texnikani, progressiv tejamkor texnologiyalarni, yuqori avtomatlashgan dastgohlarni, EHM ni tadbiq qilinishi hamda ularni dasturlar bilan ta'minlash. Yangi tashkil qilingan ishlab chiqarish tizimi o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan xorijdagi eng yaxshi namunalaridan ustun bo‘lishi kerak. Loyihalashdan oldin to‘plangan barcha boshlang‘ich ma'lumotlar loyihalash uchun topshiriqning asosi qilib olinadi. Loyihalash uchun topshiriqni loyihaning buyurtmachisi loyihalovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqadi. Loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish texnik-iqtisodiy asoslangan ma'lumotlarni hisobga olgan holda bajarilishi zarur. Korxona qurish uchun joy tanlash belgilangan texnik iqtisodiy asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlangan xududda korxona uchun maydon tanlab asoslanadi. Xudud tanlashda quyidagi asosiy omillarga e'tibor qaratiladi: xom-ashyolarning mavjudligi va ulargacha bo‘lgan masofa; yonilg‘i bilan ta'minlanganligi; elektr qurilmalari mavjudligi va sharoiti; transport yo‘llarining mavjudligi, ularning xolati va foydalanish imkoniyati; mahsulot bilan ta'minlanuvchilargacha bo‘lgan masofa; tuproq, qurilish materiallari, ishchi kuchi bilan ta'minlanish darajasi; sanoat xududining turar joy xududiga yaqinligi; korxona qurish uchun bo‘sh joy va uning holati; gidrometereologiya va iqlim sharoiti va boshqalar. Tanlangan xududda korxona qurish uchun maydon tanlanadi. Maydon tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak: - korxona binolari va qurilmalarini qulay sharoitda joylashtirishni ta'minlay oladigan darajada maydonning yetarli miqdordagi o‘lchami va konfiguratsiyasi, korxonani kelgusida kengaytirish masalasiga; - energiya bazalarining yaqin joylashganiga, agar xududda elektrostantsiyasi mavjud bo‘lsa, u holda maydon imkoniyatini yanada oshiradi; - suv bilan ta'minlanganligiga, kanalizatsiya magistrallari, oqava suvlari, to‘kish joylarining mavjudligi; - maydon gruntining qoniqarli xususiyatiga, shuni hisobga olish kerakki gruntning yomon xolati qurilishning qimmatlashishiga olib keladi; - maydon va atrofdagi joyning qulay relьefiga, bunda maydonni tekislash ishlariga kam mehnat sarflanadi; - maydon xududiga temir yo‘l, relьssiz transport yo‘llarini keltirish imkoniyatiga; - daryo suvining ko‘tarilishi natijasida maydonning suv ostida qolish xavfining va yer osti suvlarining yo‘qligiga; - maydonning qoniqarli sanitar-gigienik holatiga (atrofida botqoq, ifloslangan joy va axlatxonaning yo‘qligi); - aholi yashash joyiga yaqinligiga, ya'ni korxona uchun ishchi kuchining jalb qilinishi; - sanoat korxonasining yaqinligiga, bunda korxonaning elektr energiyasi, issiqlik, gaz, bug‘, suv bilan ta'minlash hamda kanalizatsiya va tozalash inshootlari, korxona qurilmalari, axoli yashash joylarini birgalikda qurish imkoniyati bo‘ladi. Korxona qurish uchun maydon tanlashda korxona va aholi yashash joyi orasida sanitar himoya zonasi bo‘lishini e'tiborga olish zarur.
