Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining jihozlari va loyihalash asoslari
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘i asosida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tayyorlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining jihozlari va loyihalash asoslari” fanidan o‘quv uslubiy majmua hisoblanadi. Kitobda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini loyihalash jarayoni, texnik-iqtisodiy asoslash, texnologik sxemalarni tanlash, xom ashyo sarfini aniqlash, mashina va jihozlarni tanlash, sarflash me’yorlari, idishlarni tanlash va hisoblash, hamda ushbu mavzularga oid nazariy va amaliy mashg‘ulotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- 1-Mavzu: Korxonalarni loyihalashdagi umumiy xolatlar va tushunchalar.: Ushbu mavzuda korxonalarni loyihalash jarayonining asosiy bosqichlari, namunali loyiha va texnologik loyihalash usullari, yangi texnologik sxemaga o‘tish va korxonaning ishlab chiqarish quvvati, hamda korxonalarni loyihalash usullari haqida ma'lumot berilgan.
- 2-Mavzu:Loyihalanayotgan korxonani texnik iqtisodiy asoslash.: Ushbu mavzuda loyihalanayotgan korxonani texnik-iqtisodiy asoslash, uni asoslash zarurati, loyihaning iqtisodiy asosi va loyihalanayotgan korxona haqida ma‘lumot, yer-tuproq tavsifi va xom ashyo mintaqasining ahamiyati, suv ta‘minoti, ishchi kuch mavjudligi kabi masalalar yoritilgan.
- 3-Mavzu: Texnologik sxemani tanlash, xom ashyo sarfini aniqlash: Ushbu mavzuda texnologik sxemalarni tanlash, xom ashyo hisobi, sarflash me’yori, hamda texnologik jarayonlarning ishlash grafigi kabi masalalar yoritilgan.
- 4-Mavzu: Sanoat jihozlari va transport qurilmalari.: Ushbu mavzuda sanoat jihozlari va transport qurilmalarining asosiy guruhlari, yuklarni tashish, transportyorlar, elevatorlar va ular turlari, hamda ularning texnik xarakteristikalarini hisoblash yoritilgan.
- 5-Mavzu: Ishlab chiqarish tsexlarini qurilish konstruktsiyalari: Ushbu mavzu ishlab chiqarish tsexlarini qurilish konstruktsiyalarini rejalashtirish, kompanirovka, binolarning o‗lchamlari, tsex elementlari, pollar, devorlar, derazalar, eshiklar, zinapoyalar, pollar, shiftlar va boshqalar haqida ma'lumot beradi.
- 6-Mavzu: Korxonaning bosh rejasi.: Ushbu mavzu korxonaning bosh rejasini tuzishning ahamiyati, bosh rejaning asosiy ob‘ektlari, xom ashyo omborlari va fabrikat tsexi, hamda bosh reja ob‘ektlariga qo‗yiladigan talablar va yuk hamda odam oqimlarining sxemalari bilan tanishtiradi.
- 7-Mavzu: Ishlab chiqarish tsexlarining qurilish konstruktsiyasi.: Ushbu mavzu tsexlarning qurilish konstruktsiyalarini rejalashtirish, kompanirovka, binolarning o‗lchamlari, tsex elementlari, pollar, devorlar, derazalar, eshiklar, zinapoyalar, pollar, shiftlar va boshqalar haqida ma'lumot beradi.
- 8-Mavzu: Sanoat jihozlari va transport qurilmalari.: Ushbu mavzu sanoat jihozlari va transport qurilmalarining asosiy guruhlari, yuklarni tashish, transportyorlar, elevatorlar va ular turlari, hamda ularning texnik xarakteristikalarini hisoblash yoritilgan.
- 9-Mavzu: Xom ashyo va idishlarni yuvish uskunalari.: Ushbu mavzu xom ashyo va idishlarni yuvish mashinalarining tasnifi, silkitib yuvadigan, barabanli, cho‗tkali va ventilyatorli yuvish mashinalari hamda ularning texnik tavsiflari bilan tanishtiradi.
- 10-Mavzu: Xom ashyoni aralashmalardan tozalash, saralash, inspektsiya va kalibrlash uskunalari.: Ushbu mavzu xom ashyoni tozalash, saralash va kalibrlash uskunalarining turlari, ularning ishlatilishi va hisoblash usullari bilan tanishtiradi.
- 11-Mavzu: Xom ashyoni po„stidan tozalash, kesish va maydalash mashinalari.: Ushbu mavzu meva va sabzavotlarni po‗stidan tozalash, kesish va maydalash mashinalari, ularning ishlash tamoyillari va texnik tavsiflari bilan tanishtiradi.
- 12-Mavzu: Qizdirgichlar. Bug„latish jihozlari.: Ushbu mavzu termouskunalar, ularning hisoblash asoslari, blanshirlash uskunalari, qizdirgichlar va bug‗latish jihozlari bilan tanishtiradi.
- 13-Mavzu: Sterilizatsiya va pastrilizatsiyalash jihozlari.: Ushbu mavzu sterilizatsiya va pastrilizatsiya jarayonlari, sterilizatorlar va pasterizatorlar, hamda ularning tuzilishi va ishlash tamoyili bilan tanishtiradi.
- 14-Mavzu: Uzumni tashish, qabul qilish, maydalash va qayta ishlash uskunalari.: Ushbu mavzu uzumni tashish, qabul qilish, maydalash va qayta ishlash uskunalarining turlari, ularning ishlash tamoyili va texnik tavsiflari bilan tanishtiradi.
- 15-Mavzu: Qadoqlash va yopish uskunalari: Ushbu mavzu mahsulotlarni qadoqlash va yopish uskunalari, ularning turlari, ishlatilishi va hisoblash usullari bilan tanishtiradi.