SANOAT KORXONALARI ELEKTR JIHOZLARI
Ushbu kitob "Sanoat korxonalari elektr jihozlari" fanidan o’quv-uslubiy majmua bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Elektr energetikasi sohasida asosiy tushunchalar va O’zbekiston Respublikasida elektr energetikasi sohasining strategiyasi, istiqbollari hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning elektr energetikasiga ta’siri masalalarini o’z ichiga oladi.
- Sanoat korxonalari va binolarni yoritish: Sanoat korxonalarida ish joylarining yoritilishi, yoritish tizimlari va ularning hisoblash usullari, elektr energiya tejamkorligini oshirish yo’llari, turli yoritish manbalarining texnik ko’rsatkichlari.
- Maxsus qurilmalarning elektr jihozlari: Metallarga ishlov berish qurilmalari va dastgohlari, elektr payvandlash qurilmalari, elektroliz va galvanik qoplama qurilmalari, elektr qizdirish qurilmalari, ultro tovushli, magnit-impul’sli, elektrokinetik usulda ishlovchi qurilmalar, ularning elektr jihozlari.
- Sanoat robotlari va manipulyatorlarning elektr jihozlari: Sanoat robotlarining umumiy ma’lumotlari, ularning turlari, asosiy elektr jihozlari, elektr yuritmalar, boshqarish tizimlari.
- Yuk ko’tarish mashinalarining elektr jihozlari: Ko’prik kranlarining tuzilishi, vazifasi va elektr sxemalari, yuk ko’targichlar, liftlar, ularning elektr jihozlari.
- Nasos, kompressor va ventilyatorlarning elektr jihozlari: Nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlarning tuzilishi, vazifasi, elektr jihozlari, ularning ishlatilishidan elektr energiyani tejash yo’llari.
- Qurilish materiallari sanoatida maxsus ishlarga mo’ljallangan mashina va apparatlarning elektr jihozlari: Tsement ishlab chiqarish texnologiyasi, beton qorishmasini zichlash usullari, armatura tayyorlash, elektr jihozlar.
- Portlash va yong’in havfi mavjud bo’lgan binolarning elektr jihozlari: Portlash havfi bor bo’lgan gazlar, bug’lar, chang aralashmalari va ularning turlari, elektr jihozlarni portlashdan himoyalash usullari, xavfsizligi.
- Fuqarolik binolarining elektr jihozlari: Turar joy binolarining elektr iste’molchilari, xonadonlarni yoritish, ovqat tayyorlash elektr asboblari, isitish qurilmalari, elektr energiya taqsimoti sxemalari.
- Sanoat robotlarining asosiy elektr jihozlari: Sanoat robotlarining umumiy ma’lumotlari, ularning elektr jihozlari, elektr yuritmalar, boshqarish tizimlari.