- IV BOB MEXANIKA TSEXLARI: Mashinasozlik ishlab chiqarishida asosiy tsexlar ikkita: texnologik va predmetli shaklda maxsuslashgan bo‘ladi. Birinchi xolatdagi tsexlar bajarilayotgan texnologik jarayon belgilari bo‘yicha (quyish, temirchilik, mexanik, payvandlash), ikkinchi xolatdagi esa tayyorlanadigan mahsulotlar (detallar) bo‘yicha maxsuslashadi, bunda bitta tsexda yig‘ma birlikni (detalni) oxirigacha tayyorlash uchun barcha jihozlar o‘rnatiladi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda mexanik ishlov berish va yig‘ish predmetli maxsuslashgan tsex shaklida quriladi. Seriyali va yakka tartibli ishlab chiqarishlarda mexanik va yig‘uv tsexlari mustaqil ravishda tashkil etiladi, ya'ni texnologik maxsuslashgan tsexlar quriladi. Bu tsexlarning tuzilishi turlicha bo‘lib, yangi tsexni loyihalashda yoki mavjud tsexlarni rekonstruktsiyalash va qayta texnik qurollantirishdagi asosiy bosqichlardan biri, uning tarkibini sintez qilishdir, ya’ni qismlari va bo‘limlarining tuzilishini asosli tanlashdir. Bu esa juda murakkab masala bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi va nomenklaturasini sinchkovlik bilan taxlil qilish talab etiladi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda bu masala nisbatan oson yechiladi, chunki tsexlar predmetli maxsuslashtiriladi (dvigatellar, shassilar ishlab chiqaruvchi tsexlar) va bo‘limlar ham (maxovik bilan tirsakli vallarni tayyorlash va yig‘ish bo‘limi, moy nasosini detallariga ishlov berish va yig‘ish) o‘rta va mayda seriyali ishlab chiqarish uchun strukturalash masalasini yechish murakkabroqdir, chunki detal va mahsulotlarning nomenklaturasi juda ko‘p bo‘ladi va ularning tayyorlash bitta ish o‘rnida ketma-ket bajariladi. Birinchi qarashda bo‘limni texnologik maxsuslashtirish kerakday tuyuladi, lekin ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy nazariyasida, aksariyat xollarda, bu tarkibni yoqlamaydi, ko‘p xollarda esa ushbu tarkibni rad etadi. Hozirgi davr loyihalash ishlarida tizimli yondashish asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibini sintez va taxlil qilish usuli hisoblanadi. Tizimli yondashish qo‘llanilganda har bir ishlab chiqarish tizimi va uning qismlarini taxlili uchun funktsional elementar va tashkiliy tizim ostilarga bo‘linadi, ularni bo‘laklarga ajratib bo‘lmaydi, chunki ular bir butun narsaning 3 ta tomoni ko‘rinishi kabi bo‘ladi.
- V BOB ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH: Berilgan ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonni (TJ) ni loyihalashning asosiy tamoyillaridan biri texnikaviy, iqtisodiy va tashkiliy masalalarini birgalikda yechishdir. Loyihalanayotgan TJ mahsulotning aniqligini va sifatiga qo‘yilgan barcha talablarni eng kam mehnat sarf qilingan holda minimal tannarxda hamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan hajmda va muddatda ta'minlashi kerak. Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan mahsulotning keng nomenklaturada, kam hajmda (hajm deganda, korxonaning rejalangan vaqt intervali ichida ma'lum bir miqdordagi, nomdagi, o‘lchamdagi, o‘lchamlar toifasi bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarishi tushuniladi). Mahsulotning hajmi oz bo‘lib, texnologik operatsiyani bajarish joyiga sanoqli (birlar va o‘nlar bilan hisoblanadi) zagotovka keladi. Ish joyida tez tez takrorlanib turadigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi texnologik operatsiyalar bajariladi. Bunda yuqori aniqlikka ega bo‘lgan jihozlar ishlatiladi va ular texnologik guruhlar, ya'ni tokarlik, frezerlik, parmalash, tish kesish va boshqa uchastkalar asosida tsexda joylanadi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab qilingan aniqlik sinov yurish va o‘lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o‘zaro almashinuvchanligi aksariyat holda amalga oshmaydi, shuning uchun o‘lchamlarni joyida keltirish keng qo‘llanilladi; ishchilar yuqori malakali bo‘lish shart, chunki mahsulotning sifati ularning malakasiga bog‘liq; texnologik hujjatlar qisqartirilgan va soddalashtirilgan bo‘ladi; texnik me'yorlar qo‘llanilmaydi; mehnatni tajribaviy-statistik usulda me'yorlash qo‘llaniladi. Ommaviy ishlab chiqarish deb mahsulotni tor nomenklatura va katta hajmda uzoq muddat ichida uzluksiz tayyorlashga aytiladi. Seriyali ishlab chiqarishga mahsulot nomenklaturasi chegaralangan, davriy ravishda takrorlanib turadigan partiyalarda va nisbatan ko‘p miqdorda mahsulotni tayyorlash kiradi. Partiyadagi mahsulotning soniga va operatsiyalarning biriktirish koeffitsientiga qarab mayda seriyali, o‘rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlar mavjud. Bir oy ichida bajariladigan barcha texnologik operatsiyalar sonining ishchi joylar soniga nisbati orqali operatsiyalarning biriktirish koeffitsienti aniqlanadi.
- VI BOB MEXANIKA TSEXINI REJALASHTIRISHDA HISOBLARNI BAJARISH: Detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashda (oqimli, oqim bo‘yicha-ommaviy, oqim bo‘yicha-seriyali ishlab chiqarish uchun) oqim liniyasi uchun detallarni tayyorlash takti, ya'ni liniyada detallarni tayyorlash vaqti aniqlanishi kerak. Oqimli-ommaviy ishlab chiqarishda detallarni ishlab chiqarish takti tv kattaligi quyidagicha aniqlanadi. Oqimli – seriyali ishlab chiqarishda dastgoxlarni yetarli yuklanishini ta'minlash maksadida bir necha xil uchamli va formasi turli xil bo‘lgan detallarga ishlov beriladi. Bunda dastgoxni bir detallardan boshkasiga qayta sozlash unga murakkab emas yoki umuman talab etilmaydi. Bu xolda bunday detallar guruxiga almashuvchi partiya bilan ishlov beriladi. Bunday printsiplardagi ishni tashkil kilish uchun kuyidagilarni bajarish kerak: 1). Konstruktiv va texnologik belgilari buyicha va detallarni guruxga ajratish; 2). Bir turdagi detallar guruxi uchun tipik texnologik jarayon ishlab chikish; 3). Aloxida jarayon uchun tipik texnologik ostiastka ishlab-chikish; U xolda bunday liniya uchun ishlab-chikarish takti kuyidagicha aniklanadi. Ishlab chiqarish takti qiymatini (6.15) formulaga qo‘yib, dastgohlarning oqim liniyasi uchun kerakli sonini quyidagicha aniqlaymiz: Agar dastgoh soni kasrli ko‘rinishda chiqsa, u holda o‘sish tartibida butun songa yaxlitlaymiz va bu dastgohning qabul qilingan soni (Sqab) deyiladi. Oqimli liniya uchun dastgohlarning umumiy soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu yerda So – oqim bo‘yicha liniyada bitta operatsiyani bajarish uchun qabul qilingan dastgohlar soni; i-jarayonlar soni. Oqim bo‘yicha liniya uchun dastgohning yuklanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: yoki (6.15) ga asosan U holda o‘rtacha yuklanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
- VII BOB TSEXNI REJALASHTIRISH: Avvalgi boblardan ma'lumki, mexanika tsexlarining ishlab chiqarish bo‘limlari tarkibi tayyorlanayotgan mahsulot va texnologik jarayon tasnifi, hajmi va ishlab chiqarishni tashkil qilish shakliga asosan aniqlanadi. Ommaviy ishlab chiqarishda, masalan, avtotraktor korxonasidagi tsexlar tayyorlayotgan agregat nomi bilan ataladi va ular uchastkalarga bo‘linadi. Misol uchun, dvigatel tayyorlaydigan tsex «Motor» tsexi, uchastkalari esa «TSilindrlar bloki», «Tirsakli val», «Vtulka, klapan» va h.k. deb ataladi. Seriyali ishlab chiqarishda tsex detallarning o‘lchami bo‘yicha uchastkalarga bo‘linadi, masalan yirik detallar uchastkasi, o‘rta detallar uchastkasi (prolyot), mayda detallar uchastkasi (prolyot) yoki detal turi va tavsifi bo‘yicha: Vallar uchastkasi (prolyot), tishli g‘ildiraklar uchastkasi (prolyot), korpus detallar uchastkasi (prolyot). Prolyot - deb ikki qator parallel ustunlar bilan ko‘ndalang kesimda chegaralangan binoning qismiga aytiladi. TSexda uchastkalarni, liniyalarni o‘zaro joylashtirish texnologik jarayon tavsifi asosida bajariladi. Mexanika tsexining uchastkalaridagi metall kesish dastgohlari 2 xil usulda joylashtiriladi: 1. Dastgohlar turi bo‘yicha. 2. Texnologik operatsiya tartibi bo‘yicha. Dastgohlarning turi bo‘yicha joylashtirish yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlar hamda alohida detallar uchun qo‘llaniladi, seriyali ishlab chiqarishda detallarning bir xillik belgisi bo‘yicha, ya'ni bir xil dastgoh uchastkalari tashkil etiladi: tokarlik, sidirish, frezerlik, parmalash, jilvirlash va h.k. Texnologik operatsiya tartibi bo‘yicha joylashtirish usuli seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bunda dastgohlar bir turdagi detallarga ishlov berish ketma-ketligi bo‘yicha joylashtiriladi. Dastgohlarning liniyaga joylashtirish ishlov berishda har bir detalning eng qisqa harakat yo‘lini ta'minlashi kerak. Teskari yoki aylanasimon harakatlar detallarni tashishga xalaqit beradi. Detallarni tartib bilan dastgohdan dastgohga o‘tishi detallarning harakat texnologik liniyasi bo‘lib, bu harakat jihozlar rejasida ko‘rsatilishi mumkin.
- VIII BOB YIG‘UV TSEXINI LOYIHALASH: Ishlab chiqarish jarayonida yig‘ish ishlari yakunlovchi bosqich bo‘lib, alohida detallar va uzellardan tayyor mahsulotlar yig‘iladi. Yig‘ish isharining sifati yig‘ilgan mashinani ishlash sifati, mustahkamligi va uzoq muddat ishlay olishiga katta ta'sir qiladi. Detallar yetarli aniqlikda tayyorlangan bo‘lsa ham, ularning yetarli miqdorda aniq birikmasligi yig‘ilgan mahsulot - mashinaning foydalanish davrida sifatli va ishonchli ishlamasligiga olib keladi. Yuqoridagilarga asosan yig‘ish ishlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi ancha yuqoridir. Misol uchun: qishlok xo‘jaligi mashinasozligida mahsulotning umumiy ish hajmiga nisbatan 20-30% ni, ba'zi mashinalarda esa bu ko‘rsatkich 40-60% ni tashkil qiladi. Yig‘ish ishlari va detallarga mexanik ishlov berish nisbati ishlab chiqarish turi va yig‘ish usuliga bog‘liqdir. Mexanik ishlovga berishga nisbatin yig‘ish ishlari nisbati o‘rtacha quyidagicha bo‘ladi: Yakka va mayda ishlab-chiqarishda 40-50%, O‘rta seriyali ishlab chiqarishda 30-35%, Yirik seriyali ishlab chiqarishda 20-25%, Ommaviy ishlab chiqarishda < 20%. Yig‘uv tsexlarini loyihalash uchun asos bo‘lib, korxona ishlab chiqarish dasturi asosida tuzilgan, o‘z ichiga tsexga keltiriluvchi detal va uzellar spetsifikatsiyasi, yig‘uv va uzellar chizmalari, qabul qilish va sinash texnik shartlari keltirilgan ishlab chiqarish dasturi hisoblanadi. Yig‘uv tsexini ishlab chiqarish dasturi o‘z ichiga yig‘iladigan mashina va uzellar nomi, har bir uzelning og‘irligi, yillik ishlab chiqarish hajmi (uzellarning og‘irligini tonnada hisobga olgan holda) oladi. Yig‘ishga keltirilgan detal va uzellarning spetsifikatsiyasida ularning nomi, raqami, bir mahsulotning yig‘iladigan detallari soni va tayyorlagan tsex nomi bo‘lishi kerak. Yig‘ish texnologik jarayonini loyihalash uchun mahsulotni yig‘ish chizmasi va umumiy ko‘rinishda detallarni o‘zaro joylashuvi uchun o‘lchamlar dopuski, konstruktiv tirqishlar hamda mashinani yig‘ish uchun asosiy talablar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari chizmalarda barcha proektsiyalar va kesimlar bo‘lishi kerak. Mashinalarni umumiy yig‘ishga quyidagi asosiy operatsiyalar kirishi mumkin: a) detallarni mahkamlash; b) qo‘zg‘almas detallarni yig‘ish; v) harakatlanadigan detallarni yig‘ish; g) aylanadigan detallarni yig‘ish; d) harakatni uzatadigan detallarni yig‘ish; e) detallarni yig‘ish uchun belgilash (yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda); j) qismlar detallarining og‘irligini o‘lchab ko‘rish va muvozanatlash; z) stanina, rama, plita, korpuslarni o‘rnatish. Yig‘ish ishlarini bajarish qulay bo‘lishi uchun uning grafik sxemasi tuziladi. Sxemada mashinalarni umumiy yig‘ish uchun detallardan oddiy uzellar tashkil qilinishi, uzellar va detallardan agregatlar yig‘ilishi ko‘rsatilgan. Sxemada dumaloq shakllarda detallar belgilangan, ularning tartib raqami ko‘rsatilgan; uzellarda ularning tartib raqami va agregatlarda agregat liberi ko‘rsatilgan. Mashinani agregatlar, uzellar, uzelosti va alohida detallarga bo‘lish mashinaning konstruktiv xolatiga bog‘liqdir. SHuning uchun mashinaning har bir turini bo‘lishning o‘ziga xos xususiyati, umumiy qoidalari va shartli tavsifi asosida olib boriladi. Mahsulotning konstruktsiyasini bo‘lish quyidagi asosiy xolatlar asosida olib boriladi: 1. U yoki bu birikmani yig‘ish birligiga ajratish, u konstruktiv va texnologik tomondan maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. 2. Yig‘ish jarayonlarining ketma-ketligi va to‘g‘ri texnologik aloqasi ta'minlanishi kerak. 3. Umumiy yig‘ishga, iloji boricha dastlab komplektlashgan yig‘ma birliklar ko‘p sonda uzatilishi va iloji boricha alohida detallar oz uzatilishi kerak. 4. Mashinalarni umumiy yig‘ish, iloji boricha mayda detallarni yig‘ish va yordamchi ishlarni bajarishdan ozod bo‘lishi kerak. Yig‘ish ishlarida, mumkin qadar, qo‘l kuchi bilan bajariladigan chilangarlik ishlarini mexanizm qo‘llash bilan almashtirish kerak. Mexanizmlarni qo‘llash mehnat unumdorligini oshiradi, ishchi mehnatini yengillatadi. Yig‘ishning texnologik jarayonlarini belgilovchi asosiy omillar qatoriga yig‘ish operatsiyalarini bajarish uchun talab qiladigan vaqt kiradi. Yig‘ish operatsiyalari uchun vaqt me'yorining tuzilishi dastgohda bajariladigan ishlarning vaqt me'yorining tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi. Yig‘ish operatsiyasi uchun donabay vaqt me'yori: 1) asosiy (texnologik) vaqt; 2) yordamchi vaqt; 3) ish joyiga xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan vaqt; 4) jismoniy ehtiyoj va dam olish uchun tanaffus vaqtlaridan iborat. Asosiy va yordamchi vaqtlar yig‘indisi operativ vaqtni tashkil qiladi. Bundan tashqari tayyorlash-tugallash vaqti ham ko‘zda tutiladi, u qism yoki mahsulot partiyasining barchasi uchun belgilanadi va partiyadagi detallar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Donabay va tayyorlash-tugallash vaqtlarining yig‘indisi bitta mahsulot uchun donabay - kalьkulyatsiyali vaqtni tashkil qiladi. Ommaviy ishlab chiqarishda, agar bitta joyda bitta va o‘sha operatsiya takrorlansa va ishchi hech qanday tayyorlov ishlarini bajarmasa, tayyorlash-tugallash vaqti ishchi vaqt me'yoriga kirmaydi. Asosiy yordamchi va tayyorlash-tugallash vaqtlari ilg‘or korxonalarning tajriba uchun o‘tkazilgan xronometraj materiallarini tahlil qilish va o‘rganish asosida ishlab chiqilgan me'yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. Ish joyiga xizmat ko‘rsatish va jismoniy ehtiyoji uchun tanaffuslar vaqti operativ vaqtga nisbatan foizlar nisbatida qabul qilinadi.
- IX BOB YIG‘ISH JARAYoNINI TASHKIL QILISH: Agregatlardan (mexanizmlardan), qismlardan va alohida detallardan butun mahsulot - mashina yig‘iladi. SHunday qilib, yig‘ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: a) qo‘lda bajariladigan chilangarlik ishlov berish va keltirish; bu ko‘pincha yakkka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi; seriyali ishlab chiqarishda kichik hajmda qo‘llaniladi; ommaviy ishlab chiqarishda bu bosqich bo‘lmaydi; b) dastlabki yig‘ish - detallarni agregatlarga, mexanizmlarga biriktirish; v) umumiy (yoki yakuniy) yig‘ish - mashinani to‘liq yig‘ish; g) sozlash - mashina qismlarining o‘zaro harakatlanishining to‘g‘riligini tekshirish. Mashinalarni umumiy yig‘ishga quyidagi asosiy operatsiyalar kirishi mumkin.
- X BOB TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH, TA'MIRLASH VA QIRINDILARNI QAYTA ISHLASH TIZIMINI TANLASH: Mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash tizimi quyidagilarni ishga yaroqliligini ta'minlanishi kerak: texnologik va ko‘tarish-tashish jihozlarini va boshqa texnik vositalarini ta'mirlash, qirindilarni chiqarib tashlash va qayta ishlash, ish o‘rnilarini sovituvchi suyuqliklar, elektro-energiya, qisilgan havo bilan ta'minlash va zarur mikroklimatni yaratish hamda tsex havosining tozaligini ta'minlash. TSexdagi ta'mirlash bazasini, elektr jihozlari va elektron tizimni ta'mirlash bo‘limini loyihalash. Ta'mirlash xizmatining asosiy vazifalariga mavjud jihozlarni nazorat qilish, ularning rejali-ogohlantirish ta'mirini o‘tkazish, modernizatsiyalash va standart bo‘lmagan jihozlarni tayyorlash kabilar kiradi. Ko‘rsatilgan ishlarni korxonaning ta'mirlash mexanika tsexi, shuningdek binodagi (tsexdagi) ta'mirlash bazasi hamda elektr jihozlari va elektron tizimlarni ta'mirlash bo‘limi bajaradi. Ommaviy ishlab chiqarishning katta korxonalarida ta'mirlash ishlarini tashkil qilishni markazlashmagan usuli qo‘llaniladi. Bunda barcha turdagi jihozlarni ta'mirlash ishlarini binodagi (tsexdagi) ta'mirlash bazasi bajaradi. Hozir rejali-ogohlantiruvchi ta'mirlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan, u ta'mirlash ishlarining davriyligini ta'minlaydi va bu ishlarni rejali ravishda bajarish imkonini beradi. TSex ta'mirlash bazasidagi dastgohlar soni Stb ta'mirlanadigan texnologik va ko‘tarish-tashish jihozlari son birligi Sbir ga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Qirindilarni qayta ishlash va tashish usullarini tanlash zagotovkalarning massasi bilan tayyor bo‘lgan detalning massasi orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Taxminiy hisoblarda qirindining massasi tayyor detal massasining 10-15 foizi hisobida olinadi.
- XI BOB TRANSPORT TIZIMI: Korxona transport vositalari tizimi 3 turga bo‘linadi: tashqi, tsexlararo va tsex ichki. Tashqi transport korxonani yaqin joylashgan magistrallar, boshqa sanoat va xo‘jalik korxonalari bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bu tizim avtomobil va temir yo‘llarda hamda suv yo‘llarida amalga oshiriladi. Temir yo‘llardagi transport vositasi sifatida teplovoz, elektrovozlar, motovozlar, avtomobilь yo‘llarida esa avtomobillar va traktorlar qo‘llaniladi. TSexlararo transport tsexlararo va omborlardan yuklar tashish uchun xizmat qiladi. Bunda transport vositasi sifatida elektrli va avtoaravalar, avtomobillar, avtotyagachlar, osma elektr telьferli monorelьslar va temir yo‘llar qo‘llaniladi. TSex ichki transporti tsex ichida yuklarning harakatlanishi uchun xizmat qiladi. Ular dastgohlar, yig‘uv stendlari ish joylari va omborxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Transport vositasi sifatida elektrli avto va dastaki komplekslar, temir yo‘llar, elektr telьferli osma monorelьslar; ustunga o‘rnatilgan telьferli burilish kranlari; telьferli kran-balkalar; oddiy va buriluvchi strelali ko‘prikli elektr kranlar; konveyerlar, rolьganglar, sklizlar, liftlar qo‘llaniladi. Mahsulotni tashish yo‘ldoshli yoki yo‘ldoshsiz amalga oshirilishi mumkin. Yo‘ldoshsiz usulda, asosan, aylanuvchi turdagi (vallar, vtulkalar, flanetslar va boshqalar) detallar tashiladi. Yo‘ldoshli tashishning keng tarqalishiga sabab, bunda yarim fabrikatlarni almashtirishni avtomatlashtirish mumkin bo‘ladi. Bunga sabab esa yo‘ldoshning asosiy bazasining dastgohning va transport tizimi jihozlarining ish stoliga o‘rnatiladigan moslamaning yordamchi bazasi bilan birligidir. Mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishida davriy va uzluksiz ishlaydigan transport tizimlaridan keng foydalaniladi. Davriy harakatdagi transport tizimi ikki guruhga bo‘linadi: oqim bo‘yicha liniyada qo‘llaniluvchi, bir biriga ulangan transport tizimi va moslanuvchan aloqadagi transport tizimi. Transport tizimining turi texnologik operatsiyani bajarish vaqtini va detallapni tayyorlash sharoitini hisobga olgan holda tanlanadi. Ishlash tarmoqlari (yo‘llari) polning balandligiga teng bo‘lsa, poldagi transport tizimi deb ataladi. Ishchi tarmoqlari balandligi ishchining qo‘li balandligida joylashgan bo‘lsa, estakad transport tizimi deb ataladi. Agar undan baland bo‘lsa, osma transport tizimi deb ataladi. Yuk oqimining quvvatini qisqartirishni ishlab chiqarish bo‘limlarini tashkil etish va komponovkalash yechimini qabul qilish bosqichlarida ham amalga oshirish mumkin. Masalan, mexanika-yig‘uv binosida yarim fabrikat omborini joylashtirish transportning yo‘lini qisqartiribgina qolmay, balki transportdan foydalanishni ham yaxshilaydi. Polda yuruvchi g‘ildirakli transportdan foydalanishda, ayniqsa yuklarni vertikal yo‘nalishda siljitishni qisqartirish, tashish vaqtida yukning balandligini bir xil ushlab turish juda muhimdir. Barcha yarimfabrikatlar ishlab chiqarish taralarida tashilishi kerak va ularni polga tushirish hamda poldan qo‘lda ko‘tarish umuman ta'qiqlanadi. Mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishini detallar bo‘yicha va predmetli maxsuslashtirilishi, agar dastgohlar va ishlab chiqarish bo‘limlari texnologik jarayon bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, yuklarning ortiqcha siljishini, ularning orqaga qaytish harakatini to‘xtatadi, bu esa yuklarning yurish yo‘nalishlarini qisqartiradi. Transport tizimining sezilarli darajada samarali ishlashiga yuklarni konteynerlarda tashishdan foydalanish yordamida tashish partiyasini kattalashtirish orqali erishish mumkin bo‘ladi. Transport tizimini loyihalashda asos qilib mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishidagi transport aloqalari sxemasi olinadi, ushbu sxemada texnologik jihozlar, yig‘gichlar, ishlab chiqarish bo‘limlari va omborlar orasidagi yuk oqimlari ko‘rsatiladi. Yuqorida keltirilgan transport tizimining sinflanishiga asosan yuk tashish jarayonini yanada aniq, chuqur ishlab chiqish uchun yuk tashish aloqalarining tsex ichidagi sxemasini qurish zarurdir. Ushbu sxemada ishlab chiqarish bo‘limlari va omborlar orasidagi yuk oqimlari va ishlab chiqarish bo‘limlaridagi operatsiyalararo transport aloqalari sxemasi ko‘rsatiladi. Optimal transport-texnologik sxema quyidagilarni ta'minlashi kerak: - zarur bo‘lgan operatsiyalarning minimal soni; - yuk tashishning minimal masofasini va minimal sonini; - har bir operatsiyani yuk tashish jarayoni bilan birgalikda avtomatlashtirish; - mahsulot tayyorlashdagi operatsiyani yuklash-tashish operatsiyasi bilan mos tushish imkonini oshirishga erishish; - progressiv yuqori unumli vositalardan jarayonni avtomatlashtirish uchun foydalanish; - yuk tashish jarayonini avtomatlashtirish vositalarining bir xilligini ta'minlash; - bir-biri bilan kesishishi va yoyilib ketishining sonini eng kam miqdorga keltirish; - mehnat xavfsizligi talablari; - iqtisodiy jihatdan samaradorlilik; - ta'mirlashga yaroqlilik.
- XII BOB TSEXLARGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI XONALARNI LOYIHALASH: TSexlarga xizmat ko‘rsatuvchi xonalarga boshqaruv va maishiy xonalar kiradi. Boshqaruv-idora xonalari tsexning boshqaruv xizmatchilarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Maishiy xonalar ishchi va xodimlarga sanitar – gigienik, tibbiy va madaniy xizmat ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. TSex boshqaruv xizmati va maishiy xonalari bir bino ichida joylashtiriladi. Boshqaruv – idora tarkibiga: texnologik, konstruktorlik, dispetcherlik byurolari, tsex laboratoriyasi, hisobxona, smena muhandislari uchun xona, tsex boshlig‘i va o‘rinbosari hamda tsex boshqaruvi texnik xizmatchilari xonalari kiradi. Idora xonalari maydoni har bir xizmatchiga 3,25 m2 maydon asosida, konstruktorlar va chizmachilar uchun har bir chizma stoliga 5 m2 asosida maydon hisoblanadi. Xonalar balandligi (poldan shiftgacha) 3,3 metr bo‘lishi kerak. TSex ustasi uchun joy to‘g‘ridan – to‘g‘ri ish joyida 2x2 yoki 2,5x2,5 m o‘lchamdagi maydon ajratiladi. Sanitar – gigienik xizmat tarkibiga: garderoblar, yuvinish xonasi, dushlar, sanitariya uzeli (ayollar uchun), vannaxonalar, zararsizlantirish xonasi, quritish xonasi va chekish joylari kiradi. Tibbiy xizmati ko‘rsatish uchun profilaktoriy va poliklinika xonasiga ega bo‘lishi kerak; umum ovqatlanish xizmati - ovqat qabul qilish xonasi, bufetlar, oshxonalar; madaniy xizmat ko‘rsatish uchun esa kutubxona va boshqalar bo‘lishi kerak. Maishiy xonalar boshqaruv – idora binosi bilan birgalikda loyihalanadi. Bu bino tsex binosining yon yoki bo‘ylama tarafida (12.1 a, b-rasm) yoki uni alohida (12.1 v-rasm) quriladi. Agar boshqaruv-maishiy binolari alohida qurilsa, u holda bino kengligi 18 metr qabul qilinadi. Agar bino bir tarafdan yoritilsa kenglik 12 m, ustunlar qadami 6 metr, bino balandligi 3,3 metr qabul qilinadi. Ishchilar soni ko‘p bo‘lgan yirik tsexlarda maishiy xonalar ikki, uch yoki to‘rt qavatli qilib joylashtiriladi. Bu xolatda birinchi qavatda xojatxona, yuvinish xonasi, dush, garderob, tibbiyot xonasi joylashtiriladi. Birinchi qavatning qolgan xonalarida boshqa xizmat xonalari joylashtiriladi. Boshqaruv – maishiy binosining uzunligi 36, 48, 60 m, kengligi 12 yoki 18 m, ustun qadami 6x6 m, poldan balandligi 3,3 metr bo‘lishi kerak. 12.2-rasmda boshqaruv-maishiy xonalariga misol keltirilgan.
- XIII BOB OMBOR TIZIMINI LOYIHALASH: Zamonaviy ishlab chiqarishda omborlar ishlab chiqarish jarayonini tartibga soladi. Har qanday ishlab chiqarish ombordan boshlanib omborda tugaydi. Omborlarda doimo yuk oqimi o‘zgarib turadi, masalan, davriy keluvchi zagotovkalar partiyasi mexanika tsexining bo‘limlari bir tekis ishlashi uchun turlar va miqdorlarga bo‘linadi. SHuning uchun omborlarni yaratish va uni funktsiyalanishidan maqsad kirayotgan va chiqayotgan yuk oqimi o‘zgarishida minimal keltirilgan harajatli bo‘lishliligini ta'minlashdir. Omborning asosiy vazifasi yuk oqimlarining Ai kiruvchi va Vi chiquvchi parametrlarini o‘zgartirib berishdan iborat. Agar, masalan, M mexanika tsexidan (13.1-rasm) S yig‘uv tsexiga uzatishda yuk oqimi nomenklaturasi va intensivligi o‘zgarmasa (13.1-rasm, a), ombor talab qilinmaydi. Agar mexanika tsexining detallari bir xil turdagi partiyalarda chiqsa, yig‘ishda esa turli xil detallar komplekti talab qilinsa, u holda yuk oqimining parametrlarini o‘zgartirish uchun W omborga ega bo‘lish kerak. Omborlarning ishlash texnologiyasi bo‘yicha butlovchi (masalan, omborda zagotovkalarning katta partiyasi mavjud bo‘lsa ham, dastur topshirig‘iga ko‘ra ishlov berish uchun kichkina partiyadagi detallar chiqariladi) va tarada keluvchi yuklarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlarga bo‘lish mumkin. Yuklarni joylashtirish bo‘yicha omborlar shtabelli, stellajli, konveyerlilarga bo‘linadi. Mexanizatsiyalashdagi va avtomatizatsiyalashtirish darajalari bo‘yicha omborlarni 5 turga bo‘lish tavsiya etiladi: mexanizatsiyalashtirilmagan, mexanizatsiyalashtirilgan, yuqori mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashgan, avtomatlashtirilgan. Ularning xarakterli tomonlari: mexanizatsiyalashtirilmagan – yuklashda, tushirishda va tashishda qo‘l mehnatidan foydalaniladi; mexanizatsiyalashtirilgan – qo‘l bilan boshqariluvchi mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar, masalan, yuklarni saqlash zonasiga xizmat qilish uchun sharnirli–balanslashgan manipulyatorlardan foydalaniladi; yuqori mexanizatsiyalashtirilgan - yuklarni qayta ishlashning barcha bosqichlari kompleks mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalardan foydalaniladi, qurilmalar qo‘lda boshqariladi. Avtomatlashtirilgan – yarim avtomat qurilmalar qo‘llaniladi, ya’ni boshqarish pultida komanda kiritish bilan yuklarning harakati va joylashtirilishi o‘zgartiriladi. Avtomatlashgan - barcha operatsiyalarini EHM boshqarib turuvchi avtomatlashgan qurilmalardan foydalaniladi. Ombor tizimini tanlashda asosiy ishlab chiqarishdagi yuk oqimlarining qiymatini, yo‘nalishini va vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash zarur bo‘ladi. Mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishidagi omborlarning tizimini kibernetika nazariyasiga ko‘ra murakkab ehtimollar tizimiga kiritish mumkin. CHunki ularning tuzilishi murakkab bo‘lib, ko‘pgina elementlardan tashkil topgan tizimdir. Omborga yuklarni kirishi va ularni jo‘natish stoxastik jarayonni o‘zida namoyon qiladi. Bu jarayonlar matematik statistika va ehtimollar nazariyasi usullarida yoziladi.
- YIQIV TSEXLARINI LOYIHALASH: Mashinasozlik ishlab chiqarishida umumiy yig‘ish jarayonida ishlatiladigan turli jihozlar va mashinalar uchun ish joylarini loyihalash o‘zining o‘ziga xos jihatlariga ega. Yig‘ish ishlarini bajarish jarayonida ishlatiladigan uskunalar, jihozlar, transport vositalari, mexanizmlar, agregatlar va uzellar asosida ish joylari loyihalanadi. Ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismini, ya’ni detallarni yig‘ish, uzellarni va agregatlarni yig‘ish, butun mahsulotni yig‘ish va sozlash tashkil etadi. Yig‘uv tsexlarining tarkibiga kiruvchi asosiy bo‘limlar va uchastkalar: ishlab chiqarish bo‘limlari, yordamchi bo‘limlar, xizmat xonalari va maishiy xonalar kiradi. Ishlab chiqarish bo‘limlari tarkibiga chilangarlik ishlov berish, uzellarni va umumiy yig‘ish, bo‘yash, quritish, chiniqtirish, sinash va tayyor mahsulotni qadoqlash kiradi. Yordamchi bo‘limlar tarkibiga texnik nazorat, oraliq omborlar, asbob tarqatish ombori, tsex mexanigining ustaxonasi, tayyor mahsulotlar ombori kiradi. Xizmat xonalariga tsex texnik xodimlari, idoralar va boshqaruv joylari kiradi. Maishiy xonalarga ovqatlanish xonasi, kiyinish, yuvinish xonalari, dushlar va h.k. kiradi.
- 14. Mustaqil ta'lim topshiriqlari: Talabalar mustaqil ta'lim o'quv jaraynining muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ma'ruza, amaliy, seminar mashg'ulot darslarida va o'qishdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ta'lim shakllari va mazmuni quyidagilardan tashkil topadi: - ma'ruza darslariga va mustaqil ish topshiriqlariga tayrgarlik kurish; - amaliy mashg'ulot darslarining mustaqil ish to'shiriqlarini bajarish; - laboratoriy ishlarini mustaqil bajarish; - fanning alohida mabzulari ustida ishlash; - reyting nazoratini barcha turlariga tayergarlik ko'rish. - talabalar tavsiya etilayatgan mavzulardan birini tanlab, refarat, maket, prezentasiya, kons'ekt tayyorlash.